Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 0.83 Mb.
|
Ijtimoiy psixologiya (o`quv qo`llanma)
BIXEVIORIZM QONUNLARI
Bixeviorizm AQSh da yigirmanchi asrda sub`ektiv psixologiyaning predmeti (ong xolatini o`rganish) va ilmiy tadkiqod metodiga (introspektsiya o`zo`zini ko`zatish) aevsiz kurashuvini sifatida psixologiya faniga kirib keldi. Bixeviorizm namoyondalari psixologik metodlarning ob`ektivligi uchun kurashib, introspektsiya ilmiy metod emas, chunki u xech kachon kutilaetgan na deb uktiradilar. Ularning fikricha. asosiy narsa insonning nima bilan shugullanaetganligini, uning nima to`g’risida o`ylaetganligini esa ikkinchi darajali muammodir. Psixologiyaning ob`ektiv xakqoniy bo`lishiga da`vat etishi, inson xulkini o`rganishga jur`at kilishi, bixeviorizmning shakshubxasiz xizmati hisoblanib, XX asrning tarakkiyparvar okimlari orasida mustaxkam joy egalladi. Ta`lim nazariyasining bixevioristik tamoyillarini (printsiplarini) ishlab chikkan olim eduard Torndayk bo`lib, bunda u uzoq yillar mobaynida xayvonlarni individual (yakkaxol) tajriba orttirish (xulk xarakatlarini egallash xususiyatlarini tekshirish faoliyatining maxsuliga tayanib ish tutdi. e. Torndaykning xayvonlar bilan boy tajribasi psixologiyada bixevioristik yo`nalishning paydo bo`lishiga negiz sifatida xizmat kilgan bo`lsa, ikkinchi bir tomondan, empirik materiallar pedagogik psixologiya asosining yaratilishiga muxim zamin xozirlaydi. e. Torndaykning xakikiy nuktai nazari asosiy va odatdagi tajriba orttirish (o`rganish) xayvonot olami tarakkietining barcha boskichlarida kariyb birbiriga uxshashlikni tan olishdan iboratdir. E. Torndayk fikricha, ukish jarayoni yuzaga kelgan vaziyatlar bilan muayyan reaktsiyalar urtasida anik aloqalar urnatishdan mazkur aloqalarni yanada mustaxkamlashdan iboratdir. U stimul (s) bilan reaktsiya (g) urtasida namoyon bo`ladigan aloqalarni vujudga keltiruvchi va mustaxkamlovchi muxim qonunlar sifatida mana bo`larni sanab utadi: samara qonuni. takrorlanishlik (mashk kilishlik) qonuni tayyorgarlik qonuni. E. Torndayk samar qonuniga aloxida ahamiyat berib, uni mana bunday ta`riflashga xarakat kiladi: agarda yuzaga kelgan vaziyat bilan javob reaktsiyasi urtasidagi aloqa urnatish jarayoni qonikish hissi bilan uygunlikka ega bo`lsa, u xolda aloqa puxtarok barpo etiladi: mabodo mazkur aloqa qonikmaslik tuygusiga ruparu kelsa, uning puxtaligi mumkin kadar pasayadi. Uning fikricha, qonikish xolati (hissi) deb shuni aytish mumkinkn, kachonki organizm uni (aloqani) xosil kilish va saklashga intiladi: qonikmaslik tuygusi deb shunday xodisani aytish kerakki, kaysiki bunda organizm undan (aloqadan) chyokinishga xarakat kiladi. Bundan kurinib turibdiki, demak samara ham ijobiy (musbat) ham salbiy (manfiy) bo`lishi mumkin. YUzaga kelgan aloqaning ijobiy samarasi shundan iboratki, qonikish kechinmasini his kilish yutuk sari etaklaydi. Qonikish samarasi yuzaga kelgan aloqa bilan bevosita xarakat kiladi va uni mustaxkamlanishiga olib keladi yoki aksincha. E. Torndayk fikricha, takrorlanishlik (mashk kilishlik) qonuni shundan iboratki, stimul bilan reaktsiyaning muvakkat izchilligi kanchalik ko`prok takrorlansa, aloqa shunchalik mustaxkam bo`ladi. Uning fikricha, stimul bilan reaktsiyaning muvakkat izchil takrorlanishi o`zo`zicha aloqa paydo bo`lishiga olib kelmaydi, balki orasira uni mustaxkamlash ijobiy samara sari etaklaydi. Boshkacha so`z bilan aytganda, mashk kilishlik mustaxkamlash (kumak berish) bilan bevosita munosabatga kirishgandagina muayyan ahamiyat kasb etadi. Mazkur nazariyaning tayyorgarlik qonuniga binoan, aloqaning yuzaga kelish tezligi sub`ektning shaxsiy xolatiga muvofik ravishda namoyon bo`ladi. Xar kaysi psixologik aloqa urnatishda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan individual (yakkaxol) asab tizimining izi (tagmasi) etadi. E. Torndayk "o`rganish qonunlari" deb nomlangan uch tamoyil (printsip) dan tashkari aloqalarning vujudga kelishiga erdam beruvchi kushimcha shartsharoitlarni ham ta`kidlab utadi, chunonchi tashki omillar ta`siri bilan o`ziga mos keladigan reaktsiyalar orasidagi xolatni (stimul va reaktsiyaning o`ziga muvofikligini) anglash, aloqalarning uygunlashuvi, bir birining taqozo kilishi, tuldirishi kabilar. Samara qonuning rolini baxslashda uch xil nuktai nazarga ega bo`lgan yondashish mavjuddir. Ta`limga bixeoviristik yondashishning ayrim vakillarining fikricha, o`rganish (tajriba orttirish) moddiy jixatdan mustaxkamlanmasdan turib, ijobiy samar berishi mumkin emas, chunki buni sinaluvchidan talab kiladigan reaktsiyani bajarish taqozo kiladi. Tadkiqotchilar Tolmen, Xall, Spyonsor kabilar mazkur samarani maylning zaiflashuvi, organizm ehtiyojini qondirish, muvaffakiyat, qonikish rag’batlantirish deb baxolaydilar. Bixeoviristlarning ikkinchi bir guruxining nuqtai nazaricha (Golmen, Gazri), o`rganish uchun moddiy jixatdan biologik aloqani mustaxkamlash xech bir zaruriyat emasdir. Tolmen, Gazri singari psixologlar bu urinda oldingi planga stimul va reaktsiyaning o`zaro yondashishligi muammosini suradilar. Ushbu ilmiy yo`nalishga xos bo`lgan olimlarning uchinchi bir guruxi (B. F. Skinner, G. Razran) yon beruvchanlik pozitsiyasida turadilar. Ularning fikriga kura, o`rganishning ikki xil toifasi mavjuddir: toifaning biri samara qonuniga asoslanadi, boshkasi esa yondoshlik qonunining negizida yuzaga keladi. B. F. Skinner programallashtirilgan ta`limning asoschisi hisoblanadi. SHunga karamasdan xozirgi zamon bixeviorizm ilmiy maktabning namoyondasi qontseptsiyasi negizini ham e. Torndayk ishlab chikgan tamoyillar tashkil kiladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling