Ko‘pincha, shunga yaqin yana bir xatolik ko‘zga tashlanadi. Mana bu jumlani ko‘raylik: Unda (muloqotda) viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi ("O‘zbekiston ovozi", 2006-yil 29-iyun). Umuman, direktor o‘rinbosari yoki direktorning o‘rinbosari deyish mumkin. Ammo kollejning direktor o‘rinbosari deyish to‘g‘ri emas, chunki o‘rinbosari so‘z shaklidagi -i egalik qo‘shimchasi direktori qarashlilikni ifodalaydi, bu qo‘shimcha kollejning so‘zi bilan aloqalanmaydi. Shuning uchun kollej direktori o‘rinbosari yoki kollej direktorining o‘rinbosari deyilsa, grammatik va mantiq jihatidan to‘g‘ri bo‘ladi. Agar o‘rinbosari so‘zidan oldin yana boshqa sifatlovchi qo‘yiladigan bo‘lsa, yuqoridagi me’yorga muvofiq, qaratqich kelishigi belgili qo‘llanadi, ya’ni kollej direktorining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, kollej direktorining moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kabi. Keltirilgan gap grammatik to‘g‘ri bo‘lishi uchun quyidagicha tahrir etilishi lozim: Unda (muloqotda) viloyatdagi kasb-hunar kollejlari direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. - Ko‘pincha, shunga yaqin yana bir xatolik ko‘zga tashlanadi. Mana bu jumlani ko‘raylik: Unda (muloqotda) viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi ("O‘zbekiston ovozi", 2006-yil 29-iyun). Umuman, direktor o‘rinbosari yoki direktorning o‘rinbosari deyish mumkin. Ammo kollejning direktor o‘rinbosari deyish to‘g‘ri emas, chunki o‘rinbosari so‘z shaklidagi -i egalik qo‘shimchasi direktori qarashlilikni ifodalaydi, bu qo‘shimcha kollejning so‘zi bilan aloqalanmaydi. Shuning uchun kollej direktori o‘rinbosari yoki kollej direktorining o‘rinbosari deyilsa, grammatik va mantiq jihatidan to‘g‘ri bo‘ladi. Agar o‘rinbosari so‘zidan oldin yana boshqa sifatlovchi qo‘yiladigan bo‘lsa, yuqoridagi me’yorga muvofiq, qaratqich kelishigi belgili qo‘llanadi, ya’ni kollej direktorining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, kollej direktorining moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kabi. Keltirilgan gap grammatik to‘g‘ri bo‘lishi uchun quyidagicha tahrir etilishi lozim: Unda (muloqotda) viloyatdagi kasb-hunar kollejlari direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
- Tahkidlash lozimki, o‘zbek tilining ham mutlaqo o‘ziga xos gap modellari bor. Ularda o‘zbek adabiy tilining sintaktik, umuman, grammatik me’yorlari namoyon bo‘ladi.
- Masalan, rus tilida Мне десять лет tarzida jumla qurish uchun asos bo‘ladigan gap modeli mavjud, shuning uchun mazkur jumla grammatik to‘g‘ri. Ammo o‘zbek tilida aynan bunday gap modeli yo‘q, shuning uchun mazkur ruscha jumla Menga o‘n yosh deb tarjima qilinsa, u aslo o‘zbekcha bo‘lmaydi. Ayni fikr ifodasi uchun o‘zbek tilida boshqa modellar borki, unga muvofiq Mening yoshim o‘nda yoki Men o‘n yoshga kirdim tarzidagi jumla tuziladi. Rus tili yoki boshqa til gap modellariga ko‘ra tuzilgan Menga o‘n yosh kabi jumlalar nutqning to‘g‘riligi sifatini mutlaqo yo‘qqa chiqaradi
- Nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to‘g‘rilik mavjud bo‘lgandagina yuzaga kela oladi, Zotan, to‘g‘ri bo‘lmagan nutqning aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to‘g‘riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo‘lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o‘quvchilarda aynan to‘g‘ri nutq tuzish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
- Kishilar o‘rtasidagi muloqotni talab darajasida ta’minlay oladigan nutq to‘g‘ri bo‘lishi bilan bir qatorda aniqlik sifatiga ham ega bo‘lishi shart. Agar nutq aniq bo‘lmasa, so‘zlovchi yetkazdirmoqchi bo‘lgan muayyan fikr tinglovchi tomonidan to‘lasicha va aynan anglanishi mahol. U holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkinki, bu aniq bo‘lmagan nutqning kishilar o‘rtasidagi tabiiy va normal muloqot uchun yaroqsizligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |