Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Ta`lim –tarbiya jarayonida ulug` mutafakkirlarning axloq va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
Ta`lim –tarbiya jarayonida ulug` mutafakkirlarning axloq va
odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o`ziga xos jihatlari. Ma’naviy yetuk insonni tarbiyalash uchun qaysi manbalarga tayani kerakligi avval boshidanoq aniq ko‘rsatib va qayta-qayta ta’kidlab kelinmoqda. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros milliy ma’naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun 109 kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an’ana – ulug‘ bobolarimiz, dunyoga dong ta-ratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi. Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko‘zda tutganligini hali mustaqillikka erishmasimizdan - 1990 yili O‘zbekiston Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan bo‘lib, ushbu ma’ruzada inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga to‘la milliy-tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik” yaqin o‘tmishimizda jamiyatimizga qanchalar zarar keltirganligi qayd etilib, bu sohada yangicha vazifalar olg‘a surilgan edi: “Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini ta’minlashimiz kerak” 1 . Yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz va boy tariximizga bo‘lgan mexr – muhabbatni ularning qalbiga singdirish va buyuk allomalarimiz nasihatlariga amal qilgan holda ta’lim tarbiya berishimiz kerak. Chunki buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida sog‘lom turmush tarzi haqida, komillikka erishish yo‘llari haqida juda ko‘p fikrlarni bayon etganlar. Masalan, buyuk alloma, butun dunyoga mashhur bo‘lgan tibbiyot olamining eng buyuk namoyondalaridan biri Abu Ali Ibn Sino o‘zining falsafiy asarlarida yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, saxiylik va baxillik, sevgi va nafrat, poklik va nopoklik, kamtarlik va takabburlik, singari odob – axloqqa taallukli masalalarga alohida e’tibor bilan qaraydi. Allomaning “Axloq haqida risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish 1 Кarimov.I.А. Istiqlol va ma`naviyat. Т.-«O`zbekiston»- 1994, 65-66 –b. 110 haqida”, “Tib qonunlari”, “Solomon va Ibsol”, “Xikmat buloqlari” asarlarida kishilar amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladigan yaxshi va yomon xulqlarning mazmun - mohiyati va ularning paydo bo‘lish sabablari haqida keng ma’lumot berilgan. “Dunyoda mavjud jami borliq, - deb yozgan edi Ibn Sino “Risolai ishq” asarida, - o‘z tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o‘z mohiyat – etiborla yaxshilikdir.” Ibn Sino (980-1037) ning odob – axloq va insonparvarlik haqidagi ta’limoti katta ilmiy – amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ta’limot, inson olami rivojlanishining toji bo‘lib, u “buyuk sharaf va hurmatga loyiqdir”, degan fikrga asoslanadi. Uning tushuntirishicha, inson olamdagi mavjudodlar ichida eng buyuk zotdir, farishtalardan ham sofrok va pokroqdir. SHuning uchun ham alloma har bir kimsadan inson nomiga loyiq bo‘lishni talab qiladi. Tariximizda barkamol insonni tarbiyalashda betakror asarlari bilan o‘z hissasini qo‘shgan allomalardan yana biri Abu Nasr Forobiy(873-950) dir. Forobiyning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti negizida inson va uning aql – idroki singari masalalar turganligi etiborga sazovordir. Uningcha inson o‘zining faol aql – idroki, qobiliyati, istedodi, tafakkuri yordami bilan tabiatni, borliqni biladi. SHuning natijasida inson ulug‘ baxtga erishadi. Ma’naviyat va ma’rifat borasida buyuk vatandoshimizning yana bir xizmati – odamlar va davlatlar, hokimu hukumdorlarning o‘zaro do‘st inoq hamjihat qon – qarindosh bo‘lib hayot kechirishga, mehr – oqibat ko‘rsatishga da’vat etganligidir. “Fozil odamlar shaxri ” kitobida Forobiy inson insonsiz yashay olmaydi, faoliyat ko‘rsata olmaydi, yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham odam odamga g‘animat degan ulkan falsafiy va umumbashariy g‘oyani ilgari surgan. Forobiy “Baxt – saodatga erishuv haqida” risolasida har bir insonning tug‘ma tabiatida va unga lozim bo‘lgan har qanday harakat jarayonida boshqa bir inson yoki ko‘pchilik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odam jinsidan bo‘lgan har qanday insonning ahvoli shu, u har qanday kamolotga erishuvda boshqalarning ko‘maklashuviga muxtojdir degan. Forobiy o‘zining ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limotida ilm asoslarini o‘rganish, o‘zlashtirib olish masalasiga jiddiy e’tibor 111 berganligi bejiz emas. CHunki, bilim ma’naviy, axloqiy, aqliy kamolotning tarkibiy qismlaridan biridir. Forobiy hayotning oliy maqsadi baxt – saodatga erishuvdan iborat. Kishilar bunga olamni o‘rganish, kasb – hunar va ilmlarni o‘zlashtirish – ma’rifatli bo‘lish orqali erishadi deb qaraydi. Farobiyning ta’lim tarbiya yo‘llari, usullari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U “insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan amalga oshiriladi. Xar ikkalasi birlashsa etuklik namoyon bo‘ladi” deydi. Forobiy yaratgan ta’limotlar tizimida ta’lim – tarbiya uning mazmun mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilish yo‘llari insonning ma’naviy – axloqiy kamolotini amalga oshirishdagi ahamiyati kabi umumbashariy masalalar katta o‘rin tutadi. Xorazmlik buyuk olim Abu Rayxon Beruniy (973- 1048)asarlarida ham yosh avlodning baxt – saodati, istiqboli, ta’lim – tarbiyasi, odob – axloqi, burchi ma’suliyati bosh muammo hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniyning yoshligidanoq ilm – fanga qiziqishi katta bo‘lgan. Yoshi 80 dan oshganda yozgan “Saydana” asarida Beruniy yoshligini eslab shunday deydi: “Men bolalik chog‘imdayoq o‘z yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha ko‘prok bilim olishga chanqoq edim. Biz turadigan joyga bir yunon ko‘chib keldi. Men har xil donlar, urug‘lar, mavalar va hokazolarni olib borib unga ko‘rsatar va bu narsalar uning tilida qanday atalishini so‘rab olib, yozib qo‘yar edim.” Beruniy daxosiga mansub 160dan ortiq nodir asarning atagi 30tasi bizgacha etib kelgan xolos. Lekin bizga meros qolgan “Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xindiston”, “Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Konuni Ma’sudiy”, “Saydana” nomli kitoblarning o‘zi ham allomamizning naqadar buyukligini asoslab turadi. Alisher Navoiyning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limotining umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim jihatlaridan biri farzandlar tomonidan ota-onalarni hurmat qilishlari hakidagi o‘gitlaridir. U ota-ona xizmatini bajo keltirish, ulardan birini ikkinchisidan ortiq-kam bilmaslik farzandlar uchun saodat keltirishini alohida ta’kidlaydi, shunday e’tirof etadi: “Tarbiyaning yana biri ota- 112 onani hurmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiydir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham,kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoing obod bo‘lishini istasang,shu ikki odamning roziligini ol!...Birisin oy deb bil ikkinchisini quyosh”. 1 Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Xibbat-ul-xaqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, kabi asarlarida kishilarni, ayniqsa voyaga etib kelayotgan barkamol avlodni tarbiyalashda da’vat etadigan pandu nasixatlar, o‘gitlar yoritilgan. Ajdodlarimiz merosi yosh avlodlarimizga ham ma’naviy, ham ma’rifiy, ham tarbiyaviy tasir ko‘rsatadi. SHuning uchun yosh avlodlarga ajdodlarimiz qilgan ishlarini ko‘prok misol keltirishimiz kerak. Tarixsiz kelajak yo‘q deganlaridek, barkamol avlodni voyaga etkazish uchun tarixga nazar solishimiz kerak. Darhaqiqat, shuni takidlash joizki barkamol avlodni tarbiyalashda ajdodlarimiz merosi katta ahamiyatga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling