Bilan ko‘makchi-bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarni bog‘laganda,
biriktiruvchi bog‘lovchi (va) o‘rnida kelishi mumkin: Ona bilan bola
– gul bilan lola. Bu so‘z o‘zaro tobe bog‘langan so‘zlarni bog‘laganda
ko‘makchi hisoblanadi. M.: ukam bilan bordim.
Bilib oling. Biriktiruv bog‘lovchi sifatida oddiy so‘zlashuv
uslubiga ko‘proq bilan (minan)ko‘makchisi ishlatiladi. Va, ham,
hamda yozma nutq uslublari uchun xoslangan.
Zidlov bog‘lovchilari: ammo,lekin, lek, vale, biroq, esa, balki,
holbuki, vaholanki, a.
Yozuvda zidlov bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. M.:
Hamma gullarning hidi bor, biroq rayhonning hidi bo‘lakcha.
Balki modal so‘zi zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llaniladi. M.:
Bo‘rondan so‘ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana
ko‘paydi.
-u/-yu yuklama-bog‘lochisi zidlov bog‘lovchi vazifasida uyushiq
va sodda gaplarni bog‘lab keladi hamda undan so‘ng vegul qo‘yiladi.
M.: O‘qituvchimiz uyga keldi-yu, kirmadi.
Bilib oling. Zidlov bog‘lovchisi sifatida so‘zlashuv uslubi
uchun ammo, lekin bog‘lovchilarining birikkan holida ammo, lekin
(ammolek) shakli ko‘proq ishlatiladi. Lekin bog‘lovchisining lek, vale
(valekin) shakllari ham badiiy uslub uchun xos
Ayiruvchi bog‘lovchilari: yo, yoki, yoxud, yoinki, yo-yo, yoki-yoki
(yakka va takror kela oladi); goh-goh, dam-dam, ba’zan-ba’zan, bir-
bir. M.:Uning goh yig‘lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostin-
ustun qilib qo‘shiq aytgisi kelardi.(Said Ahmad)
Bilib oling. Ayiruv bog‘lovchilaridan yoxud, yoinki yozma
Do'stlaringiz bilan baham: |