Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Oʻqing qiziq! Soʻngra, ichkari, tashqari kabi ravishlarda joʻnalish 
kelishigining qadimgi turkiy tildagi shakli qotib qolgan. 
III. Yasalishi. Ravish soʻz turkumi yasalish xususiyatiga ega. 


173 
1. Affiksatsiya usuli bilan yasaladi. M.: vijdon/an, ruh/an, 
g’olib/ona, doʻst/ona, toshkent/chasiga, bola/larcha; kompozitsiya 
usuli bilan qoʻshma, juft, takroriy ravishlar yasaladi. M.: biryoʻla, 
biroz, birpas, qishin-yozin, birin-ketin, izma-iz, yuzma-yu, har doim, 
har qachon, har vaqt. 
IV. Ravishlarning tuzilishiga koʻra sodda, qoʻshma, juft, takroriy 
turlari farqlanadi. 
1. Sodda ravishlar : koʻp, oz, asta, erta, tez; oʻz/i/cha, butun/lay, 
qator/asiga, majbur/an, yoppa/siga, atay/lab, doʻst/ona. 
 2. Qoʻshma ravishlar: biroz, har vaqt, har on. 
3. Juft: eson-omon, asta-sekin, erta-kech. 
4. Takroriy: koʻp-koʻp, moʻl-moʻl. 
YODDA TUTING! Izma-
iz, qoʻlma-qoʻl, yuzma-yuz, qadamba-qadam 
kabi takroriy ravishlar -ma, -ba
elementlari bilan boshqa soʻz 
turkumlaridan yasalgan. 
V. Ravish sintaktik shakl yasovchilarga ega emas. 
VI. Ravish soʻz turkumida bor yoʻg’i bir-ikkita ijaraga olingan 
lug’aviy shakl yasovchi  qoʻshimcha bor xolos: -roq: tez/roq, 
koʻp/roq, sekin/roq, erta/roq; -gina: asta/gina, tez/gina, koʻp/gina. 
VII. Ravish soʻz turkumida sifat soʻz turkumidagidek daraja 
kategoriyasi yoʻq, lekin ayrim ravishlar darajalanadi. 
1. Oddiy daraja: tez, kech, sekin,.. 
2. Ozaytirma darja: sal tezroq, sal sekinroq, biroz kech. 
3. Qiyosiy daraja: tezroq, kechroq. 
4. Orttirma darja: juda tez, juda kech, eng oxir(-i,-da). 
VIII. Ravish boshqa soʻz turkumlari vazifasida kela oladi.
1. Unumsiz, boʻlsa-da, ot vazifasida kelib otlashadiM.: Koʻpni 
yomonlagan, koʻmuvsiz qolar. Koʻpga kelgan toʻy. Koʻpni koʻrib fikr 
qil, ozni koʻrib, shukur qil.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling