Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Tayanch tushuncha va iboralar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

 Tayanch tushuncha va iboralar:  Ajdodlarning ma`naviy merosi, 
xalq og`zaki ijodi, turkiy tosh bitiklar, komil inson, Forobiy, Ibn Sino, 
Beruniy, O`rxun-Enasoy tosh bitiklari, Kultegin, Bilga xoqon, Irq 
bitigi, afsona, rivoyat, maqol.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirishda xalq og`zaki ijodi 
na`munalarining ahamiyati qanday? 
2. Qadimgi turkiy tosh bitiklarda aks etgan ma`naviy merosning 
mazmun mohiyati nimalardan iborat? 
3. Ajdodlarimiz merosida tasvirlangan komil inson g`oyasi va uni 
tarbiyalash yo`llari nimalardan iborat? 
4. Bugungi kunda yuksak ma`naviyatli yoshlarni tarbiyalashda milliy 
g`oya va ma`naviyatga oid fanlarning ahamiyati qanday? 
5. Ma`naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlarni sanab bering. 
 
 
1
Аlisher Navoiy. Xayrat-ul-abror.Т; 1974. 55-b. 


113 
11-MAVZU: MILLIY G`OYA VA MA`NAVIYATGA OID 
FANLARDA AUDITORIYADAN TASHQARI ISHLAR, 
ULARNING TURLARI. 
Reja: 
1.Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar bo`yicha to`garaklarini 
tashkil etish va ularning ish rejasini tuzish. 
2.Talabalarni bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanishga yo`naltirish. 
3. Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, 
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib 
qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida. 
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar bo`yicha to`garaklarini 
tashkil etish va ularning ish rejasini tuzish. 
Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan, 
fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk kasb 
egalarini tayyorlash masalasi turibdi. Bu masalani hal etishda darsdan 
tashqari olib boriladigan to`garaklar faoliyatining ahamiyati katta. 
To`garak ishlarini tashkil etish ma`lum meyoriy-huquqiy 
hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlanadi. To`garakda talabalarning 
bo`sh vaqtlarini to`gri tashkil etish, ularga qo`shimcha ta`lim tarbiya 
hamda tanlagan to`garak yo`nalishi bo`yicha bilim, ko`nikma va 
malaka hosil qilishni o`rgatishdan iborat. 
Quyida misol sifatida “Yosh ma`naviyatshunos” to`garagining 
Nizomini keltirilgan: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling