4
1922-yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjoʻyda
xalq maorifi instituti
ochildi. Bu – zamonaviy oliy oʻquv yurti tashkil etish yoʻlidagi dastlabki harakat edi. F.Xoʻjayev va
A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g`oyasi bilan chiqdilar,
ammo BXJning tugatilishi
bilan bu g`oya amalga oshmay qoldi. 1930-yilga kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab
uning kimyo-biologiya va tarix-ijtimoiyot singari ikki boʻlimida 45 talaba tahsil olgan. Institutning
oyoqqa turishida A.Fitrat,
Miyonbuzruk Solihov, Muso Saidjonov, B.Choʻponzoda, I.Kojin,
F.Trudakov, P.Korolenko, N.Merkulovich, V.Abdullayev, G.Yusupov
kabi olimlarning xizmatlari
katta boʻldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida bir qator oʻqituvchilar va 47 talaba koʻngillilar qatorida
urushga ketdi. Bu murakkab davrda talabalarni oʻqishga koʻproq
jalb etish maqsadida Qarshi,
G`ijduvon va Shofirkonda filiallar ochildi. Hozirgi paytda mustaqil Oʻzbekistonning yetakchi oliy
oʻquv yurtlari darajasiga koʻtarilgan Xorazm, Qarshi va Termiz davlat universitetlari
ilk bor filial
sifatida BuxDPI tarkibida ish boshlagan edi.
Institut 1992-yilda universitetga aylantirildi. Oʻzbеkistоn Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti
I.A.Karimоvning 1992-yil 28-fеvraldagi Farmоniga asоsan Buхоrо pеdagоgika institutiga Univеrsitеt
maqоmi bеrilgach, imkоniyatlar yanada kеngaydi.
Ayni damda BuxDU respublika OTMlari orasida talabalar soni boʻyicha 24336
nafar talaba
bilan birinchi oʻrini egallab turibdi.
2021-yil 1-yavardan boshlab BuxDUga moliyaviy mustaqillik berildi.
Buxoro davlat universiteti tarkibidagi mavjud fakultetlar va institut joylashuvi:
Fakultet/
Institut
nomi
Joylashgan oʻrni
Xaritada joylashuvi (QR
Do'stlaringiz bilan baham: