182
2. Qo‘shimcha shaklida uchraydi. –la (bilan), -chun (uchun)
(ko‘makchi); -ki/-kim (bog‘lovchi); -mi, -chi, -ku, -da, -a/-ya, -oq/-
yoq(yuklama).
• Yordamchi so‘z turkumlari ayni
paytda sof hamda vazifadosh
so‘zlarga bo‘linadi. Quyiga qaralsin.
Sof yordamchilar
Vazifadosh yordamchi
Ko‘makchi
bilan, uchun, sari,
sayin, kabi, singari,
qadar
ost, ust, ich, qosh, bosh,
avval,
keyin,
so‘ng,
qarab, ko‘ra
Bog‘lovchi
va, hamda, ammo,
lekin, biroq, chunki,
ya’ni, agar
-u/-yu, -da, bilan, na-na,
balki
Yuklama
Faqat, axir, -oq/yoq,
-gina, -mi, -chi
bir, yolg‘iz, tanho
KO‘MAKCHI SO‘Z TURKUMI
Ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlar (sifat, son, sifatdosh,
ravish)dan keyin kelib, ularni boshqa hokim so‘zga tobelanish yo‘li
bilan bog‘laydigan yordamchi so‘zlar ko‘makchi deyiladi.
So‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatini ifodalash
uchun ishlatiladigan yordamchi so‘zlarga ko‘makchilar deyiladi.
Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Vatan uchun xizmat qilaylik.
Nihol kabi nozik.
• Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z
bilan
birgalikda birtta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasini
bajaradi.
• Ko‘makchilar grammatik jihatdan o‘zgarmasdir.
Ular egalik,
kelishik shakllari bilan turlanmaydi.
• Yasalmaydi.
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar bo‘lib, hozirda leksik
ma’nosini yo‘qotgan va grammatik ma’no ifodalashga o‘tagn
so‘zlardir.
Mustaqil
ma’nosini yo‘qotish darajasiga ko‘ra
ko‘makchilar i k k i guruhga bo‘linadi: