G’afur G’ulom lirikasining o’ziga xos xususiyatlari


Download 74.52 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi74.52 Kb.
#1589570
  1   2   3
Bog'liq
G\'afur G\'ulom



G’afur G’ulom lirikasining o’ziga xos xususiyatlari
Reja:
I.Kirish.
II. Asosiy qism:

  1. G’afur G’ulomning hayot yo’li

  2. G’afur G’ulomning bolalar adabiyotida tutgan o’rni

  3. G’afur G’ulomning urush davri lirikasi va uning xususiyatlari

Xulosa.

Kirish.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida xalqning aniq maqsad yo‘lida harakat qilishida ta’lim-tarbiyaning roli naqadar muhim ekanini uqtirarkan: “Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda... Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz” 1 ,- deb ta’kidladilar. Darhaqiqat, mustaqillik biz yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq, yosh avlod shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoga hamqadam bo‘lishi, olis va yaqin o‘tmish merosimizni qaydarajada o‘zlashtirishi, ularning o‘zligini anglashiga ham bog’liqdir. Nodir iste’dod sohibi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, faylasuf shoir, nosir G’afur G’ulom xalqimiz va butun ezgu niyatli bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning dardini dildan his eta bilgan olim, shoir va yozuvchi edi. G’afur G’ulom ijodiy merosining salmoqli qismini lirik asarlari, xususan she’rlari tashkil etadi. Mazkur she’rlarda davr va shaxs talqini nuqtai nazaridan o‘rganish yoshlar tarbiyasi, madaniy merosga munosabatini shakllantirish, XX asr vaqeligining badiiy talqinlarini yangicha qarashlar asosida o‘rganish negizida estetik didini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, “... biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug’ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yo‘q.” 2 G’afur G’ulom hayoti, ijodiy merosining qimmati, qadri doimo adabiyotshunoslik va tanqidchilikning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Akademik Salohiddin Mamajonov ham G’afur G’ulom ijodini o‘rganishga barakali hissa qo‘shdi. Uning “Shoir va zamonaviylik” 3, “G’afur G’ulom prozasi” 4 , “Uslub jilolari”5 kabi yirik monografik tadqiqotlarida shoir ijodi g’oyaviylik bilan bir qatorda, badiiy barkamollik talablaridan ham tadqiq etildi. G’afur G’ulom she’riyati siyosiy-falsafiy ruhi, ko‘tarinki pafosi, hozirjavob va dolzarbligi, xalqchilligi va gumanizmi jihatidan qadrlandi. G’.G’ulom ijodi:


a) mumtoz folklor;
b) Sharq she’riyati;
c) rus adabiyoti
kabi uch ildizdan oziqlanishi aniqlanib, shu asosda tahlil qilindi. Uning qirq yillik ijodiy yo‘lini kuzatgan adabiyotshunos G’.G’ulomni “o‘zbek poeziyasining oqsoqoli,” - deb ta’rifladi. Munaqqid “Shoir va zamonaviylik” nomli kitobida G’.G’ulomning mavzu tanlashi, obraz yaratishdagi individualligi, hayot materialiga yondashuvi, estetik qarashlari va badiiy ijodi o‘rtasidagi birlik kabi jihatlarni haqqoniy ko‘rsatishga harakat qilgan. “Uslub jilolari” monografiyasida esa, G’afur G’ulom she’riyatining lirik qahramoni, shoir ijodida an’ana va novatorlik, uslub masalalari, shuningdek, rus adabiyoti bilan aloqalari, yosh qalamkashlarga ta’siri tekshirildi. G’afur G’ulomning ustozlari, individual uslubi, boshqa qalam sohiblariga ta’siri bir butunlikda olib qaraldi. Boshqacharoq qilib aytganda, shoirning poetik ijodi yaxlit tarzda o‘rganildi. Adabiyotshunos “G’afur G’ulom prozasi” kitobida yozuvchining nasr sohasidagi mahoratini ochishga, asarlarining janr xususiyatlarini belgilashga, individual uslubi, bayon tamoyillarini ko‘rsatishga, ijodiy metodini xarakterlashga asosiy e’tibor qaratdi. S.Mamajonov tadqiqotlari G’afur G’ulomning voqelikka yondashuvi va uni idrok etish usuli, ijodiy metodini tayin etishi kabi jihatlari bilan bugungi adabiyotshunoslik talablariga to‘la javob bera olmasa-da, o‘z davrida katta ahamiyat kasb etdi. Istiqlol yillarida erkin fikr taraqqiyoti, adabiyotshunoslik va tanqidchilik rivoji uchun keng keng imkoniyatlar yaratildi. Bu hol G’afur G’ulom shaxsi va ijodiga bo‘lgan munosabatni ham keskin o‘zgardi. Uning ijodiy merosi ildizlari hamda mohiyatiga tobora chuqurroq kirib borildi. Tahlil va talqinlar ilgarigi tadqiqotlardan farqli tarzda G’afur G’ulom fenomenining tamomila yangi qirralarini kashf etishga yo‘naltirildi.

II.1. G’afur G’ulomning hayot yo’li


G’afur G’ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentda kambag’al oilada tug’ilgan. Dastlabki savodni ota-onalari G’ulom aka va Toshbibi ayadan oldi. Biroq beshafqat taqdir yoshligida uning boshini ko’p ham silamadi. Otadan(1912), onadan(1918) erta ajragan G’afur bolaligidayoq yetim qoldi. Qashshoqlik va yetishmovchilik deb ataluvchi tilsim ming-minglab bolajonlar qatori kelajakning buyuk shoiri -»o’ninchi yillarning sargardon»ini ham o’z quchog’iga oldi. Etikdo’z kosibga qarashdi, kunduz kunlari singillarini boqib, kechqurun qo’shni mahalladagi tegirmonda qorovullik qildi. Sariboy degan boyning ko’shkin bog’ini qo’ridi. Ko’p yillar o’tgach, shu boy eshigidagi xizmatlarni G’afur G’ulom o’zining «Shum bola» qissasiga ustalik bilan singdirib yubordi. Birinchi jahon urishi boshlanishi (1914), mardikorlikka olish (1916) tufayli xalq boshiga tushgan mashaqqat va musibatlarni o’z ko’zi bilan ko’rdi, o’z boshidan kechirdi. 1916-yilda rus-tuzem maktabiga kirib o’qidi. Bu tahsil G’afur G’ulomga keyinchalik, oktabr to’ntarishidan so’ng, bosmaxonada harf teruvchi bo’lib ishlashida, 8 oylik muallimlar kursiga kirib o’qishida ancha qo’l keldi.20-yillar komsomoli yoshlarga sho’roviy va inqilobiy ruhni singdirishda, ularga imkoniyat va imtiyozlar berishda katta ishlar qildi. U yangi maktablarda o’qituvchi, direktor bo’lib ishladi, internatga mudirlik qildi.Internat G’afur G’ulom taqdirida katta rol o’novchi muqaddas dargoh bo’lib qoldi.Bu joydagi mehnat va hayot uning shaxsiy va ijtimoiy tuyg’ularini avj oldirdi. Kunlardan birida boquvchisiz yetim bolalarga termilib, ich-ichidan achindi, xo’rligi keldi, o’zining yetimlikda o’tgan umrini esladi. Tuyg’ulari junbushga keldi-yu, marjon yosh bo’lib ko’ziga emas, qog’ozga she’r bo’lib to’kildi.Bu G’afur G’ulomning birinchi she’ri edi. O’zbek adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug’ildi. Shu tariqa salkam 45 yillik ijodida davomida G’afur G’ulom ko’pdan-ko’p she’r, doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa, maqola, tarjima asoslar e’lon qildi. Ular yuzdan ortiq to’plam va kitoblarda jamlanib, bosilib chiqdi . «Mushtum»,»Yer yuzi» oynomalarida, «Sharq haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro’znomasida adabiy xodim va maxsus muxbir bo’lib ishlash G’afur G’ulomga jamiyat hayotining qaynoq manzillari va zamondoshlari qalbining toza iqlimlarini chuqur idrok qilish, his etish imkoniyatlari yaratdi. G’afur G’ulom 20-yillardagi she’rlarida asosiy etiborini yangi jamiyatni qaror topib kelayotgan yangicha munosabatlarini, talablarini kuylashga, eskilik deb baholanayotgan tushunchalarini tanqid etishga qaratdi. Bu davr she’rlarida badiiylikdan ko’ra bayonchilik, ehtirozdan ko’ra e’tirof ustunlik qiluvchi she’rlar ham talaygina edi. Xalq va Davlat hayotini aks ettirish 30-yillardan shoir asarlarining yetakchi xususiyatlariga aylana bordi. Mazkur xususiyat, ayniqsa, «Turksib yo’llarida» she’ri va «Ko’kan»dostonida yaqqol ko’zga tashlandi. «Ko’kan» dostoni 20-yillar oxiri, 30-yillar boshlaridagi davr va xalq hayotini badiiy aks ettirdi. Ayni vaqtda shu tamoyilni kuchaytirish va mustahkamlashda muhim mafkuraviy rol o’ynaydi. To’g’ri, jamoa xo’jaligiga o’tish va o’tkazishda majbur qilish, shuningdek, ko’pdan-ko’p o’rtahol xonadonlarning xonavayron bo’lishi ham ro’y berdi. Lekin bu kamchilik, xato va cheklanishlar bilan bir vaqtda, jamoa xo’jaligi o’zbek dehqoni muayyan qatlamining taqdirida, uning oyoqqa turishida, xo’jaligining tiklanishida ijobiy rol ham o’ynaganini e’tiborga olsak, doston o’zbek dehqoni tafakkuri, dunyoqarashi va yashash tarzidagi keskin o’zgarishlarning badiiy hujjati tarzida ahamiyatlidir. G’afur G’ulom butun umri davomida ko’pdan-ko’p she’rlar, dostonlar yozdi. Sho’ro siyosati va komfirqa mafkurasi tasirida el-yurtni yuksak ko’tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do’stlikni ulug’ladi. Ulug’ maqsad va fikr yo’lida xalqni, ommani safarbarlikka da’vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos bo’lgan muhim xususiyatlardir. Mana shu xususiyatlarni badiiy tarannum etishda lirik qahramonning chuqur o’y-mushohadalari-yu, uning donishmandligidan tortib, shu donishmandlikni namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-baranglik, serqatlamlik, ko’pma’nolilik, purhikmatlilik, bir so’z bilan aytganda, falsafiylik shoir ijodining muhim belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.6
(«Vaqt» she’ridan)
G’afur G’ulomning ba’zi she’rlari tarixiy hodisalar, ma’lumotlar va shaxslar obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi, tarixiy shaxs taqsdiri, qiyofasining in’ikosi qadar aniqlik kasb etadi «Turksib yo’llarida», «Hamza xotirasi’, «Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga» sh’erlariga shunday xususiyat xosdir. G’afur G’ulom Sharq va G’arb tarixi, falsafasi, madaniyatini .favqulodda chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she’rlarida Injilu Qurondan tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma’lumotlar, u yoki bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to’qimasiga singdirib yuboriladi. G’afur G’ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko’plab she’rlar yozdi. 1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o’n kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, o’tkinchi hodisa va voqealarga bag’ishlangan bunday she’rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o’ziga ham sir emas edi. Zero, bunday she’rlarning ko’pi o’zlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki «Tanlangan asarlari», hatto muntazam chiqib turgan to’plamlariga ham kiritilmas edi. G’.G’ulom ham bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta’kidlash lozimki, g’afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug’orilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she’rlarida ham uchrab turadi. G’afur G’ulom so’nggi nafasigacha ijod etdi, mehnat qildi. Uzoq yillar davomida O’zbekiston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo’lib ishladi. Badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab ilmiy maqolalar yozdi, tarjimalar qildi. O’zining asarlari ham o’nlab tillarga o’girildi. Mehnatlari evaziga u O’zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylandi. Respublika Oily kengashiga deputat bo’ldi. Unga «Ozbekiston xalq shoiri» yuksak unvoni berildi. Badiiy asarlari sovetlar mamlakatining eng yuksak mukofotlariga sazovor bo’ldi. Uning o’n ikki jilddan iborat mukammal asarlar to’plami bosilib chiqdi.
Shoirning boqiy hayot, mangu ko’k daraxt haqidagi «Qish va qor» (1929), «Non» (1931), «Toshkent» (1933), «Qutbda saylovlar» (1937), «Men - Yahudiyman» (1941), «Qish» (1941), «Xotin» (1942), «Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi» (1945), «Bog’» (1934), «Qayg’u» (1942), «Kuz keldi» (1945), «Kuzgi ko’chatlar» (1948) kabi she‘rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o’z aksini topdi.Ko’pgina she‘rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: «Sen yetim emassan» (1942), «Qayg’u» (1942), «Biri biriga shogird, biri biriga ustod» (1950), «Sizlarga - yoshlar» (1947), «Bahor taronalari» (1948) va boshqalar. «Netay» (1930), «Yodgor» (1936), «Shum bola» (1936-1962) qissalari va «Shariat nayranglari» (1930), «Mening o’g’rigina bolam» (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan. Urush yillarida G’ofur G’ulom «Sen yetim emassan», «Seni kutyapman, o’g’lim!», «Vaqt», «Kuzatish», «Ayol», «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak» kabi ajoyib she‘rlar yaratgan. «Seni kutyapman, o’g’lim!» she‘rida shoir front ortida o’zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g’alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi. Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo’lgan muhabbati buyuk ma‘no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo’qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g’amxo’rligi haqida so’z boruvchi ajoyib «Sen yetim emassan» she‘rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan «Bahaybat», «G’alabachilar qo’shig’i», «Vaqt», «Xotin» she‘rlari yuqori fuqarolik she‘riyatining namunalari hisoblanadi. Ular «Sharqdan kelmoqdaman» to’plamidan joy olgan. Urushdan keyingi yillar G’ufur G’ulom bir qator she‘riy to’plamlarini nashrdan chiqaradi: «Yangi she‘rlar», «O’zbekiston olovlari», «Onalar», «O’zbek xalq g’ururi», «Tong qo’shig’i», «Yashasin, tinchlik!», «Bu - sening imzoing». Ushbu to’plamlardan joy olgan she‘rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o’zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko’rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar. G’ofur G’ulom — tinchlik, do’stlik va xalq baxtining jo’shqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bag’ishlangan to’plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: «Dunyo minbaridan», «Yashasin, tinchlik!», «Bu — sening imzoing» va boshqalar. G’afur G’ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o’zbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.
G’ofur G’ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta‘sir ko’rsatgan. G’ofur G’ulom o’zining maqolalaridan birida shunday yozadi: «Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko’plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin «men uchun vazn, lug’at, timsol, she‘rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan» Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman». Mayakovskiy satirasidagi darg’azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag’oyat ulkan tuyg’u kuchidan tashqari, men o’zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag’alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma‘no ifodaliligini oshiruvchi she‘r qurilishidan ham o’zbek she‘r tuzimida foydalanishimga to’g’ri keldi». Bular G’ofur G’ulomning ko’plab she‘rlarida namoyondir, masalan: «Turksib yo’llarida», «Ona yer», «Yashasin, tinchlik!». G’ofur G’ulom ijodining urushdan keyingi davri o’zbek adabiyoti rivojida muhim o’rin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning she‘rlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qo’lda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va o’y-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, «Unutma, Vatan seni kutmoqda!» va «G’alaba bayrami» she‘rlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bog’lovchi halqasi kabidir. G‘afur G‘ulomning pedagogik qarashlari bugun milliy pedagogikamiz merosimiz tarkibiy qismiga aylandi. Unda bolalar xulqidagi zararli odatlarni bartaraf etishga oid fikrlar haqida o‘tgan asrning 20 – yillaridayoq bong urilgan edi. Adib ijodiga nazar tashlar ekanmiz, u o‘z davrida bolalar orasida zararli odatlarning kuchayib borayotganligidan aziyat chekadi.U zararli odatlarning kelib chiqish sabablarini bolalar yashayotgan muhitning o‘zidan izlaydi. Uning fikricha, «maorif tizimi pillapoyalarida o‘tirgan mansabdorlarning aybi bilan minglab bolalar umumta’limga jalb etilmay qolmoqda «. Maorifning vakillari Qalandarday tentirab, Eshiklarni qoqadi – Rasmiyat Faqat,... ... Minglab-minglab Ahmadjon Rasmiyatdan ishga o’tish Muddatiga boqadi… Ma’lumki, o‘tgan asrning 20-30 yillarida milliy nizolar, urush, qurg‘oqchilik tufayli sobiq shurolar davlatida yuz minglab bolalar boqimsiz qolgan edi. Natijada mamlakatda bolalar qarovsizligi avjiga chiqdi. Maktab, oila nazoratidan chetda qolgan minglab bolalar zararli odatlarni «ko‘cha maktabi»dan o‘rganib oldilar. Bolalar qonunbuzarligining g‘oyat kuchayishi davlat va keng jamoatchilikni tashvishga soldi. Shuning uchun shoir bunday boqimsiz bolalar taqdiridan tashvilanib, «Taklif qilaman» she’rida shunday degan edi: Shu yoshgina o’spiringa qarangiz: “Yosh boshidan kashanda Qanday orsiz, sharmanda, Bobosiday ko’ksovlanar, Ko’p esiz!” –deyarsiz ...Haligacha Maktab, o’qish unga yot… Shoir o‘z asarlarida zararli odatlar inson tanasi uchun hech bir zarurat emasligini ta’kidlaydi. Jumladan, spirtli ichimliklar, ko‘knor, tamaki, nos, nasha, qora dori iste’mol qilish g‘oyat zararli ekanligidan yoshlarni ogoh etadi. Bunday zaruratsiz narsalarni iste’mol qilish, ularga organizmni o‘rgatish oxir-oqibatda inson sog‘lig‘ini izdan chiqarishini ta’kidlaydi. G‘afur G‘ulom butun umri davomida ko‘pdan-ko‘p she‘rlar, dostonlar yozdi. Sho‘ro siyosati va komfirqa mafkurasi ta‘sirida el-yurtni yuksak ko‘tarinkilik ruhida yashash va mehnat qilishga chorladi. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do‘stlikni ulug‘ladi. Ulug‘ maqsad va fikr yo‘lida xalqni, ommani safarbarlikka da‘vat qildi. Kelajakda katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardir. Mana shu xususiyatlarni badiiy tarannum etishda lirik qahramonning chuqur o‘y-mushohadalari-yu, uning donishmandligidan tortib, shu donishmandlikni namoyon etuvchi obrazlar vositasidagi rang-baranglik, serqatlamlik, ko‘pma‘nolilik, purhikmatlilik, bir so‘z bilan aytganda, falsafiylik shoir ijodining muhim belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. G‘afur G‘ulomning ba‘zi she‘rlari tarixiy hodisalar, ma‘lumotlar va shaxslar obrazini aks ettirish asosiga qurilgan. Bunday asarlar tarixning badiiy solnomasi, tarixiy shaxs taqsdiri, qiyofasining in‘ikosi qadar aniqlik kasb etadi «Turksib yo‘llarida», «Hamza xotirasi‘, «Insoniyat tarixining birinchi kosmonavtiga» sh‘erlariga shunday xususiyat xosdir. G‘afur G‘ulom Sharq va G‘arb tarixi, falsafasi, madaniyatini favqulodda chuqur bilgan alloma kishi edi. Shu bois uning aksar she‘rlarida Injilu Qurondan tortib Bobil, gotik naqshlar-u kattayu-kichik tarixiy hodisalar, ma‘lumotlar, u yoki bu shaxs, ular bilan aloqador faktlar,jahon xalqalrining urf-odatlaridagi chizgilari, tarixiy joy nomlari bilan aloqador fikrlar asarning badiiy to‘qimasiga singdirib yuboriladi. G’afur G’ulom butun ijodi davomida taqvim tarzida ko’plab she’rlar yozdi. 1-may, 7-oktabr, Konstitutsiya kuni, partiya va komsomol syezdlari, adabiy o‘n kunliklar, sotsialistik musobaqa, paxta rejasining bajarilishi singari kundalik, o‘tkinchi hodisa va voqealarga bag‘ishlangan bunday she‘rlar adabiyot tarixida ham , muallif ijodida ham sezilarli iz qoldirmadi. Bu hol shoirning o‘ziga ham sir emas edi. Zero, bunday she‘rlarning ko‘pi o‘zlarini hurmat qilgan shoirlarning nainki «Tanlangan asarlari», hatto muntazam chiqib turgan to‘plamlariga ham kiritilmas edi. G‘.G‘ulom ham bundan istisno emas. Biroq shuni ham ta‘kidlash lozimki, g‘afurona buyuklik va donishmandlik bilan sug‘orilgan falsafiy obrazlar uning taqvim she‘rlarida ham uchrab turadi.

II.2. G’afur G’ulomning bolalar adabiyotida tutgan o’rni


Otashnafas kuychi Gʻafur Gʻulom hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim oʻrin egallaydi.1923 yildan adabiyot maydoniga qadam qoʻygan Gʻafur Gʻulom oʻz ijodini bolalarga atab sheʼr yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoirning “Mukofot” (1940), “Sheʼrlar” (1946), “Tongotar qoʻshigʻi” (1949), “Bari seniki” (1953), “Bir gʻuncha ochilguncha” (1955), “Siz mening yoshligimsiz” (1958) sheʼriy toʻplamlari, oʻrta va katta yoshdagi bolalar uchun “Shum bola”, “Tirilgan murda” (1934), “Yodgor” (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib oʻrin tutadi. Gʻafur Gʻulom “Yasha, deyman, oʻgʻlim!” sheʼrida fan va texnikani egallashni havas qilgan, qalbi qahramonlik ruhi bilan toʻlib-toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan yulduzga oʻtishni orzu qilgan zamonamizning ilgʻor yosh qahramoni tuygʻularini oʻgʻli misolida tarannum etadi. Shoir bolalardagi qahramonlikka boʻlgan zoʻr havasni sezgirlik bilan ilgʻab olib, uni mohirlik bilan ifodalab bergan. Ota bilan bolaning suhbati shaklida yozilgan bu sheʼrda oʻgʻilning qoʻrqmaslik va irodalilik xislatlari jonli tafsilot va obrazlar orqali ochiladi. Sheʼrda bolalarning ichki kechinmalari, xarakteri, hamma narsani bilishga boʻlgan qiziquvchanlik holatlari kulgili usulda, taʼsirli ifodalangan. “Tursunali nega varrakdan voz kechdi?” sheʼrida Gʻafur Gʻulom texnikaning kuch-qudratini kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos vositalar – varrak va ayeroplan orqali koʻrsatadi. Shoir buni varrakning kuchsizligi bilan ayeroplanning kuchliligini birbiriga qarama-qarshi qoʻyish va jonlantirish usuli orqali mohirona koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan. Shoir ayeroplanda tinmay baland va uzoqlarga uchgan qahramon obrazini chizar ekan, bolalarda zamonimizning shunday qahramoniga nisbatan mehr-muhabbat uygʻotadi. Shu bilan birga, muallim sheʼrida Vatanimiz qudrati va goʻzalligini shoirona tasvirlaydi, bolalarni hayotda tugʻilayotgan yangiliklar bilan tanishtiradi, bularning hammasi ijodiy mehnat orqali yaratilganligini kuylab, ularni zamonimiz qahramonlari izidan borishga, fanning choʻqqilarini egallashga undaydi.
Aeroplanning uchar otga oʻxshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq keladi. Shoir ayeroplan talqinida bolani uni minib olishga, “Fanning eng choʻqqisi” ga uchirib olib borishga chaqiradi. Bunday havas ishtiyoqi yosh yurakni toʻlqinlantiradi va bola samolyot minishga qatʼiy ahd qiladi.
Shoir “Bari seniki” sheʼrida yuksak vatanparvarlik gʻoyasini ilgari suradi. Ayni chogʻda, oʻz xalqining baxtini, goʻzal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir hayotga boʻlgan muhabbatini Vatanga boʻlgan muhabbati tuygʻusi bilan yonma-yon koʻradi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushuntiradi. Buni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi:

Download 74.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling