fe’lning harakat nomi shaklidan–yashovchan, o‘suvchan;
- chi: otdan – ayirmachi;
sifatdan – a’lochi, bekorchi;
- chil: otdan – dardchil, izchil, xalqchil, epchil;
ravishdan – kamchil;
Sifatning tuzilishiga ko‘ra turlari
Sifatlar ham tuzilishiga ko‘ra 4 xil bo‘ladi: sodda, juft, takroriy,
qo‘shma.
Sodda sifatlar: 1. Tub sodda: yaxshi, shirin, go‘zal, baland, keng,
mo‘rt, ko‘kimtir, sarg‘ish va hokazo.
2. Yasama sodda: ishchan, devoriy, maqtanchoq, noo‘rin, hiylagar,
ozg‘in, sezg‘ir, quvnoq va hokazo.
Juft sifatlar.
I. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi:
1. Qismlari o‘zaro sinonim: aqlli-hushli, ajoyib-g‘aroyib, boy-
badavlat, fahm-farosatli, och-nahor, pishiq-puxta, son-sanoqsiz,
sarson-sargardon, saranjom-sarishta, sog‘-salomat, telba-teskari,
yakka-yolg‘iz, yakkayu yagona, g‘arib-benavo.
2. Qismlari o‘zaro antonim: achchiq-chuchuk, baland-past//past-
baland, quyuq-suyuq, uzoq-yaqin, vayron-u obod, issiq-sovuq, xom-
pishiq, yiroq-yaqin, yiroq-yovuq, tanish-notanish, chappa-rosta.
3. Qismlarining ma’nosi yaqin: ezma-churuk, ijtimoiy-siyosiy,
kuydi-pishdi (fe’ldan ko‘chgan), mosh-guruch (otdan ko‘chgan),
mo‘min-qobil, ochiq-oydin, och-yalang‘och, soya-salqin, tinch-totuv,
uzuq-yuluq, xor-zor, o‘ydim-chuqur, g‘oyaviy-badiiy.
II . Bitta qismi yakka holda ishlatiladi: aralash-quralash, achchiq-
tiziq, burma-churma, bo‘ltak-so‘ltak, devor-darmiyon (qo‘shni), egri-
bugri, eski-tuski, entak-tentak, harom-harish, ilma-teshik, kalta-kulta,
90
kir-chir, mayda-chuyda, mast-alast, nest-nobud, ola-bula, ola-kula,
qarama-qarshi, qari-quri, qora-qura, toparmon-tutarmon, tilka-pora,
teng-toʻsh, to‘kin-sochin, uvun-to‘da, xom-xatala, yamoq-yasqoq,
yengil-yelpi, yolg‘on-yashiq, yosh-yalang, yirtiq-sirtiq, chalakam-
chatti.
Do'stlaringiz bilan baham: |