Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 


19 
Takroriy so‘zlar 
 
 
Takroriy so‘zlar bir asosning takroridan hosil bo‘ladigan 
so‘zlardir.
Takroriy so‘zlar barcha mustaqil so‘z turkumlari doirasida 
uchraydi. M.: 
Otdasta-dasta, rasta-rasta, qator-qator, quchoq-quchoq; 
Sifat: baland-baland, kichik-kichik; 
Ravish: sekin-sekin, asta-asta; 
Fe’l: bora-bora, yoza-yoza; 
Sonbitta-bitta, beshta-beshta, o‘nta-o‘nta; 
Olmosh: shu-shu, o‘sha-o‘sha. 
➢ Eslatma. N. Mahmudov, A. Nurmonovlarning ona tili 
darsliklariga ko‘ra “Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush 
o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar takroriy otlar 
sanaladi”. M.: tuz-puz, tovoq-povoq, uy-puy, choy-poy. Boshqa 
manbalarda bu holat juft so‘z deb baholanadi, biroq darslik 
mualliflarining fikri to‘g‘ri. 
➢ Ehtiyot bo‘ling! Biz matndan, kontekstdan, takroriy so‘zlardan
vergul bilan ajratilgan so‘z takrorlarini farqlashimiz lozim. M.: 
Yaxshi, yaxshi, men buni yodlayman (Modal so‘z). Keling, keling
to‘rga o‘ting. (to‘liqsiz gap). 
Qo‘shimcha ma’limot. So‘z takrorida qismar turli shaklda bo‘ladi, 
shunga ko‘ra ular quyidagi turga bo‘linadi: 
1. Har ikki qismi bir xil shaklda: tog‘-tog‘, tez-tez, ko‘p-ko‘p 
kabi. 
2. Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qism bosh va 
jo‘nalish kelishigida: ko‘pdan ko‘p, naridan beri, yildan yil(ga) kabi. 
3. Birinchi qism bilan ikkinchi qism o‘rtasida ba-, -ma 
qo‘shimchalari qo‘yiladi: yuzma-yuz, qadam-baqadam, dam-badam, 
eshikma-eshik kabi. 
4. Ikkinchi qismning birinchi tovushi fonetik o‘zgarishga 
uchraydi: osh-posh, ora-chora, odam-podam. 
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling