Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi


GLOSSARIY Amaliyotda (praktikada) qo'llash


Download 1.68 Mb.
bet44/93
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1126397
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bog'liq
мажмуа

GLOSSARIY
Amaliyotda (praktikada) qo'llash - hayotda bir necha bor qo'llangan o'zining ijobiy hosilasini bergan, ishonchli muammolar yechimi bilan solishtirib, xulosa qilish so'ng tafakkur saviyasiga tayanib yagona echimini tanlash va undan amaliyotda foydala- nishdir.
Anglash - biror bir g'oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Anomal bolalarni tarbiyalash — korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi b o ‘lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o ‘rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko'rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Anomaliya (yunoncha — anomal ) — me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Axloq - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulqatvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloq (lotincha «moralis» — xulq-atvor ma’nosini bildiradi) — ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o ‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling