Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


:mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari va huquqiy-me’yoriy asoslari


Download 1.68 Mb.
bet10/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
Bog'liq
мажмуа

2:mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari va huquqiy-me’yoriy asoslari
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”.

  2. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari.

  3. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

  4. Ta’lim tizimi va turlari.


Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan1.
Shunday ekan ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog kadrlar o’qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g’oyalar bilan boyitishni puxta bilishi kerak. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqqiyatini ta’minlash, ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko’p jihatdan bog’liqdir.

_________________________________________________________________


1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev. 20.04.2017 yildagi Qarori bilan -2017-2021 yillarda Oliy ta‘lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturidan - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroridan.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling