III. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: aji-buji (yozuv),
almoyi-aljoyi, apoq-chapoq, aloq-chaloq (tush), dali-g‘uli, uvali-
juvali, zim-ziyo, ilang-bilang, poyintar-soyintar (gap), o‘poq-so‘poq.
Takroriy sifatlar: burda-burda, katta-katta, oppoq-oppoq, yaxshi-
yaxshi, yo‘l-yo‘l (otdan ko‘chgan), shirin-shirin.
Qo‘shma sifatlar:
1. Ot + ot: darveshsifat, devsifat, devqomat, dilozor, dilorom,
dilpora, izzattalab, kafangado, otashnafas, sohibjamol, sheryurak,
xumkalla, ofatijon, bodomqovoq, jigarrang, havorang.
2. Sifat + ot: xomkalla, sho‘rpeshona, kaltafahm, ochofat,
maydagap, og‘iroyoq, shikastahol, shirinsuxan, sho‘rtumshuq, sofdil,
qattiqqo‘l, chalasavod, chalamulla, sovuqqon, balandparvoz,
uzunquloq, olijanob.
3. Ot + sifat: boshqorong‘i, yoqavayron, jig‘ibiyron, tepakal,
xonavayron, xudobexabar, otabezori, dilxasta, nonko‘r.
4. Sifat-sifat: xomsemiz, olachipor.
5. Ravish + ot: hozirjavob, kamgap, kamsuxan, kamsuqum,
kamqon, kamxarj.
6. Ravish + fe’l: tezpishar, kechpishar, cho‘rtkesar. ^
7. Fe’l + fe’l: yebto‘ymas.
8. Olmosh - ot: o‘zboshimcha.
9. Ot + fe’l: tilyog‘lama, gadoytopmas, tinchliksevar, jonkuyar.
10. Olmosh + sifat: o‘zbilarmon.
11. Son + ot: ikkiyuzlamachi, qirqyamoq [5.52].
Sifatning daraja kategoriyasi
Sifat so‘z turkumi predmetning belgisini darajalab
ko‘rsatish imkoniyatiga ega. M.: oq mato, oqish mato, oppoq mato.
Sifatning daraja kategoriyasi 4 shakldan iborat:
1. Oddiy daraja.
2. Qiyosiy daraja.
3. Ozaytirma daraja.
4. Orttirma daraja.
91
ESLATMA
!
Sifat darajalari sintaktik vazifa bajarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |