Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun boʻyi basti bilan yastanib
yotardi. Ichkariga kiring, bir piyola choy iching, – dedi uy egasi.
Miqdor-daraja ravishlari – harakat-holatning bajarilishdagi
miqdor-darajasini bildiradi.
Ular: sal, picha, xiyol, oz, koʻp, kam, ancha, g’oyat, bag’oyat,
jichcha, jinday, qittak, juda, zarracha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyla,
oʻlguday, baholiqudrat, birnavi, beadad, birmuncha, butunlay,
deyarli, jilla, zinhor-bazinhor, moʻl, moʻl-koʻl, rosa, toza, ozmi-
koʻpmi, ozmuncha, sal-pal, sira, talay, tegishlicha.
Soʻrog’i qancha? qay darajada? boʻlib, odatda fe’lga bog’lanib,
daraja-miqdor holi vazifasida keladi. M.: Kunduzi oʻralashib
yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Boʻying sal choʻzilsin,
bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim.
Ravishning yasalishi
Ravishlar asosan affiksatsiya va kompozitsiya usullari bilan,
qisman konversiya yo‘li hamda leksik-semantik va fonetik usullar
bilan yasaladi.
177
Kompozitsiya yo‘li bilan juft, takroriy va qo‘shma ravishlar
yasaladi. Lekin uzul-kesil, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilinar-bilinmas,
kecha-kunduz, yuzma-yuz, izma-iz kabi ravishlarning hosil
bo‘lishida konversiya ham ishtirok etgan.
Konversiya yo‘li bilan hosil bo‘lgan ravishlarning asosiy
ko‘rinishlari quydagilar:
1) ravishga ko‘chgan otlar: erta, indin, kecha, kech, kechqurun,
burun;
2) ravishga ko‘chgan sifatlar: yaqqol, baralla, tugal, bafurja,
muttasil, vaqtli, uzluksiz, omonsiz, beto‘xtov;
3) ravishga ko‘chgan fe’llar: uzul-kesil, o‘ta, qiyo//qiya, qayta.
Do'stlaringiz bilan baham: |