Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Ta`lim –tarbiya jarayonida ulug` mutafakkirlarning axloq va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Ta`lim –tarbiya jarayonida ulug` mutafakkirlarning axloq va 
odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o`ziga xos jihatlari. 
Ma’naviy yetuk insonni tarbiyalash uchun qaysi manbalarga 
tayani kerakligi avval boshidanoq aniq ko‘rsatib va qayta-qayta 
ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk 
ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan 
meros milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun 


109 
kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, faqat uni xolis nazar bilan 
astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab 
muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an’ana – ulug‘ bobolarimiz, 
dunyoga dong ta-ratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas 
mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini 
mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va 
ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz 
sarchashmalariga butun xalqimiz va birinchi navbatda, yosh avlod 
e’tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi. 
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani 
ko‘zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili 
O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin 
bayon etgan bo‘lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va 
murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar 
bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin 
o‘tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, 
bu sohada yangicha vazifalar olg‘a surilgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy 
boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida 
misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga 
og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z 
qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har 
bir 
kishining 
vijdon 
erkinligini, 
e’tiqodining 
erkinligini 
ta’minlashimiz kerak”
1

Yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz va boy tariximizga bo‘lgan
mexr – muhabbatni ularning qalbiga singdirish va buyuk 
allomalarimiz nasihatlariga amal qilgan holda ta’lim tarbiya 
berishimiz kerak. Chunki buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida sog‘lom 
turmush tarzi haqida, komillikka erishish yo‘llari haqida juda ko‘p 
fikrlarni bayon etganlar. Masalan, buyuk alloma, butun dunyoga 
mashhur bo‘lgan tibbiyot olamining eng buyuk namoyondalaridan biri
Abu Ali Ibn Sino o‘zining falsafiy asarlarida yaxshilik va 
yomonlik, adolat va adolatsizlik, saxiylik va baxillik, sevgi va nafrat, 
poklik va nopoklik, kamtarlik va takabburlik, singari odob – axloqqa 
taallukli masalalarga alohida e’tibor bilan qaraydi. Allomaning 
“Axloq haqida risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish 
1
Кarimov.I.А. Istiqlol va ma`naviyat. Т.-«O`zbekiston»- 1994, 65-66 –b. 


110 
haqida”, “Tib qonunlari”, “Solomon va Ibsol”, “Xikmat buloqlari” 
asarlarida kishilar amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladigan yaxshi va 
yomon xulqlarning mazmun - mohiyati va ularning paydo bo‘lish 
sabablari haqida keng ma’lumot berilgan.
“Dunyoda mavjud jami borliq, - deb yozgan edi Ibn Sino 
“Risolai ishq” asarida, - o‘z tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi. 
Kamolot sari intilish esa o‘z mohiyat – etiborla yaxshilikdir.”
Ibn Sino (980-1037) ning odob – axloq va insonparvarlik
haqidagi ta’limoti katta ilmiy – amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Bu ta’limot, inson olami rivojlanishining toji bo‘lib, u “buyuk sharaf 
va 
hurmatga 
loyiqdir”, degan fikrga asoslanadi. Uning 
tushuntirishicha, inson olamdagi mavjudodlar ichida eng buyuk zotdir, 
farishtalardan ham sofrok va pokroqdir. SHuning uchun ham alloma 
har bir kimsadan inson nomiga loyiq bo‘lishni talab qiladi. 
Tariximizda barkamol insonni tarbiyalashda betakror asarlari 
bilan o‘z hissasini qo‘shgan allomalardan yana biri Abu Nasr 
Forobiy(873-950) dir. Forobiyning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi 
ta’limoti negizida inson va uning aql – idroki singari masalalar 
turganligi etiborga sazovordir. Uningcha inson o‘zining faol aql – 
idroki, qobiliyati, istedodi, tafakkuri yordami bilan tabiatni, borliqni 
biladi. SHuning natijasida inson ulug‘ baxtga erishadi.
Ma’naviyat va ma’rifat borasida buyuk vatandoshimizning yana 
bir xizmati – odamlar va davlatlar, hokimu hukumdorlarning o‘zaro 
do‘st inoq hamjihat qon – qarindosh bo‘lib hayot kechirishga, mehr – 
oqibat ko‘rsatishga da’vat etganligidir. 
“Fozil odamlar shaxri ” kitobida Forobiy inson insonsiz yashay 
olmaydi, faoliyat ko‘rsata olmaydi, yaxshi kunlarda ham, yomon 
kunlarda ham odam odamga g‘animat degan ulkan falsafiy va 
umumbashariy g‘oyani ilgari surgan. 
Forobiy “Baxt – saodatga erishuv haqida” risolasida har bir 
insonning tug‘ma tabiatida va unga lozim bo‘lgan har qanday harakat 
jarayonida boshqa bir inson yoki ko‘pchilik bilan munosabatda 
bo‘lish, o‘zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odam jinsidan bo‘lgan har 
qanday insonning ahvoli shu, u har qanday kamolotga erishuvda 
boshqalarning ko‘maklashuviga muxtojdir degan.
Forobiy o‘zining ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limotida ilm 
asoslarini o‘rganish, o‘zlashtirib olish masalasiga jiddiy e’tibor 


111 
berganligi bejiz emas. CHunki, bilim ma’naviy, axloqiy, aqliy 
kamolotning tarkibiy qismlaridan biridir. 
Forobiy hayotning oliy maqsadi baxt – saodatga erishuvdan 
iborat. Kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb – hunar va ilmlarni 
o‘zlashtirish – ma’rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi. 
Farobiyning ta’lim tarbiya yo‘llari, usullari haqidagi qarashlari 
ham qimmatlidir. U “insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va 
tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish 
bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan amalga 
oshiriladi. Xar ikkalasi birlashsa etuklik namoyon bo‘ladi” deydi.
Forobiy yaratgan ta’limotlar tizimida ta’lim – tarbiya uning mazmun 
mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilish yo‘llari 
insonning ma’naviy – axloqiy kamolotini amalga oshirishdagi 
ahamiyati kabi umumbashariy masalalar katta o‘rin tutadi. 
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayxon Beruniy (973-
1048)asarlarida ham yosh avlodning baxt – saodati, istiqboli, ta’lim – 
tarbiyasi, odob – axloqi, burchi ma’suliyati bosh muammo 
hisoblanadi. 
Abu Rayxon Beruniyning yoshligidanoq ilm – fanga qiziqishi 
katta bo‘lgan. Yoshi 80 dan oshganda yozgan “Saydana” asarida
Beruniy yoshligini eslab shunday deydi: “Men bolalik chog‘imdayoq
o‘z yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha ko‘prok bilim 
olishga chanqoq edim. Biz turadigan joyga bir yunon ko‘chib keldi. 
Men har xil donlar, urug‘lar, mavalar va hokazolarni olib borib unga 
ko‘rsatar va bu narsalar uning tilida qanday atalishini so‘rab olib, 
yozib qo‘yar edim.” 
Beruniy daxosiga mansub 160dan ortiq nodir asarning atagi 
30tasi bizgacha etib kelgan xolos. Lekin bizga meros qolgan 
“Kadimgi 
xalqlardan 
qolgan 
yodgorliklar”, 
“Xindiston”, 
“Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Konuni Ma’sudiy”, “Saydana” nomli 
kitoblarning o‘zi ham allomamizning naqadar buyukligini asoslab 
turadi. 
Alisher 
Navoiyning 
ma’naviyat va ma’rifat haqidagi 
ta’limotining umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim 
jihatlaridan biri farzandlar tomonidan ota-onalarni hurmat qilishlari 
hakidagi o‘gitlaridir. U ota-ona xizmatini bajo keltirish, ulardan birini 
ikkinchisidan ortiq-kam bilmaslik farzandlar uchun saodat keltirishini 
alohida ta’kidlaydi, shunday e’tirof etadi: “Tarbiyaning yana biri ota-


112 
onani hurmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiydir. Bu 
ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham,kam 
deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun 
jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoing obod bo‘lishini 
istasang,shu ikki odamning roziligini ol!...Birisin oy deb bil 
ikkinchisini quyosh”.
1
Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”, Yusuf Xos Xojibning 
“Qutadg‘u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Xibbat-ul-xaqoyiq”, 
Sa’diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, kabi asarlarida
kishilarni, ayniqsa voyaga etib kelayotgan barkamol avlodni 
tarbiyalashda da’vat etadigan pandu nasixatlar, o‘gitlar yoritilgan. 
Ajdodlarimiz merosi yosh avlodlarimizga ham ma’naviy, ham 
ma’rifiy, ham tarbiyaviy tasir ko‘rsatadi. SHuning uchun yosh 
avlodlarga ajdodlarimiz qilgan ishlarini ko‘prok misol keltirishimiz 
kerak. Tarixsiz kelajak yo‘q deganlaridek, barkamol avlodni voyaga 
etkazish uchun tarixga nazar solishimiz kerak. Darhaqiqat, shuni 
takidlash joizki barkamol avlodni tarbiyalashda ajdodlarimiz merosi 
katta ahamiyatga ega. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling