Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

farzandlari/ni o‘ylab tinim bilmay ishlaydi. 3. Test/ni topshirmagan 
abituriyent o‘qiy olmaydi. 
Mazkur misollarimizda tushum kelishigidagi so‘zlar kengaygan 
harakat nomli(1. Ega), kengaygan ravishdoshli(2.Hol) hamda 
kengaygan sifatdoshli (3.Aniqlovchi) birikma tarkibida bo‘lganligi 
uchun, kengaygan birikmalar bilan butunligicha gap bo‘lagi 
vazifasida kelyapti. 


69 
So‘z birikmasidagi o‘rni. Tushum kelishigi ismlarni o‘timli fe’lga 
bog‘lab, boshqaruvli so‘z birikmasini hosil qiladi va bunda doim 
tobe so‘z tarkibida bo‘ladi. M.: Munojot/ni tinglab, gul/ni hidladi, 
kitob o‘qimoq, test/ni yechmoq. 
 
Tushum kelishigining qo‘llanilishi
Tushum kelishigi shaklidagi so‘z gap tarkibida belgili hamda 
belgisiz shaklda ishlatiladi. 
Belgisiz tushum kelishigi – so‘z tarkibida tushum kelishigi 
qo‘shimchasining shaklan ifodalanmasligidir. Quyidagi hollarda 
belgisiz ishlatiladi.
1.Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon 
turganda, ko‘pincha tushum kelishigining qo‘shimchasi tushib 
qoladi. M.: kitob/ni o‘qimoq – kitob o‘qimoq, test/ni yechmoq – test 
yechmoq. 
2. Tushum kelishigidagi so‘zni ta’kidlash shart bo‘lmasa, belgisiz 
ishlatiladi. M.: bino qurmoq, rasm chizmoq. 
Belgili tushum kelishigi – so‘z tarkibida tushum kelishigi 
qo‘shimchasining shaklan ishlatilishi. Tushum kelishigining belgili 
ishlatilish holatlari. 
 
1. A t o q l i va sh a x s otlari odatda belgili tushum kelishigi 
shaklida bo‘ladi. M.: Xudoyorxon Anvar/ni mirzaboshi etib tayinladi. 
O‘qishga kirib ota-onangiz/ni xursand qiling. 
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling