Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Agar qaratqich kelishigidagi so‘z tarkibida


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
3. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z tarkibida egalik yoki 
ko‘plik  qo‘shimchasi bo‘lsaqaratqich kelishigi belgili bo‘ladi. M.: 
Kitob/im/ning 
varog‘i, 
gul/imiz/ning 
shaydosi, 
gul/lar/ning 
shaydosi,.. 
 
4. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z oldidan sifatlovchi 
aniqlovchi kelgan bo‘lsa, belgili ishlatiladi. M.: Shu yurt/ning
farzandi. O‘qilgan asarning mazmuni. 
 
5. Qaratqich kelishigidagi so‘z – qaratuvchi va egalik 
shaklidagi
so‘z   qaralmish o‘rtasida biror bir so‘z kelsabelgili ishlatiladi. M.: 
sinf burchagi – sinf/ning chiroyli burchag/i

6. Olmoshlar odatda belgili qaratqich kelishigi shaklida 
bo‘ladi. M.: Biz/ning maqsadimiz o‘qishga kirish. 

7. Fe’lning harakat nomi, qaratqich kelishigini belgili qabul 
qiladi. M.: O‘qish/ning o‘ziga yarasha gashti bor. Ota-onaning 
urushishi ham bir hikmat, chunki yashashning mohiyatini o‘rganamiz. 

 8. Qaratuvchi va qaralmish butun bo‘lak munosabati asosida 
shakllangan bo‘lsa: sinf/ning devor/i, ruchka/ning qopqog‘/i, 
daraxt/ning yaprog‘/i.

 9. Qaratuvchi va qaralmish o‘rtasida genetik munosabat 
bo‘lsa: amakimning qizi, akamning o‘gli, sigirning buzog‘i. 


67 

10. Agar qaralmish otlashgan so‘z bo‘lsa, qaratuvchi belgili 
qo‘llaniladi. M.: gul/ning chiroylisi, kitob/ning to‘rttasi

11. Shuningdek, qaratqich kelishigidagi so‘z harakat nomiga 
bog‘lansa: mashina/ning ishlash/i, mamlakat/ning rivojlanish/i, 
qush/ning sayrashi. 


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling