Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Leksik-semantik usuli bilan ko‘p ma’noli ravishlarning keyingi 
ma’nolari hosil bo‘lgan. M.: sekin yurmoq – sekin (ya’ni past ovozda) 
gapirmoq, tez-tez qadam tashlamoq – tez-tez(ya’ni ko‘p vaqt 
oralatmay) borib turmoq.
Fonetik usul bilan hosil bo‘lgan ravishga “yayov” so‘zini misol 
qilib keltirish mumkin. U “oyoq” so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lib, 
shu shaklda ravishga aylangan. “Yangi” ravishi urg‘uni o‘zgartirish 
(fonetik usul) va sifatdan ko‘chib o‘tish (konversiya) yo‘li bilan hosil 
bo‘lgan.
Affiksatsiya usuli bilan quyidagi so‘z turkumlaridan ravish 
yasalishi mumkin: 
1. Otdan : do‘st/ona, majbur/an, ruh/an, be/ixtiyor. 
2. Sifatdan : yaxshi/lab, mard/ona, tirik/lay. 
3. Sondan :  bitta+/lab. 
4. Olmoshdan : o‘z +icha, butun/lay, yalpisicha. 
5. Fe’ldan : uyalgan/simon, erkalangan/simon, to‘xtov/siz. 
6. Ravishdan : ko‘p+lab, ko‘p/incha, hozir/cha, keyin/cha. 
7. Modal so‘zlardankerag/icha, bori/icha. 
 
Ravish yasovchi affikslar
 
-a: taqlid soʻzdan – shartta, taqqa, guppa; 
- an: otdan – fikran, xayolan, tasodifan, vijdonan, taxminan,
ruhan;
sifatdan – qat’iyan ; 
modal ma’noli so‘zdan – majburan ; 
bar: otdan – barvaqt ; 


178 
be: otdan–bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bemalol, betinim,
bevaqt;
dek//-dayotdan – yashinday, o‘qdek; 
sifatdan – avvalgiday, doimgidek
fe’ldan – o‘lgudek, toqatsizlangandek; 
iga // -sigaotdan – nomiga, surunkasiga, qatorasiga; 
sifatdanuzunasiga, ko‘ndalangiga, tikkasiga,
rostakamiga, chinakkamiga, baravariga

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling