164
-ga
-ka
-qа: chаyqа, surga, surka.
-qi
-g‘i: yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i.
-
chi: tepchi, ter/chi/la.
B. Hаrаkаtning kuchsizligini bildirаdigan qo‘shimchalar:
-msira/-imsirа: yig‘lаmsirа, kulimsirа.
-qira/-inqirа: оqаrinqirа, qo‘rqinqаrа, ishonqira.
-sh/-ish: to‘lish, оqаrish, qizish.
-q
-iq: tоliqmоq, siniqmоq, qоniqmоq, tutаq/moq.
-k
-ik: junjik, ko‘nik.
Analitik shakl
Yordamchi fe’llarning mustaqil fe’llarga bog‘lanib
kelishidan
hosil bo‘ladi.
Analitik shakl o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi:
1. To‘liqsiz fe’lli so‘z qo‘shilmasi.
2. Koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasi.
To‘liqsiz fe’lli soʻz qoʻshilmasi
Fe’l so‘z turkumida tarixan leksik ma’no
ifodalagan,
lekin
hozirda leksik ma’nosini batamom yo‘qotib fe’l va fe’l bo‘lmagan
so‘zlarga bog‘lanib,
tasdiq, inkor, gumon, zamon ifodalashga xizmat
qiladigan quyidagi to‘liqsiz fe’llar bor. Ular:
edi(-di), emas(-mas),
emish(-mish), ekan(-kan).
Toʻliqsiz fe’llar ikki xil yoziladi:
1. So‘z shaklida boʻlsa, o‘zidan oldingi so‘zdan ajratib yoziladi:
borgan edi, kelgan emas, o‘qigan emish.
2. Qo‘shimcha shaklida bo‘lsa, elliziya hodisasiga ko‘ra o‘zi
bog‘langan so‘zga qo‘shib yoziladi:
yozgandim – yozgan edim,
kelganmish – kelgan emish.
To‘liqsiz fe’l shakllari o‘zidan
oldingi ravishdosh ( -b/-ib ),
sifatdosh shakllariga bog‘lanib to‘liqsiz fe’lli so‘z qo‘shilmasini hosil
qiladi. Bunda shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz fe‘llarga qo‘shiladi.
M.:
ko‘rgan edim, bajargan emassan, o‘ylab edim
Do'stlaringiz bilan baham: