Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/72
Sana10.11.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1764671
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
60530100- Kimyo (turlar bo’yicha)

Fanning maqsadi: Kimyo o`qitish metodikasi fanini o’qitishdan asosiy maqsad – talabalarni 
kimyo o’qitishning usullari, dars turlari, bilimlarni nazorat qilish usullari hamda kimyo fanining muhim 
mavzularini o’qitish, kimyo darslarini olib borishda ishlatiladigan pedagogik texnologiyalar ayrim 
mavzularga bag’ishlangan laboratoriya ishlarini o’tkazish uslublari bilan tanishtirishdan iborat. Ushbu 
maqsadga erishish uchun o’qitiladigan “Kimyo o’qitish metodikasi” fani talabalarni nazariy bilimlar, 
amaliy ko’nikmalar, kimyoviy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirish vazifalarini bajaradi. 
 
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: 
- kimyo fanining muhim mavzularini o’qitishdagi uslublar va mazmuni, kimyoviy tajribalarni o’tkazish 
uslublarini haqida tassavurga ega bo’lishi;
- davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemani o’qitish uslublari va bilimlarni nazorat qilish 
yo’llari, organik moddalar fazoviy tuzilishlari bilan fizik-kimyoviy xossasi o’rtasida bog’liqlikni bilishi 
va ulardan foydalana olishi; 
- mustaqil ravishda dars rejalarini ishlab chiqish, tajribalarni o’tkazish rejasini tuzish va laboratoriya 
darslarini tashkil etish rejalarini tuzish hamda ishlab chiqilgan reja asosida dars o’tkazish kabi 
ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak
Ma’ruza mashg’ulotlari 
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida 
olib boriladi. 
Amaliy mashg’ulotlar 
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan laboratoriyalarda har bir akademik 
guruhga alohida guruhchalarga bo’lingan holda o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar 
yordamida o’tiladi, Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling