By: firdavs bozorov davlat xizmati munosabatlarining tugatilishi


Download 1.07 Mb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1732339
  1   2   3   4
Bog'liq
Firdavs.ppt


BY: FIRDAVS BOZOROV
DAVLAT XIZMATI MUNOSABATLARINING TUGATILISHI

REJA:

  • Davlat xizmati munosabatlarini tugatish tushunchasi
  • Davlat xizmati munosabatlarining tugatilish asoslari
  • Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining qonunga xilof ravishda tugatilishi oqibatlari
  • Davlat xizmati munosabatlarining tugatilishining boshqa sabablari

DAVLAT XIZMATI MUNOSABATLARINI TUGATILISHI
Davlat xizmatining tugatilishi davlat xizmati huquqiy institutining muhim elementi bo’lib amaldagi qonunchilk tomonidan nazarda tutilgan asoslarga binoan davlat xizmatchisini ishdan bo’shatish bilan bo’g’liq jarayon hisoblanadi. Bu yerda davlat xizmat munosabatlarining tugatilishi va uning huquqiy oqibatlari haqida so’z yuritilmoqda. Davlat-xizmat munosabatlarining tugatilishi deganda , davlat ximatchisining davlat organlari vakolatlarini bajarishni taminlash bo’yicha kasbiy faoliyatni vaqtincha yoki to’liq tugatishi ya’ni davlat lavozimini butunlay tark etishi tushuniladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yo‘qotilganligi;
  • davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi sudning ajrimi;
  • davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yolg‘on axborot taqdim etilganligi;
  • davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi;
  • davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling