O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari


Download 16.69 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi16.69 Kb.
#1817408
  1   2   3   4
Bog'liq
O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari

O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari.

Reja:

1.Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi.

2.Zamonaviy nutqda uchraydigan tipik xatolar.


kommunikativ sifatlar
To‘g‘rilik
aniqlik
mantiqiylik
ifodalilik
boylik
jo‘yalilik
soflik
To‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik

Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til me’yorlariga to‘la mosligi sifatida talqin etilar ekan, bu me’yorlarning ikki xilini farqlash o‘rinlidir. Tilshunoslikda adabiy til me’yorlarining kuchli va kuchsiz tiplari ajratib ko‘rsatiladi. 3 Nutq madaniyatining birinchi bosqichida, ya’ni to‘g‘ri nutq tuzish malakasini shakllantirishda asosiy diqqat-e’tibor adabiy tilning kuchsiz me’yorlariga qaratilishi maqsadga muvofiq, chunki nutq amaliyotida kuchli me’yorlar deyarli buzilmaydi, kuchsiz me’yorlar esa nutq tuzuvchining ikkilanishiga va, demak, nutq to‘g‘riligining buzilishiga ko‘proq yo‘l ochadi. Masalan, ega va kesimning shaxs va sonda moslashuvi kuchli sintaktik me’yor bo‘lib, u bolalikdanoq kishi ongidan mustahkam o‘rin olgan. Shuning uchun bu me’yorni qo‘llashda biron kishi adashib, Men kelding shaklida jumla tuzmaydi. Qaratqich va tushum kelishiklarining qo‘llanishi bilan bog‘liq me’yorlar esa kuchsiz me’yorlarga misol bo‘la oladi. Shuning uchun bu me’yorlar chuqur o‘rgatilmasa, odam adashib, -ning o‘rnida —ni qo‘shimchasini ishlatib, meni do‘stim tarzida noto‘g‘ri birikma tuzishi mumkin.

  • Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til me’yorlariga to‘la mosligi sifatida talqin etilar ekan, bu me’yorlarning ikki xilini farqlash o‘rinlidir. Tilshunoslikda adabiy til me’yorlarining kuchli va kuchsiz tiplari ajratib ko‘rsatiladi. 3 Nutq madaniyatining birinchi bosqichida, ya’ni to‘g‘ri nutq tuzish malakasini shakllantirishda asosiy diqqat-e’tibor adabiy tilning kuchsiz me’yorlariga qaratilishi maqsadga muvofiq, chunki nutq amaliyotida kuchli me’yorlar deyarli buzilmaydi, kuchsiz me’yorlar esa nutq tuzuvchining ikkilanishiga va, demak, nutq to‘g‘riligining buzilishiga ko‘proq yo‘l ochadi. Masalan, ega va kesimning shaxs va sonda moslashuvi kuchli sintaktik me’yor bo‘lib, u bolalikdanoq kishi ongidan mustahkam o‘rin olgan. Shuning uchun bu me’yorni qo‘llashda biron kishi adashib, Men kelding shaklida jumla tuzmaydi. Qaratqich va tushum kelishiklarining qo‘llanishi bilan bog‘liq me’yorlar esa kuchsiz me’yorlarga misol bo‘la oladi. Shuning uchun bu me’yorlar chuqur o‘rgatilmasa, odam adashib, -ning o‘rnida —ni qo‘shimchasini ishlatib, meni do‘stim tarzida noto‘g‘ri birikma tuzishi mumkin.
  • Adabiy til me’yorlari, nutqning sifatlari, nutq madaniyati masalalari o‘zbek, rus va umuman, dunyo tilshunosligida ham amaliy, ham nazariy jihatdan ko‘p vaqtlardan beri faol o‘rganib kelinadi. 4 O‘zbek tilshunosligida S.Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov, G‘.Abdurahmonov, R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, M.Sodiqova, Yo.Tojiyev, B.O‘rinboyev, A.Mamatov, M.Asomiddinova, T.Qudratov, S.Karimov, T.Qurbonov, A.Boboyeva, B.Umurqulov, A.Ahmedov, Q.Samadov, S.Inomxo‘jayev, L.Xo‘jayeva va boshqa ko‘plab olimlar nutq madaniyati masalalarini tadqiq etishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ular yaratgan asarlarda o‘zbek nutqi madaniyatining nazariy masalalari bilan bir qatorda bevosita amaliyotga daxldor, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
  • Nutqning kommunikativ sifatlari nafaqat aloqani ta’minlash, balki tinglovchi yoki o‘quvchiga nutqiy ta’sirni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kommunikativ va estetik ta’sir maqsadida tuzilgan nutq(matn)ni "Nutq madaniyati" kursining predmeti deyish mumkin.

Download 16.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling