Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
60530100- Kimyo (turlar bo’yicha)
Fanning maqsadi: Kimyo o`qitish metodikasi fanini o’qitishdan asosiy maqsad – talabalarni
kimyo o’qitishning usullari, dars turlari, bilimlarni nazorat qilish usullari hamda kimyo fanining muhim mavzularini o’qitish, kimyo darslarini olib borishda ishlatiladigan pedagogik texnologiyalar ayrim mavzularga bag’ishlangan laboratoriya ishlarini o’tkazish uslublari bilan tanishtirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun o’qitiladigan “Kimyo o’qitish metodikasi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kimyoviy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: - kimyo fanining muhim mavzularini o’qitishdagi uslublar va mazmuni, kimyoviy tajribalarni o’tkazish uslublarini haqida tassavurga ega bo’lishi; - davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemani o’qitish uslublari va bilimlarni nazorat qilish yo’llari, organik moddalar fazoviy tuzilishlari bilan fizik-kimyoviy xossasi o’rtasida bog’liqlikni bilishi va ulardan foydalana olishi; - mustaqil ravishda dars rejalarini ishlab chiqish, tajribalarni o’tkazish rejasini tuzish va laboratoriya darslarini tashkil etish rejalarini tuzish hamda ishlab chiqilgan reja asosida dars o’tkazish kabi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida olib boriladi. Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan laboratoriyalarda har bir akademik guruhga alohida guruhchalarga bo’lingan holda o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling