Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


MULOQOTNING IKKKINCHI INTERAKTIV TOMONI


Download 0.83 Mb.
bet13/36
Sana19.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1102720
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)

MULOQOTNING IKKKINCHI INTERAKTIV TOMONI

Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayonida birgalikda faoliyatda birbirlariga amaliy jixatdan bevosita ta`sir etishlarini ta`minlaydi. SHu tufayli odamlar hamqorlikda ishlash, birbirlariga erdam berish, birbirlaridan o`rganish, xarakatlar muvofiklitiga erishish kabi ka­tor qobiliyatlarini namoyon kilishlari mumkin. SHu tufayli ukituvchi bola shaxsiga maksadga yo`nalgan xolda ta`sir kursatishi mumkin. Aslini olganda, xar kanday muloqot, agar u bemani, mak salsiz, kuruk gaplardan iborat bo`lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulkatvorlarini, ularning ustanovkalarini o`zgartirish imqoniyatiga ega.


Jamiyat mikesida oladigan bo`lsak. odamlarning turli sharoitlarda o`zlarini to`tishlari, xulkatvorlarining boshkarilishi ma`lum psixologik qonuniyatlarga boglikligini kurish mumkin. Bunga sabab jamiyatga kabo`l ki­lingan turli normalar, qonunqoidalar. Chunki o`zaro muloqot va o`zaro ta`sir jarayonlarida shunday xattixarakatlar obrazlari kishilar ongiga singib boradiki, ularni xar bir kishi norma sifatida kabo`l kiladi. Masalan, usmir bola, umuman eshlar jamoat joylarida kattalarga urin bushatib berishlari kerakligi ham xulkatvorning normasi. Shu normaga amal kilish yoki kilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orkali boshkariladi. Ya`ni yuqoridagi sharoitda agar usmir bola avtobusda kariyaga joy bushatmasa, jamoatchilik usha zaxoti uni tartibga chakiradi. Demak, xar bir shaxs turli sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning kanday bajarilaetganligi, odamlarning ko`tishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orkali ko`zatib turiladi. Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o`z xulkatvorlarini, qolaversa, o`zgalarning xulkatvorini nazorat kilib, xarakatlarda birbirlariga moslashadilar. Lekin ba`zan shunday bo`lishi ham mumkinki, rollarning ko`pligi, rollarning ziddiyatligiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab ukituvchisining o`zi ukietgan sinfda farzandi bo`lsa, dars paytida shunday ziddiyatlarni boshdan kechirish mumkin, ya`ni bir vaktning o`zida ham ota, ham ukituvchi rolini bajarishga majbur bo`ladi. Yoki xulki emon o`quvchining uyiga kelgan uki­tuvchi bir vaktning o`zida ham ukituvchi ham mexmon rollari urtasida kiynaladi.
Turli rollarni bajaraetgan shaxslarning o`zaro muloqotlari ko`tishlar tizimi orkali boshkariladi. Masalan. xoxlaydimi yoki xoxlamaydimi, ukituvchidan ma`lum xarakatlarni ko`tishadiki, ular ukituvchi roliga zil bo`lmasligi kerak, o`z rollariga mos xarakat kilgan, doimo me’er mezonida ish tutgan kishining xarakatlari odobli xarakat deb aytiladi. Masalan, ukituvchining odobi, o`z kasbining ustasi ekanligi, bolalar kalbini tushuna olishi, ularning esh va individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda ish to`tishi uning odobga ega ekanligiking belgisidir. Odobsiz odam buning aksidir.
Demak, o`zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik ta`sir kursatadi. Bu ta`sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanilmasligi mumkin. YA`ni ba`zan biz nima uchun bir shaxsning bizga nakadar kuchli ta`sirga ega ekanligini, boshka biri esa, aksincha xech kanday ta`sir kuchiga ega emasligini tushunib etmaymiz. Bu esa pedagogikada muxim muammodir. Xar bir pedagogning o`z ta`sir uslublari va ta`sir kuchi bo`ladi. Ukituvchi shaxsining bolalarga ta`siri kunidagi eksperimental ishda yakqol ko`zatilgan. Boshlangich sinf o`quvchilariga anchagina uyinchoklar berib, ishlarning ichida fakat birtasiga, kizil, egoch uyinchokka tegmasligi aytilgan. Bolalar elgiz qoldirilib,
xarakatlari pinxona ko`zatilgan. Juda ko`p bolalar ta`kiklangan uyinchoklarga baribir tegishgan. eksperimentning ikkinchi seriyasida endi barcha uyinchokka tegishi mumkinu. fakat kizil kutichaning qoptogini ochish mumkin emas, deb aytilgan. SHu kuticha teppasiga esa shu bolalarning ukituvchisi surati kuyilgan. Bu seriyada birinchisiga karaganda "ta`kikni bo`zuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa ukituvchi shaxsining bola xarakatlariga ta`sirini yakqol isbotlab turibdi.
SHaxslararo, ta`sir xakida gap ketganda, ukituvchi obrusining roli xakida ham aytish lozim. CHunki, obruli odam doimo usha obru qozongan guruxida o`z mavkeiga ega va ta`siriga ega bo`ladi. SHaxs obrui uning boshka shaxslarga irodaviy va emotsional ta`sir kursata olish qobiliyatidir. Ma`lumki, obru amal yoki xaetiy tajriba bilangina orttirilmay, uning xakikiy asosi shaxsning odamlar bilan to`g’ri munosabati, undagi odamiylik hislatlarining, boshka ijobiy hislatlarining uygunlashuvidir. Psixologik obru ta`sir kursatishning eng muxim mezonidir.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling