Buxoro davlat universiteti sayfullayeva nozima baxodirovna ixtisoslashtirilgan boshlang


Download 415.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi415.61 Kb.
#1353084
Bog'liq
13016 2 28AE562B13A1D39DC2B31A68157DA2A7A72C6F76



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
 
SAYFULLAYEVA NOZIMA BAXODIROVNA 
IXTISOSLASHTIRILGAN BOSHLANG’ICH SINFLARDA 
MATEMATIKA O’QITISHNI TASHKIL ETISH
 (O’quv qo’llanma)
 
 
 
 
 
 
 
 
BUXORO-2022 
 


Ushbu qo‘llanma 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida tahsil 
olayotgan bakalavr va magistrantlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagogika 
kollejlarining shu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, unda ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika o’qitishni tashkil etish 
metodikasi, matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o’qitishda o’quvchilarning 
mustaqil fikrlashini shakllantirish maqsadida o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan 
malaka va ko’nikmalar, o’quvchilar bilimini tekshirish va qiziqarli mashg’ulotlar 
tashkil etishga oid tavsiyalar,……………………………..…kabilar yoritilgan. 
Mas’ul muharrir: p.f.n., dotsent Qosimov Fayzullo Muxammedovich
 
Taqrizchilar: 
M.J.SAIDOVA, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent
Z.D.HASANOVA, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
 
 
 
 
 
 
 
Mazkur o’quv qo’llanma Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashi 
qarori asosida nashrga tavsiya etilgan ( ) 
 


So’z boshi 
Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga 
qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, 
ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni 
o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish 
dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash 
jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, 
ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va 
o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilgan. 
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi 
uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz 
tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi 
bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Xususan, 
boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali kadr etib tayyorlash bugungi 
kunning kechiktirib bo‘lmas muammolaridan biri sanaladi. Shuni hisobga olgan 
holda O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Maktab 
o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari 
va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik 
va adabiyotlar sifatini oshirish zarur

…Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning 
barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili 
ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda 
fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar 
yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion 
tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta 
ko‘rib chiqish kerak.” Darhaqiqat, hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari fan asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, 


pedagogika, psixologiya va fanlarni o‘qitish metodikasini chuqur o‘zlashtirgan, 
zamonaviy texnologiyalardan xabardor shaxs bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu 
jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim 
tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan katta mas’uliyat, 
bilim, mahoratni talab etadi. 
1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o‘rta ta’lim maktab 
matematika fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda matematika o‘qitilishini 
eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarmoq zamon talabidir. Chunki, bolalarga 
keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo‘lgan elementar, 
tushunchalar shu sinflarda singdiriladi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan kuzatilgan maqsad yosh o‘qituvchilarga
matematika o‘qitishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazib, matematika 
o‘qitishning samarasini oshirish va o‘quvchilarni sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 
orqali bilim, ko‘nima va malakalarini orttirib borishlariga yordam berishdir. 
Qo‘llanma boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo‘nalishida tahsil 
olayotgan bakalavr va magistr talabalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 
mo‘ljallangan. 

Download 415.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling