60
Kelishik kategoriyasi
Ismlarni (ot, sifat, son, olmosh) boshqa so
‘zlarga tobelantirib
bog
‘lash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar kelishik shakllari
sanaladi.
O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har
qaysinisining o‘z nomi va shakli bor.
Kelishik nomi
Qo‘shimchasi
So‘rog‘i
Bosh kelishik
-
kim? nima? qayer?
Qaratqich kelishigi
-ning
kimning? nimaning? qayerning?
Tushum kelishigi
-ni
kimni? nimani? qayerni?
Jo‘nalish kelishigi
-ga
kimga? nimaga? qayerga?
O‘rin-payt kelishigi
-da
kimda? nimada? qayerda?
Chiqish kelishigi
-dan
kimdan? nimadan? qayerdan?
Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi.
O‘zbek tilida
bosh kelishikning maxsus qo‘shimchasi yo‘q. U
nol (
“0”) ko‘rsatkichlidir. Boshqa
kelishiklarining esa maxsus
qo‘shimchalari bor.
Kelishik qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi
qo‘shimchalarning
sintaktik shakl yasovchisidir.
Kelishik
qo‘shimchalari
ismlarning
munosabat
qo‘shimchalaridir, chunki kelishik qo‘shimchalari ot va ot
vazifasidagi so‘zlarning o‘zaro
aloqasini, shuningdek, ularni boshqa
so‘z turkumiga (fe’lga) bog‘lanib kelishini ta’minlaydi.
YODDA TUTING
! Kelishik qo‘shimchalari gap tarkibida qaysi
so‘z – ismga qo‘shilmasin, uni ikkinchi bir so‘zga tobe munosabat
asosida bog‘laydi. M.: Rano/
ning yer/
ga qaragan ko‘zi
sekin
Anvar/
ga ko‘tarilib, yana yer/
ga og‘di.(A.Q.)
Takidlash lozimki, har bir kelishikning o‘z vazifasi mavjud.
Masalan, qaratqich kelishigi
ot va
otni o‘zaro bog‘laydi.
M.: sinf/ning
eshig/i.
Tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari
ot ( ot yoki ot
vazifasidagi so‘z)
larni odatda
fe’l so‘z turkumiga bog‘laydi
. M.:
mavzu/ni yozmoq, kino/ga tushmoq, bekat/da tushmoq, uy/dan kelmoq.
61
•
Kelishik qo‘shimchalari turlovchi qo‘shimchalardir. Demak,
kelishik qo‘shimchasidagi so‘z
turlangan so‘z sanaladi.
•
Ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda
kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: