Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Download 1.68 Mb.
bet11/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
мажмуа

Muammoli blok. Mustaqillik davrining birinchi choragi va 2017-2021 yillardagi “Harakatlar strategiyasi”ni qiyosiy tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning “Kadrlar tayyorlash Milliy modeli” bo‘limini konspekt qilish.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek, rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlodning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasinini aniqlamasdan turib, o‘rta maxsus va oliy ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish mumkin emas.
Jamiyatning infrastrukturalarida, guruhiy shaxslararo munosabatlarda demokratiya prinsiplarining qaror topishi, fuqarolar o‘rtasida teng huquqlilik, subyektlilik, hamkorlik, hamdardlik (empatiya) mezonlari turmush tarziga aylana boshlashi kishilik dunyosining jahonshumul ijtimoiy - tarixiy g'alabasining yorqin ifodasidir.
Hozirgi davrda shaxsning robotlashuviga chek qo‘yilishi, o‘zining mustaqil inson (subyekt) tarzida namoyon bo‘lishi uchun moddiyma’ naviy negiz barpo etilishi, shaxsiy dunyoqarash (ham ilmiy, ham diniy), barqaror e’tiqod, mustahkam pozisiya, qat’iy iroda, o‘tkir va bukilmas g‘oyani egallashga imkon yaratdi. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasawur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi pedagogik bilimlaming zaruratga aylanganligini anglatadi.
Insonshunoslik fanida inson-jamiyat, jamiyat-inson shaklida o‘zaro ta’sirni taqozo etar ekan, birinchi va ikkinchisi ham to‘g‘ri, ham teskari aloqani o‘rnatishi joiz. Abdulla Avloniy o‘z davrida bashorat qilganidek: "Agar pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni xohlar ekan, unda insonni har tomonlama o'rganishi zarur"2.
Xuddi shu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirish Iozim, uning natijasi, mahsulasi orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g‘oyaviy e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirish joiz.
Chunki "subyekt-subyekt" munosabatni amalda qaror toptirmasdan turib, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lmaymiz. Bu o'rinda pedagogika katta ahamiyat kasb etadi, jamiyatning barkamol shaxsni yetishtirishdek maqsadiga mos kelishi ayni muddaodir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: "Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilami tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”3, - degan fikri ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan bin ekanligini ko‘rsatadi.
Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida, qonuniy zamin boigan "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘grisidagi qonun"ining qabul qilinishiga bir qator omillar sabab boidi: birinchidan, biz yashayotgan muhitda ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bo‘Isa, ikkinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka boigan munosabat o'zgardi, uchinchidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob bermay qo‘ydi, to‘rtinchidan, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni, talabalaiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar his-tuyg‘ularini singdirib, ulami har tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi.
Ma’lumki, "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun 5 ta bo‘lim, 34 moddadan iborat. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida: ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi, demak, ta’lim-tarbiya ishlari davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
- umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo'nalishini tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuvi;
- bilimli bo‘lish va iste'dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Ta’lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
"Eng awalo, bizning ta’lim tizimiga bo‘lgan niunosabatimizni ham tubdan o‘zgartirish kerak. Ta’lim islohoti bizni demokratik o‘zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo‘lidan dadil etaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch boimog'i zarur. Har birimizga besh barmoqdek, eskicha aytganda, to‘qqiz puldek ayon bo'lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ulaming turmush tarzini ham o‘zgartirish mumkin emas"4.
Yurtboshimiz ta’lim-tarbiya islohotining zarurligi va muhimligi haqida o‘zining qator nutqlarida to‘xtalib o'tganlar.
1997 yil 29 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yurtboshimiz so'zlagan nutqlarida shu vaqtgacha amalga oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan to‘liq qutila olmaganligimiz, ikkinchidan, o'zgarishlar yuzaki bo‘lib, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqislarini bir-biri bilan uzviy bog'lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bermaganligi, uchinchidarv, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi... kabilar ham bu islohotni zarurligini ko'rsatdi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz "Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusida so‘zlagan nutqida ta’lim-tarbiya tizimida islohotlar o'tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-xunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitusiyaviy huquqini ta’minlashdan iboratdir.
Qonunning 1-bo‘limi "Umumiy qoidalar" deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqlari, ta’lim muassasasining huquqiy maqomi, DTS, ta’lim berish tili kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
"Ta’lim to‘g‘risida" gi qonunning 2-bo‘limida ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan.
Respublikamizdagi ta’lim tizimi: Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; ta’lim tizimini rivojlanishini ta’minlash uchun zarur boigan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalami; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab oladi.
Mazkur qonunning 10-moddasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi.
Qonunning 2-bo‘lim, 11-17-moddalarida har bir ta’lim tunning mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Unda ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalr muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim majburiy bo'Iib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar). Umumiy o‘rta ta’lim o'quvchilaming fanlar asoslari do'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy O’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlami, meqnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda boiishni va kasb tanlashni shakllantiradi. «Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular do‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi»5.
Qonunda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasbhunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi. «Akademik litseylar va kasbhunar kollejlari egallangan kasb-hunar do'yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o'rta maxsus, Kasb-hunar ta’limi beradi»6.
Akademik litseylarda o'quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo'nalishi do‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko'nikmalami o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘n ikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar do‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.
Qonunning uchinchi bo'limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan bo'lib, unda ta’lim oluvchilarni va ta’lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o'qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To‘rtinchi bo'limida ta’lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar Mahkamasining, Ta’limni boshqarish do'yicha vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘rsatiJgan bo‘lsa, beshinchi bo‘limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati 1997 yilning 29 avgustida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta’lim to‘grisidagi»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib berildi.
Ma’lumki, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» besh bo‘limdan iborat bo‘lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dastuming maqsadi, “vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, dasturni ro'yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dastuming 3-bo‘limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli mohiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.
«Shaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi». Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bogiiq boigan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan bin bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi do'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobga chiqariladi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat to- monidan ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatla- nadi. Ta’lim jarayonida shaxs davlat taiim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Taiim xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka darajasini ol- gach, bilim va tajribalami taiim jarayonida yosh avlodga o‘rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida faoliyat ko'rsatish bilan shug‘ullanadi.
Har bir odam faqat taiim, ijtimoiy tarbiya va ma’naviy kamo- lot, kasb-hunar o‘rganish tizimi vositasidagina shaxs boiib shaklla- nadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi - uning jamiyat uchun foydali fiinksiyalarni bajarishi, o‘z vazifa va burchlarini puxta ham­da ijodiy anglab, boshqalar bilan teng, mustaqil munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o‘mi va roli, huquq va majburiyatlari konstitutsiyaviy mustahkamlanib, qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.
«Davlat va jamiyat» — Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kaflllari boiib, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha taiim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiradi».
Davlat va jamiyat quyidagilarni, chunonchi:
- fuqarolarning ilm olish huquqini, ulaming kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini;
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qib-o‘n»anish yo'nalishini tanlash huquqini beruvchi majburiy umumiy o‘jta va o‘rta maxsus , kasb-hunar ma’lumoti olishni;
- davlat grantlari bazasida yoki pullik-bitim asosida oliy va undan yuqori darajalarda ma’lumot olish huquqini;
davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minotini;
- o‘quvchilarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta’minlash masalalarini hal etish yuzasidan jamoatchilik bosh- qaruvini rivojlantirishni;
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab-quwatlashni;
- ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari, ota-onalaming bolalar tarbiyasi, hayotini himoya qilish uchun mas’uliyatlarini oshirish yuzasidan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amal qilish faolligini kafolatlaydi. Shunday qilib, shaxs uchun sifatli kasb-hu­nar tayyor-garligi, ijtimoiy rag‘bat va himoya, favqulodda holat- larda yordam olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
«Uzluksiz ta’lim» - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshi­rish va ulami qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘r- satish muhitini o‘z ichiga oladi».
Uzluksiz ta’lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta’limiy ehtiyojlarini qodirishi, bilimlaming qadr-qimmati va mavqeini ko‘- tarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek, iqti- sodiyotning o‘zgaruvchan ehtiyojlari sharoitida umum ta’limiy, umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar tayyorlash yo‘li bilan fundamental bilimlar berib, shaxsni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi kerak (3-rasm).
Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari sifatida ta’lim tizimi­ning kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish, majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘ti- lishini ta’minlash, ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizi­mini yaratish, ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish kabilar belgilandi.
Fan — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi». Fan-ta’lim mazmunini tubdan yangilashda, ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o'quv darsliklar va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik. ta’minotni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi. Qolaversa, fan kadrlar tayyorlashda buyurtmachi si­fatida ilmiy izlanishlarni bevosita o‘quv jarayoni bilan mutano- siblashtirishga erishadi.
“Ishlab chiqarish” - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ulaming tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan ta- lablami belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qat- nashchisi». Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurt­machi va iste’molchi funksiyalarini bajarib, kerakli yuksak daraja- larda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo'lgan ijti­moiy buyurtmani shakllantiradi, kasb-hunarga tayyorlashning maq- sadi, vazifasi va mazmunini aniqlaydi, malakaviy talablami ilgari suradi, yangi texnologiyalar va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’lishini va hayot o‘zgarishlariga moslanuv- chanligini ta’minlaydi. Kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or taj- ribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi­ning barcha jihatlariga daxldor bo'lib, uning rivojlanishi omillari- dan biridir.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling