Qanday? qay holda? qay tarzda? kabi soʻroqlarga javob boʻlib,
tarz (ravish) holi vazifasida keladi. M.: Oʻrtancha botir qoʻrqmadi,
jim turdi. Bular piyoda, asta-sekin oʻrdaga bordilar.
Ba’zan otga bog’lanib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham
keladi. M.: Piyoda askarlar hujumga oʻtishdi.
Payt
ravishlari
– harakat-holatning bajarilish yoki
bajarilmaslik paytini ifodalaydi.
176
Payt ravishlariga: endi, hozircha, soʻngra, hanuz, hamisha,
hamon, doim, doimo, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz,
bugun, soʻng, avval, ahyon-ahyonda, barvaqt, ba’zan, ba’zida, birpas,
boya, bultur, vaqtincha, goho, gohida, dastavval, indinga (-da, -dan),
ilgari, ilalabad, keyin, kechasi, kunduzi, mangu, muqaddam, mudom,
ora-sira, oxiri, onda-sonda, soʻngra, tongla, uzzukun, umrbod, unda-
bunda, erta, ertalab, erta-yu kech, eskidan, yaqinda, oʻqtin-oʻqtin,
qadimdan, hali, halitdan, hali-beri, hozir, hamisha.
Soʻrog’i qachon? qay payt? boʻlib, odatda gapda payt holi
vazifasida keladi. M.: Avval oʻyla, keyin soʻyla.
Oʻrin ravishlari – harakat-holatning bajarilish yoki
bajarilmaslik oʻrnini ifodalaydi.
Ular: olg’a, ichkari, tashqariga(-da, -dan), oldin, uzoqdan, yuqori,
quyi, nari-beri, ilgariga(-da, dan), quyiga (-da, -dan), chapga(-da, -
dan), oʻngga(-da, -dan), u yerga(-da, -dan), shu yer+ga(-da, -dan), bu
yer+ga(-da, dan), u yoq+qa(-da, -dan), oʻrtaga(-da, -dan).
Soʻrog’i qayer? boʻlib, odatda oʻrin holi vazifasida keladi. M.:
Do'stlaringiz bilan baham: |