Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

qoʻshma olmosh sanaladi. M.: mana bu, mana shu, ana bu, ana shu. 
ESLATMA!
Qoʻshma olmoshlar ajratib yoziladi. Bundan manavi, 
anavi fonetik oʻzgarishga uchragan koʻrsatish olmoshlari mustasno.
Juft olmoshlar – bir-biriga mazmunan yaqin boʻlgan 
olmoshlarning birikuvidan hosil boʻladi. Quyidagi olmoshlar 
juftlashib keladi:  
Kishilik: sen-men//sen-u men, siz-biz// siz-u biz. M.: Siz-u biz 
og’zimiz san-manga bormasin. 
Koʻrsatish: u-bu. M.: Doʻkondan ul-bul xarid qildim. Mashina 
yuborsam, u-bularni berib yuborasiz. 
 
Takroriy olmoshlar – bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush 
oʻzgarishi bilan (uncha-muncha) takrorlanishidan hosil boʻlgan 
olmoshlardir. 
Koʻrsatish (shu-shu, oʻsha-oʻsha), oʻzlik ( oʻzini-oʻzi), soʻroq
(kim-kim, nima-nima) hamda jamlash ( hamma-hamma, bari-bari
olmoshlari takroriy shaklda kela oladi.  
Qoʻshimcha ma’lumot. Olmoshlar boshqa soʻzlarning yasalishiga 
asos boʻlishi mumkin. M.: oʻzboshimcha, oʻzbilarmon, manman  
kabilar sifat hisoblanadi. Oʻzidan ketmoq, oʻziga kelmoq, oʻzini 
yoʻqotmoq iboralar sanaladi. 
 
Olmoshlarda fonetik oʻzgarish 
Ayrim olmoshlarga qoʻshimchalar qoʻshilsa, oʻziga xos fonetik 
oʻzgarish – tovush tushish hamda tovush ortish hodisalari yuz 
beradi.
Men, sen birlikdagi kishilik olmoshlariga -ning, -ni, -niki 
qoʻshimchalari qoʻshilsa, tovush tushadi. M.: men + ning=mening, 
men+ni=meni, men+niki=meniki, sen + niki= seniki, sen + ni=seni, 
sen+ning=sening. 


114 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling