Buxoro Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 2-1kim 19 guruh talabasi Rajabova Shaxnoza Mening yurtim–mening faxrim


Download 24.81 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi24.81 Kb.
#141717
Bog'liq
Mening yurtim


Buxoro Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 2-1kim 19 guruh talabasi Rajabova Shaxnoza

Mening yurtim–mening faxrim.

Reja:


I.Kirish.

1.Tuprog'i zar, har gardi ming jondan afzal vatanim.

II. Asosiy qism:

1.Vatan muqaddas va buyuk maskanim.

2.Vatanga muhabbat – orzular ro'yobiga yo'l.

III.Xulosa. Qani ketdik, Vatan bizni kutmoqda!

Vatanning qiymati – sen u yerda

yerda boshqa joylardagiga nisbatan

adolat ko'proqligini ko'rishingdir.

(Mustafo Amiyn)

Endi bosh ko'targan boboquyosh navqiron tanimga iliq nurlarini sochadi. Ufqlarga tutash kengliklar hislarimni jumbushga keltiradi. Bu hislar osudalik va farovon hayot nash'asi bilan jamlanib shirin xayolatlarga yetaklaydi. Ollohga behisob shukrlar bo'lsinkim, O'zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni menga Vatan ayladi. Istiqlol quyoshi nur sochayotgan zaminda yoshlik gashtini surayotgan baxtiyor avlodman. Ammo shunday farovon kunlarga yetishish yurtimiz uchun oson kechmagam. Bu muqaddas tuproq bog' bo'lguncha, qanchadan-qancha Cho'lponlar tunlarini bedor o'tkazgan, Behbudiylar hadik bilan tong ottirgan.Vatanimiz zinapoyalari mehnatdan, ustunlari ishonchdan, gumbazlari omad va baxtdan yaralgan. Yoshlarining qalbida quvonch, keksalarining har bir so'ylagan so'zida esa olam-olam ma'no bor. Vatan! Keng quloch yozib aytgim keladi:

–Hayotim! Borlig'im! Mening vujudimdasan!...

Sog'inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun ona kabi mehribon. Omadim bor ekan, shu vatanda, shu yurtda tug'ilganman. Men baxtliman! Chunki buyuklar yurti farzandiman.

O'zbekiston– yuksaklarda porlab turgan umid yulduzim, cheksiz sahrolarda daydib yurgan orzularim karvonboshisi,jonimdanda aziz – Ona Vatanim.Bu tuyg'u shu jonajon yurtga chin farzand bo'la olish, unga pokiza muhabbat hamda yuksak ehtirom ila qarashdir. Vatanim menga baxt berdi, har kunimni: "Eng baxtli kunim bu- bugun", deya ulug'lashimga imkon berdi, o'zligimni tanitdi. Har kimning qalbida o'z vatanining, xalqining yashirin qiyofasi yashaydi. Eng muhimi, bu–Vatanga muhabbat tuyg'usi. Shu muhabbat barcha orzularga erishishga kuch-quvvat beradi, jasorat hadya etadi.Vatanim menga hamma ne'matlarini– borini berdi. Biz yoshlar shu Vatanga munosib bo'lishimiz Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev sa'y-harakatlari bilan kechayotgan tinch va osuda hayotimizni asrashimiz, uning faxr-u iftixori bo'lishimiz lozim.Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajarmoqda. Vatanga muhabbat so'zda emas, amalda isbot qilinadi. Demak, har birimiz uni sevish barobarida ko'z qorachig'idek asrashimiz, e'zozlashimiz kerak.

Bolalikning uzun va yulduzli tunlarida onamning aytgan ertaklarida, otamning o'gitlarida, maktabga qatnay boshlaganimda ustozimning aytgan har bir ma'noli so'zlarida, cheksiz o'ylarimda, barida, sen borsan.Shuurimdasan, qalbimdasan.Mening faxrim- O'zbekistonim! Seni taniganimdan beri senga oshnoman, o'zing sirdoshimsan. Hamisha botmas quyosh misoli yo'llarimni yoritasan, dilimga iliqlik baxsh etasan.Eng pokiza hislarim, tuganmas orzularim sen ila totli. Sening ta'rifingga kalom-u, yozmoqqa qalam ojiz.

Har bitta shahrimning yarashig'i bor ,

Har bir viloyatning o'z hikoyati,

Hammasi betakror, bari betimsol,

Bu ham Yaratganning bir inoyati!



Omadim bor ekan, shunday jannatmakon, serquyosh o'lkada, shu vatanda, shu yurtda tug'ilganman.Vatanni o'zim tanlamadim, balki Olloh o'zi men uchun tanlab berdi. Demak, men shu vatan uchun yaralganman. Shuning uchun ham, Vatanimni sevaman. Shuning uchun ham , biz yoshlar kuchli, bilimli, sog'lom hamda yuksak ma'naviyatli bo'lib ulg'ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va vatanimizga mehr-u muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta'minlashga hissa qo'shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.Yurtning ertasi yoshlar– jahon minbarida bayrog'imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta bo'lishimiz darkor.

Vatan–muqaddas dargoh. Mo'jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo'lgan har qarich yeri-yu kaftdek tuprog'i zar, ko'zga gavhardir. Bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog'i, kelajagi uchun oz bo'lsa-da nafi tegadigan bo'lib yashamog'i lozim.Zero, Volterning fikrini keltirib o'tsak: "Vatanga bo'lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug'idan ko'z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo'lsa, Vatanimni jahondagi g'aznalar bilan yanada shunchalik boyitgim keladi". Ha azizlar barchamiz shu fikrlardan xulosa chiqargan holda mas'uliyatli bo'lib, Vatanimizning nomi jahon arenalarida yuqori natijalar ostida jaranglashining sababchisi bo'lishga harakat qilishimiz, kerak bo'lsa kechani kunduzga ulab tinmay o'z ustimizda ishlab, izlanib bunday natijalarga erishishimiz lozim. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar bor, faqat xohish va maqsad sari harakat bo'lsa yetarli.Ollohning bizga bergan sovg'asi ya'ni O'zbekistonimizga munosib bo'laylik. O'z salohiyati, bilimi bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan yoshlar yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda, birga bo'laylik! Bugungi o'zgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. Hozirda O'zbekiston- yoshlar mamlakati.Har bir farzandning orzu-istaklari uchun imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Inshoyimni Birinchi Prezindentimiz I.Karimov fikrlari bilan yakunlamoqchiman: "Agar biz ahil bo'lsak, el-yurt manfaati yo'lida bir tan-u bir jon bo'lib yashasak, o'zimizdan sotqin chiqmasa, O'zbek xalqini hech kim, hech qachon yenga olmaydi!..."
Download 24.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling