Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


-а: bur-burа, quvоn-quvnа,urin-urna.  -lа


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

-а: bur-burа, quvоn-quvnа,urin-urna. 
-lа: quvlа, sаvаlа, cho‘qilа, ishqаlа. 
-аlа: quvаlа. 
-kilа: tepkilа, turtkilа. 
-qilа: tоrtqilа. 
-gilа: yugurgilа. 
-g‘ilа: ezg‘ilа, cho‘zg‘ilа. 


164 
-ga-ka-qа: chаyqа, surga, surka. 
-qi-g‘i: yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i. 
-chi: tepchi, ter/chi/la. 
B. Hаrаkаtning kuchsizligini bildirаdigan qo‘shimchalar:
-msira/-imsirа: yig‘lаmsirа, kulimsirа. 
-qira/-inqirа: оqаrinqirа, qo‘rqinqаrа, ishonqira. 
-sh/-ish: to‘lish, оqаrish, qizish. 
-q-iq: tоliqmоq, siniqmоq, qоniqmоq, tutаq/moq. 
-k-ik: junjik, ko‘nik. 
Analitik shakl 
Yordamchi fe’llarning mustaqil fe’llarga bog‘lanib kelishidan 
hosil bo‘ladi. 
Analitik shakl o‘z navbatida 2 ga bo‘linadi: 
1. To‘liqsiz fe’lli so‘z qo‘shilmasi. 
2. Koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasi. 
To‘liqsiz fe’lli soʻz qoʻshilmasi 
 
Fe’l so‘z turkumida tarixan leksik ma’no ifodalagan, lekin 
hozirda leksik ma’nosini batamom yo‘qotib fe’l va fe’l bo‘lmagan 
so‘zlarga bog‘lanib, tasdiq, inkor, gumon, zamon ifodalashga xizmat 
qiladigan quyidagi to‘liqsiz fe’llar bor. Ular: edi(-di), emas(-mas), 
emish(-mish), ekan(-kan). 
Toʻliqsiz fe’llar ikki xil yoziladi: 
1. So‘z shaklida boʻlsa, o‘zidan oldingi so‘zdan ajratib yoziladi: 
borgan edi, kelgan emas, o‘qigan emish. 
2. Qo‘shimcha shaklida bo‘lsa, elliziya hodisasiga ko‘ra o‘zi 
bog‘langan so‘zga qo‘shib yoziladi: yozgandim – yozgan edim
kelganmish – kelgan emish. 
To‘liqsiz fe’l shakllari o‘zidan oldingi ravishdosh ( -b/-ib ), 
sifatdosh shakllariga bog‘lanib to‘liqsiz fe’lli so‘z qo‘shilmasini hosil 
qiladi. Bunda shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz fe‘llarga qo‘shiladi. 
M.: ko‘rgan edim, bajargan emassan, o‘ylab edim

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling