Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING UCh NAZARIY MANBAI
Download 3.6 Mb.
|
IJTIMOIY VA TADBIQIY PSIXOLOGIYA 2021-2022 (2)
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING UCh NAZARIY MANBAI
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo’ldiki, ular xakli ravishda Ijtimoiy psixologiyani mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanishiga uzlarining munosib hissalarini kushdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan shu narsa ediki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asoslar bilan tushuntirishni izlanishlarni asosiy psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvorning instinktlari nazariyalaridir. Halqlar psixologiyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida XIX asrning o’rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariya fikr shundan iborat ediki, ayrim individlardan yo’qori turadigan rux mavjud bo`lib, bu rux o’zidan ham yo’qori turadigan ilmiy Yaxlitlikka buysunadi. Bu iloxiy Yaxlitlik halq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu Yaxlitliklarning bo’laklari bo`lib, ular shu ruxga buysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi qarama-karshilik muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Halqlar psixologiyasining tarixiy-mafko’raviy asosi bo`lib Gegel falsafasi va nemis romantizm xizmat qilgan, deyish mumkin. Chunki Gegeldagi "individdan yo’qori turuvchi rux" goyasi halqlar psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan tulaligicha kabo’l qilindi. "Halqlar psixologiyasi"iborasi birinchi marta faylasuf M. Latsarus (1824-1903) hamda tilshunos G. Shteyntal’ (1833-1893) asarlarida ishlatildi. Ular birgalikda chop yotgan "Halqlar psixologiyasi to’g’risida kirish so`zi" kitobida shunday fikrlarni ilgari so’radilar: "Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch - bu halq yoki shu" Yaxlitlikning ruxi bo`lib, bu rux san’atda, dinda, tilda, afsonalarda, an’analarda o`z aksini topadi. Individning ongi ushbu Yaxlitlikning maxsuli bo`lib, ularning yigindisi o`z navbatida halq ongini tashqil etadi. Halqlar psixologiyasining vazifasi halq ruxi moxiyatini o’rganish, halq ruhiyati qonunlarini ochish, halq psixologiyasiga oid bo`lgan o’ziga xos xususiyatlarning paydo bo`lishi va yo’qolishini tushuntirib berishdir". Usha kitobda mualliflar shaxs bilan jamiyat munosabati xususida quyidagi muloxazalarni bayon etadilar: odam o`z moxiyati jixatidan ijtimoiy mavjudot bo`lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog’liq, chunki u o’ziga o’xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taklid qilib harakat qiladi va ular tadbiqidan kochadi. Halqlar psixologiyasining asoschilari faqat nazariy muloxazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o`z fikrlarini isbot qilish uchun tadqiqot ishlari yo’q edi. "Psixologiyaning otasi"hisoblangan Velgelm Vundt esa xuddi ana shu tad kikotga asoslangan ma’lumotlar tuplashga o`z diqqatini qaratdi. U o’zining "Inson va xayvon ruxi haqida leksiyalar"i (1863-y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan un tomli "Halqlar psixologiyasi" asarlarida asosan o’zi tuplagan empirik ma’lumotlar asosida halqlar psixologiyasiga bagishlagan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat ediki, empirik ma’lumotlar tuplash usullari, to’plangan manbalarni sharxlash borasida bebaho bilimlar tupladi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat:fiziologik psixologiya va halqlar psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o’rganuvchi eksperimental fan bo`lib, oliy psixik jarayonlar tafakkur va nutkdan tashkari barcha narsalar eksperiment usulda tadkik etish mumkin. Eksperiment usulda o’rganib bo’lmaydigan barcha oliy rux holatlarini halqlar psixologiyasi o’rganadi, chunki undagi o’rganish usullari o’ziga xosdir. U madaniy maxsullar hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi. To’g’ri, Vundning psixologiya fani oldidagi xizmatlari, uning halqlar psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o`z kimmatini yo’qotgani yo’q. Lekin, uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda bo`lgan, yana u individ bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab dialektik munosabatini idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o’rnini ko’ra bilmagan. Uning izdoshlari russiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u Yo’l kuygan mafko’raviy kamchilikning oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda yakdil edilarki, halqlar psixologiyasi individual psixologiyasidan fark qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o’ziga xos usullar yerdamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo’ldi. O m m a p s i x o l o g i ya s i paydo bo`lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo bo`lishi va yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo’ldi. Ya’ni, XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz harakatlar darajasiga ko’tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini bilish, ularni boshqarish usullarni uylab topish zarur edi. Ommaviy xodisalarni o’rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning "Taklid qilish qonunlari" deb atalgan birinchi kitobi chikdi. Tard Fransiyada ro’y berayotgan ommaviy xodisalarni shu xodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taklid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega bo`lib, har bir individ ommaga qo’shilgan zaxoti unga taklid qilishga tayorlik instinkti ustun bo`lib qoladi. Italiyalik xukushunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qo’llab uning nazariyasini faktik materiallar bilan boyitdilar. 1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining "Omma psixologiyasi" kitoblarida asosiy goya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o`z xulq-atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo’qoladi. Bunday hollarda hissietlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlari shuning uchun ham affekt holatiga ro’y berayotgan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo`lgan, deb qarash odatli bo`ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli Italiyaning qonuniga maxsus modda kiritishga ham erishdi. Sotsiolog Lebon esa asosan o`z diqqatini ommani elitaga - jamiyatdan yo’qori turuvchi tanlangan guruhlarga karshi kuyishga qaratadi. U ommaning ayrim hollarida, ayniqsa biror xodisa ro’y berganda "qiziqkonlik" xususiyati ustun turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bu yerda to’planishi ommani hosil qiladi va bu odamlar kim bo`lishidan kat’i nazar - olimmi yoki oddiy insonmi, shu zaxotiek kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo’qotadi. Chunki bu holatda ular holatini instinktlar va hissietlar boshqaradi. Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga tuxtalib quyidagilarni ajratadi: 1. Shaxsiy sifatlarning yo’qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o’ziga xos sifatlarni yo’qotish, buning o’rniga inpulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkin. 2. Hissietlarga uta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiet, instinktlarga o`z o’rnini bo’shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi uta oshib ketadi. 3. aqliy sifatlarning yo’qolishi. Ommaning "akli" uni tashqil etuvchilar aqlidan ancha past bo`ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyikiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan muloxaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan kochishi lozim. 4. Shaxsiy mas’uliyatning yo’qolishi. Ommaga qo’shilib qolgan shaxs shunchalik hissietlarga berilib ketishi mumkinki, u o`z harakatlarini na’zorat qilish, o`z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo’shilib qilib kuyishi mumkin. Yo’qorida sanab utilgan ommaning belgilari Ernesto Grassi tomonidan nemis ensiklopediyasiga ham kiritilgan. Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib urnatish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo "doxiy" kerak, doxiylar - elita tashkaridan kelib omma o’rtasida tartib urnatishi mumkin. Bu fikrlarning mafko’raviy ma’nosi tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini, doxiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasi ayrim shaxslar -doxiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy xodisalarda ommaning o’zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan tashkaridan xech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida ko’prok idealizmga moyillik sezilib turardi. Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Magdugall bo`lib, u o’zining 1908 yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga laekat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni taminlovchi narsa tugma, psixofiziologik tayorgarlik holati bo`lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Magdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yeyga xos bo`lgan barcha qismlar ya’ni efferent kabo’l qiluvchi, retseptiv bo’lim, efferent (harakat) va markaziy bo’limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uktiradi u. Shunga o’xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya") va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy psixologiya bo`yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlangan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy irsiyat odamlardagi taklid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi. Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi- ongsizlikdir, ya’ni instinklar bo`lib, ular asosan hissietlarda namoyon bo`ladi. Hissiet bilan instinklar bog’liqligini Magdugal juftliklarda ko’rsatishga harakat qilgan: masalan, ko’rash instinkti - qo’rquv, gazab hissi, nasl qoldirish instinkti - rashk, ayollardagi tobelik hissi, o’zlashtirish instinkti - xususiylikka intilish hissi va xoka’zo. Ijtimoiy xodisalarning tushuntirishda tugma instinktlar rolining yo’qori kuyganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o’rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim xodisalar sabablarini tushunishtirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni kuydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadkik qilishi lozim edi. Demak, yo’qorida tuxtab utilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tugilishi lozim bo`lgan, lekin ilmiy asosi bo`lgan fan - Ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchala yo’nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob’ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini kursatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yerdam berdi. Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi. XX asr shu bilan harakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkrekt topshiriqlar kuya boshladi. Bundan tashkari, juda ko’p fanlarda ob’ektiv eksperimentlar usul Yo’li bilan ilmiy faktlar tuplash Yo’lga qo’yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o’rganar ekanlar, ularning boshqa individlar tasirida bo`lishi faktini inkor qila olmas edilar. Ikkinchidan esa, Amerikada ko’pgina psixologlar o`z tadqiqot obektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishdan kichik guruhlarga kuchira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bo`lgan uch asosiy okim (psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendensiyasi paydo bo’ldi. XX asr psixologiya fani tarixida shu bilan ajralib turadiki, olimlar nazariy izlanishlarga etibor berishmas, hattoki, katta guruhlar, ommaviy xodisalar psixologiyasi ham nazardan ancha chetda qolgan edi. Asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo`lganligi Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nixoyatda katta rol uynadi. Geshtayolt psixologiya yo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy psixologik yo’nalishlarning - interaksionizm va kognitivizmning paydo bo`lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligi yana bir bor isbot qildi. Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K. Holl va V. Skennerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli va boshqa diada - ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadkik qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustaxkamlash goyasini isbot qilishga o’rinildi. Klassik bixeovirizmdan farkli ularok ijtimoiy psixologik bixevioristlar xayvonlar o’rniga laboratoriyaga nakd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning goyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi xayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi. Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan bog’liq, Bixevioristlardan farkli ularok bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko’pchilik ishtirokida o’tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. Sheparde, V. Shuts) o’tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan T-Guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o’tkazishga asos solindi. Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo’nalish bo`lib, undagi o’rganish ob’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo’ldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyo’qomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshashga shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning olidini olish Yo’l-yuriklar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham Taniqli ijtimo iy psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar. Nixoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib xsoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari ta’sirida T. Sarbinning rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o’zaro ta’sir tizimida, mavjud bo`ladiki, unda u to’g’ri harakat qilish uchun o’zgalarni tushunishga harakat qilishi, o’zgalar roilini kabo’l qilishga tayor bo`lishi lozim. Lekin o’zgalar rolini to’g’ri kabo’l qilish uchun unda"umumlashtirilgan o’zga"obrazi bo`lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo`lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida uta progressiv hol edi. Yo’qorida aytib utilgan nazariya va okimlar hozirgi kunda ham Ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga o`z hissalarini kushib kelmoqdalar. Rus ijimoiy psixologiyasi va sobiq Ittifok tizimida bo`lgan jumxuriyatlardagi ijtimoiy psixologik qarashlar rivojlanishida ham chet el, xususan amerikalik olimlarning ulushlari kattadir. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling