Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Soʻz birikmasidagi oʻrni. Ravishlar asosan bitishuvli soʻz 
birikmasida fe’lga bog’lanib, tobe soʻz sifatida keladi. M.: 
majburan yozmoq, oʻzicha oʻylamoq, eson-omon yurmoq. 
 
Ravishlarning ma’no turlari 
Darslikka 
koʻra ravishlar ma’no va munosabatiga koʻra 
quyidagilarga boʻlinadi. 
1. Holat ravishi. 
2. Oʻrin ravishi. 
3. Payt ravishi. 
4. Miqdor-daraja ravishi. 
5. Maqsad ravishi 
6. Sabab ravishi. 
 
 
 
Maqsad ravishlari – ish-harakatning nima maqsadda yuzaga 
kelishini ifodalaydi. Ular: atay, atayin, ataylab, qasddan, joʻrtaga, 
azza-bazza. 
Harakat va holatning maqsadini izohlab keladi. 


175 
Nima maqsadda? nimaga? soʻroqlariga javob boʻlib, maqsad 
holi vazifasida keladi.  M.: Doʻstim, kitobni atayin sen uchun oldim. 
 
 
 
Sabab ravishlari – harakat –holatning yuzaga kelish 
sababini aniqlab keladi. Ular: noiloj, noilojlikdan, chor-nochor
bekordan bekorga. 
Nima sababli? nimadan? soʻroqlariga javob boʻlib, sabab holi 
vazifasida keladi. M.: Barchinoyning shartini alplar noiloj qabul 
qilishdi. 
Holat 
ravishlari 
harakat-holatning qanday holda 
bajarilganligini bildiradi. 
 
Ular: jim, yayov, chindan, qoʻqqisdan, toʻsatdan, piyoda, 
majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, 
yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zoʻrg’a, mardlarcha, 
asta, badastir, bekami-koʻst, bajonidil, bahuzur, bazoʻr, bazur, 
baloday (otdan koʻchgan), bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, 
baravariga, baralla, basma-bas, bahamjihat, bahodirona, beayov, 
bevosita, batafsil, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, besoʻroq, 
betinim, betma-bet, betoʻxtov, bexos// bexosdan, bilinar-bilinmas, 
aksincha, bira toʻla, birma-bir, birvarakay, birvarakayiga, birga, 
birgalikda, birdan, birdaniga, birin-ketin, birin-sirrin, boshdan-oyoq, 
boshma-bosh, butunasicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, 
dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zimdan, yoʻl-yoʻlakay, koʻr-
koʻrona, nari-beri, oldinma-keyin, ochiqchasiga, ohista, paydarpay, 
pinhona, surunkasiga, sidirg’asiga, tag’in, toʻg’ridan-toʻg’ri, 
tiriklayin, tikkama-tikka, tekinga, tez, tezda, tezlikda, teskarisiga
uzunasiga, fidoyilarcha, chalqancha (siga), chambarchas, elan-qaran, 
yaxshilikcha, yangicha, yangitdan, oʻzidan-oʻzi, oʻzicha, qayta, 
qat’iyan, qiyg’os, qoʻqisdan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling