uqtirish, xohish ma’nolarini ham bildiradi. M.: Qani, yur-chi!
Kitobingni berib tur-chi.
-a/ -ya yuklamalari ham so‘roq va taajjubdan tashqari his-
hayajonni, tasdiq va ishonchni ham bildiradi. M.: Qanday chiroyli-ya!
Go‘sht olibdi - jiqqa yog‘-a.
2. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari manbalarda farqlab
beriladi.
A. Kuchaytiruv yuklamalari – yuklamalari nutqqa tasviriylik
berib, so‘z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ular: axir,
hatto//hattoki, -oq//-yoq, nahot//nahotki; tim, qoq, qip, shir, liq, lim,
g‘irt, g‘arq, shilta, jiqqa.
M.: tim qora, liq to‘la, lim to‘la, g‘irt yolg‘on, shir//qip
yalang‘och, g‘arq pishgan, jiqqa ho‘l yuklamalari nutqqa tasviriylik
berib, so‘z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
B. Ta’kid yuklamalari – gapning ma’lum bir bo‘lagini yoki
butun gap ma’nosini ta’kidlab keladi. Ular: -ku, -da, -ki//-kim, -u//-yu,
-la, ham.
M.: Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da go‘zalroq, bundan-da
farovonroq bo‘lishiga ishonaman. (I.To‘lakov). Kelib-la ketdi. Akam
ham mukofot oldi.
Eslatma. Ham yulamasi fonetik o‘zgarishga uchrashi mumkin:
U yurtiniyam, xalqiniyam boqdi. (O.)
193
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -gina//-kina//-qina,
faqat, xolos, atigi.
ESLATMA
.Yolg‘iz sifati , bir soni faqat, -gina//-kina//-qina
yuklamalari o‘rnida qo‘llaniladi.
Bu yuklamalar ayrim shaxs, narsa va hodisani boshqasidan
ajratish harakatni chegaralash uchun qo‘llanadi. M.: Faqat daraxtlar,
ariqlar, ko‘priklargina tanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |