Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Download 0.59 Mb.
bet1/25
Sana10.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1348051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
математика 30 с амалий кўрсатма


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI

UMUMIY PEDAGOGIKA
USLUBIY QO`LLANMA


Ta’lim yo‘nalishi:5111400 –Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
5111600 – Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim
5120400 – Arxeologiya
5130100 - Matematika
5130200 – Amaliy matematika
5140100 – Biologiya
5140200 - Fizika
5140600 -Geografiya
5140500 - Kimyo (turlar bo’yicha)
5330100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
5330200 - Ахборот тизимлари ва технологиялари
5410100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Buxoro- 2022 y.
Annotatsiya
Mazkur uslubiy ko‘rsatma barcha ta’lim yo‘nalishi III-kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda umumiy pedagogika fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarining mavzusi, maqsadi va vazifalarini tashkil etish usullari yoritilgan hamda 15 soat seminar mashg‘ulotlari rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu uslubiy ko‘rsatmada har bir mashg‘ulotlarning mazmuni va bajarish mexanizmi ochib berilgan.


Tuzuvchi: dotsent Q.F.Abdullayev

Taqrizchi: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Gulboev A.T.

So‘z boshi
Jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi. Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma’naviy taraqqiyoti haqida g‘amxo‘rlik qilish, davlatimiz raxbariyatining asosiy maqsadidir.
Ta’lim pedagoglarning faoliyatidan va o‘quvchi-talabalarning faoliyatidan iborat qo‘shaloq jarayondir. Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadilar, ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish, nazariyaning hayot bilan qay darajada muvofiqligini sinash va bilish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, talabalarning ilmiy metodik bilimlari doirasini kengaytiradi.
Oliy maktabda o‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlariga qo‘yiladigan talablarda amaliy mashg‘ulotlarning ma’ruzadan farqlanadigan asosiy me’yorlaridan biri o‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida o‘ziga xos xarakterdaligidir. Ular vazifalariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar ma’ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo‘lsa, amaliy mashg‘ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi,semenar y mashg‘ulotlari talabalar bilimini sinashga ham xizmat qiladi.
Umumiy pedagogika fanidan rejalashtirilgan amaliy mashg‘ulotlar butun kurs mazmunini qamrab olgan. Uning mazmun barcha bo‘limlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, umumiy pedagogika dasturi o‘rganiladi va tahlil qilinadi. har bir semenar mashg‘ulotlari auditoriyalar va maktablarda tashkil qilinadi. Bu jarayonda talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, dastlabki kasbiy malakalar hosil qilish, umumiy pedagogika mavzsiudagi dars ishlanmalarini yaratish va pedagogik texnologiya yutuqlaridan o‘rinli foydalanishga o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga mashg‘ulotlar yuzasidan topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar semenar tarzda bajarilib, topshiriqlar uchun adabiyotlar ko‘rsatiladi va tavsiyalar beriladi. Har bir mavzu bo‘yicha talabalar hisobot yozadilar.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling