Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi


-bob. O‘zbekiston hududida shakllangan urbanizatsiya jarayoni - ilk davlatchilik asoslari uchun muhim bosqich


Download 68.23 Kb.
bet5/7
Sana29.01.2023
Hajmi68.23 Kb.
#1140355
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari

2-bob. O‘zbekiston hududida shakllangan urbanizatsiya jarayoni - ilk davlatchilik asoslari uchun muhim bosqich
2.1. “Urbanizatsiya”, “shahar”, “qal’a” atamalari xususida

O‘rta Osiyo umuman dunyo tarixida ro‘y bergan urbanistik ( shaharsozlik) jarayonlar xususida turli davrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va qiyoslash bu jarayonni chuqur va har tomonlama ta’riflash imkonini beradi. Zero ilk shaharlar tarixini asl manbalarga tayangan holda, arxeologik va yozma manbalar asosida tahlil etish jamiyatda ro‘y bergan qadimgi tarixiy- madaniy jarayonlarni anglab etishga beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixining turi davrlariga shahar hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Urbanistik jarayonlar taraqqiyotining o‘ziga xos qonuniyatlariga aniqlik kiritish zarurati ilk shaharlar tarixini hozirgi kunda har tomonlama o‘rganishni taqozo etmoqda. Bu o‘rinda turli yo‘nalishdagi tadqiqotlarni umumlashtirish (tabiiy-geografik, iqtisodiy sotsiologik, demografik va boshqa) ayniqsa muhimdir. SHu bilan birgalikda shaharlar taraqqiyoti va ularning boshqaruvi tartibidagi qonuniyatlarni anglab etish ham masalani ijobiy hal etilishi uchun katta ahamiyatga ega .
Olib borilgan tadqiqotlardan malumki, shaharlar ko‘p qirrali ijtimoiy aloqalarning murakkab tartibidir. SHaharlarning rivojlanish jarayonida ular vazifalarining ayrim tomonlari o‘zgarib turgan bo‘lishiga qaramay ko‘pgina jihatlari ( aholi zich joylashgan hudud, hunarmandchilik va savdo markazi, diniy markaz) o‘zgarmasdan qoladi.
SHu narsaga etibor berish lozimki, ilk shaharlarning hududiy joylashuvi, ularning davriy doirasinin aniqlash ”shahar” tushanchasinin ilmiy uslubiy izohlash masalalari ancha murakkab hisoblanadi. CHunki, tadqiqotchilar orasida bazi tarixiy-madaniy jamoalarning tarixiy rivojlanishdagi ma’lum davr va madaniy tarixiy jamoalar tarqalgan hudud, ularning rivojlanishi va ijtimoiy tuzum masalalariga hamda aynan shu masalalardan kelib chiqib ”shahar” tushunchasini har tomonlama izohlash va tarif berish borasida yagona fikr yo‘q. YOki yagona konsepsiya ishlab chiqilmagan. Bu holat O‘rta Osiyo hududlaridagi urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga aniqlik kiritishni yanada qiyinlashtiradi. Undan tashqari O‘rta Osiyo hududlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar bir xil xususiyatga ega bo‘lmasdan, rivojlanish nuqtai nazardan sivilizatsiyaning turli bosqichlarida bo‘lganligi bilan farqlanadi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab O‘rta Osiyoda ilk dehqonchilik madaniyati, dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishi omillari va asoslari, ularning taraqqiyot bosqichlari, dastlabki sivilizatsiyalar masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy to‘plamlar va ayrim monograflar paydo bo‘ldi. 1Ushbu ilmiy tadqiqotlarda M. M. Dyakonov, B. A. Litvinskiy, V. A. Masson, A. A. Asqarov, A. S.Sadullaev, T. SH. SHirinov kabi tadqiqotchilar O‘rta Osiyo hududlarida bronza davridan boshlab antik davrgacha bo‘lgan shaharsozlik madaniyati masalalarini u yoki bu tomonini ko‘rib chiqib, O‘rta Osiyo va dunyo sivilizatsiyalarini qiyosiy o‘rganishga harakat qildilar.
Urbanizatsiya jarayonlarinini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy-ommaviy anjumanlar o‘tkazilgan bo‘lib, ular O‘rta Osiyo shaharlari rivojlanishining turli bosqichlariga bag‘ishlangan edi.
Undan tashqari urbanizatsiya masalalari xalqaro simpozium va anjumanlarda, xususan, O‘rta Osiyo va YAqin SHarqda simpoziumi ning paydo bo‘lishi masalalariga bag‘ishlangan Sovet-Amerika ( Samarqand 1983 yil) simpoziumi, Baqtriya-Toxariston va So‘g‘dning shahar madaniyati masalalariga bag‘ishlangan Sovet-Fransuz (Olmaota,1987 yil) simpoziumi, Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari muammolariga (Namangan, 1989 yil) bag‘ishlangan simpozium va Markaziy Osiyo urbanizatsiyasinig taraqqiyot bosqichlariga bag‘ishlangan ( Samarqand,1995 yil) xalqaro anjumanda ko‘rib chiqilgan.
Mustaqillik yillarida tarixga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, ilk shaharsozlik masalalarni har tomonlama va chuqur o‘rganish boshlandi. Ushbu yillarda bu mavzu bo‘yicha malum ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi ham. Ammo bu ishlar ayrim hududlar bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda tom manodagi arxeologik xususiyatga ega.2
Jamiyatda ro‘y bergan urbanistik jarayonlar va taraqqiyot darajasining asosiy omillari xususida tadqiqot ishlari olib borgan ko‘pchilik tadqiqotchilar “ ilk shahar” yoki “ shahar” tushunchasini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda turli davrlarda turlicha talqin qilishlariga qaramay ko‘p hollarda ular tadqiqotlari xulosalarining bir-biriga ancha yaqinligini kuzatishimiz mumkin. SHunisi diqqatga sazovorki, ko‘pchilik olimlar O‘rta Osiyodagi urbanistik jarayonlarining asoslari eng qadimgt davrlarga borib tarqalishini takidlagan holda, uning boshlanishini eneolit-bronza davri bilan belgilaydilar hamda o‘z xulosalarini dalillar bilan isbotlashga harakat qiladilar.
Avvalo shunga etibor berish lozimki, tarixiy-ilmiy va sotsiologik adabiyotlarda ko‘plab uchraydigan “urbanizatsiya” tushunchasining mohiyat va mazmunini tadqiqotchilar turli talqin etadilar hamda bu borada ular orasida aniq fikrga kelinib, yagona konsepsiya yaratilmagan.
Dastlabki shaharlar markazlarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish shaharlar tarixini o‘rganish uchun nihoyatda muhimdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan tushuncha nuqtai nazaridan qadimgi shaharlar-aholi bir erda joylashgan joy, ishlab chiqarish qurollari va vositalari markazlashgan hudud, madaniy va mafkuraviy imkoniyatlar markazi, o‘ziga xos hunarmandchilik va savdo-sotiq vazifalarini bajaruvchi yirik punktlar sifatida izohlanadi.
Turli tarmoqlar markazlashgan hudud sifatida shaharlarning ahamiyati avvalo, zich qurilgan inshootlar va mahoratli memorchilikning rivojlanishi bilan izohlanadigan shakliy xususiyatlarda o‘z aksini topadi. CHunki, malum hududni yoki manzilgohni (qishloqni) shahar sifatida izohlashga tashqi miqdoriy ko‘rsatgichlar bilan birga ichki sifatiy va tuzilishga oid o‘zgarishlar ham nihoyatda muhimdir.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, shahar erkin aholisining ijtimoiy tashkilot shakli sifatida o‘zining ichki va tashqi ishlarida mustaqil hokimiyatni u yoki bu darajada amalga oshiradigan fuqarolar jamoasining o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy uyushma sifatida shahar hokimiyat organlarining malum tartibiga ega bo‘ladi. SHahar uyushmasi uchun mustahkamlangan markaz va markazdan chetga bo‘lib unga bo‘ysunuvchi fuqarolarning turli inshotlardan iborat turar joylari mavjudligi ham xosdir. SHahar qo‘shni jamoalardan paydo bo‘ladi va rivojlanadi.1
O‘z xususiyatiga ko‘ra “shahar”ni tariflash turlicha bo‘lishi mumkin. SHaharlar uchun faqat bir narsa- ular bir-biriga tutash manzilgohlarni, aholi yashash hududini, bir yoki bir nechta alohida joylashgan turar-joylarni o‘zida aks etdirishi umumiydir. Odatda, “shahar” deyilganda, bu atamadan boshqa yana bir miqdoriy belgi shahar katta manzilgoh ekanligi ham nazarda tutiladi.1 (O‘zbekiston tarixi 5-son 63-bet.) Bizningcha ushbu atama o‘z manosiga deyarli mos tushadi. Xususan,O‘rta Osiyo, umuman dunyo tarixidagi eng qadimgi shaharlarning shakllanishi va rivojlanishini qiyosiy tahlil etganimizda ushbu fikrni to‘g‘riligi ayon bo‘ladi.
Sotsiologik nuqtai nazardan “shahar” bir-biriga tutash yo‘llardan iborat aholi zich joylashuvi turar-joylari sifatida izohlanadi. Bunday tarifdan so‘ng katta qishloqlarni “shaharlar” deb hisoblash bilan kifoyalanish ham mumkin. Ammo, fikrimizcha, ushbu tarifning qanchalik haqiqatga yaqin ekanligi va obektivligi umumiy tarixiy-madaniy shart-sharoitlar bilan bog‘liqdir.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan shaharni aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi emas, balki hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi hudud sifatida tariflash mumkin. Ammo, fikrimizcha, shunga o‘xshash barcha hududlarni ham “shaharlar” deb atash maqsadga muvofiq. Tarixiy adabiyotlarda, odatda viloyat va tumanlarning madaniy, xo‘jalik va mamuriy markazlari bo‘lgan yirik manzilgohlar “shaharlar” sifatida talqin etilib, ular haqiqatdan ham tom manodagi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.2
Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil paytida ishlatiladigan tushuncha nuqtai-nazardan qadimgi shaharlar- aholi markazlashib yashaydigan yirik hududlar, ishlab chiqarish va madaniy markazlar, muntazam savdo-sodiq va hunarmandchilik vazifalarini bajaruvchi o‘ziga xos markazlar sifatida kuzatiladi va talqin etiladi.
“SHahar” tushunchasini turli tadqiqotlar asosida tahlil etib taqin qilar ekansiz, shunga alohida etibor berish lozim bo‘ladiki bu tartibda asosiy belgi shaharning o‘zi hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda “shahar” tushunchasini har tomonlama izohlash nihoyatda muhimdir. Demak, bu boradagi tadqiqotchilar qarashlarini qiyoslaymiz. I.M.Dyakonov “shaharni” atrof manzilgohlar unga tutash markaz, shuningdek, ixtisoslashgan hunarmandchilik, mahsulot va boshqa turdagi almashuvlar hamda zahiralar markazi deb hisoblaydi.1 V.M.Masson esa anchagina umumiy va ko‘pchilikka malum ushbu izohga yirik markaz tushunchasini ham qo‘shish lozim degan fikrni bildiradi. V.I.Ionesovning fikricha “ ilk shahar” sivilizatsiyasi paydo bo‘lishi va rivojlanishi yo‘nalishidagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar, avvalo bo‘linib ketish va alohida birlashish yo‘llari orqali takomillashtirib, rivojlanib boradi. R.X.Sulaymonovning fikricha, shahar-atrof qishloqlardagi hayotni muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida paydo bo‘lib, tez orada o‘zining asosiy iqtisodiy vazifasini bajara boshlaydi. YAni qishloqda etishtiradigan mahsulotlarni qayta ishlab, tarqatish natijasida o‘zaro almashuv va savdo markaziga aylanadi.2
Demak, tuzilish- vazifaviy tahlil nuqtai nazaridan qadimgi shaharlar yagona bir butun tizim sifatida izohlanishi mumkinligi, bunda asosiy belgilar (reja, o‘lcham, ishlab chiqarish markazlari, memoriy inshootlar, shahar madaniyati va boshqalar.) bir-biriga munosabat nuqtai-nazaridan tashqi obektlarni emas, balki shu munosabatlar tufayli butunlay yangi sifat oldidan mazkur tuzumning o‘zaro bog‘liq qismini o‘zida aks etdiradi.
SHahar tushunchasini anglash va uni ishlab chiqishdagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar haqida gap ketar ekan, ayrim tadqiqotchilar miloddan avvalgi III ming yillik qadimgi SHumer misolida shahar-davlatlar shakllarini aniqlovchi ayrim belgilarni ajratganlar. Bular unchalik katta bo‘lmagan hudud, bir hududiy jamoa yoki bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan jamoa chegarasida joylashuv, tabiiy chegaralar: tog‘lar, atrof vohalar, dashtlar sug‘orish kanallari o‘rab turgan kengliklar, bosh xudo ibodatxonasi va uning atrofida mamuriy xo‘jalik hamda hunarmandlar ustaxonalari joylashgan markazlar, bu hududni o‘rab to‘rgan devorlardir. Fikrimizcha, ushbu konsepsiya “ ilk shahar” tushunchasining ko‘pgina jig‘atlarini o‘zida mujassamlpshtiradi va bu jarayonni izog‘lash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Ilk shaharlar turlari, tuzilishi va xususiyatlari bilan shug‘ullanayotgan ayrim tadqiqotchilarning so‘nggi yillaridagi ishlarida “kvazishahar” tushunchasi paydo bo‘ldi. Tadqiqotchilarning izoh berishicha, “kvazishahar” ning shaharmonand (“protogorod”) manzilgohdan farqi shundaki, u avtonom va agrar xususiyatga ega bo‘lib, atrofida qishloq manzilgohlari bo‘lmaydi.1 Bu tushuncha fanga keng tarqalgan bo‘lsa-da, ayrim tadqiqotchilar unga o‘z munosabatlarini bildirganlar.
“SHahar” tushunchasini izohlayotgan paytimizda izohlanayotgan shahar qaysi davrga oid ekanligini nihoyatda muhimdir. CHunki, dastlabki shaharlar, antik yoki o‘rta asrlash shaharlari tuzilishi va bajargan vazifasi nuqtai-nazaridan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha qadimgi manzilgohlarni o‘rganishda gektarlarga aks etadigan hududiy (yoki o‘lchoviga oid) yondashuv “shahar” tushunchasini ifodalash uchun unchalik ham ishonchli emas. Ammo, bu yondashuvni butunlay inkor etib ham bo‘lmaydi. Bu holatni ayniqsa O‘rta SHarq sug‘orma dehqonchilik madaniyati manzilgohlarini o‘rganish jarayonida kuzatish mumkin.
O‘lchamlari nuqtai-nazardan “shahar” tushunchasi izohlayotgan paytda ilk shaharning shartli chegara maydoni 3-6 gektar bo‘lishi mumkin. SHunday o‘lchamga ega bo‘lgan manzilgohlarning ichki tuzilishini hisobga olgan holda ularni shaharlar safiga kiritish mumkin. 2
Tadqiqotchilar “shahar” tushunchasini shaharning vazifaviy holati nuqtai nazaridan ham ifodalaydilar. Bu borada tadqiqotlarning bir-birini inkor etuvchi turli fikrlari mavjud. Ayrim xorijlik olimlar manzilgohlarning bosqichma-bosqich rivojlanishida siyosiy jihatdan ustun mavqega ega bo‘lgan har qanday manzilgohni shahar deb etirof etadilar. Boshqa bir guruh olimlar esa aholisi dehqonchilik bilan shug‘ullanmaydigan manzilgohlarning barchasini shaharlar qatoriga kiritishni taklif etadilar. YAna bir guruh olimlar faqat siyosiy markaz vazifasini bajargan manzilgohlarni shaharlar deb hisoblaydilar.
O‘rta Osiyoning ilk shaharlari dastavval, xo‘jalik hamda malum dehqonchilik vohalarining markazlari bo‘lib, ulardagi aholi geografik sharoitlardan kelib chiqib, ko‘p hollarda atrof hududlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ochilgan ko‘p sonli moddiy madaniyat buyumlari shundan dalolat beradiki, bronza davri O‘rta Osiyoning ilk shaharlari atrof qishloq xo‘jalik markazlari, mamuriy va diniy markazlar hisoblangan. Ilk shaharlarning vazifaviy holatida savdo-sotiq, harbiy, siyosiy va madaniy jarayonlar ham muhim o‘rin egallagan.
O‘rta Osiyoda urbanizatsiya jarayonlari masalalari hali ko‘plab tadqiqotlar talab etishiga qaramay, tadqiqotlarning turli fikrlarini umumlashtirib tahlil etganimizda shu narsa aniq bo‘ladiki, dastlabki, eng qadimgi shaharlarga hozirgi “shahar” tushunchasi nuqtai nazaridan yondashish maqsadga muvofiq emas. CHunki paydo bo‘lish va shakllanish nuqtai nazaridan hamda asosiy shaharsozlik belgilari va vazifaviy nuqtai nazaridan ilk shaharlar hozirgi, hattoki O‘rta asrlar shaharlaridan ham keskin farqlanadi.
SHahar odamlarning nisbatan qadimgi va shu bilan birga eng zamonaviy hududiy joylashuv shakli bo‘lib, uning taqdiri va gullab-yashnashi bilan unda yashovchi har bir fuqaro qiziqishi tabiiydir. Jamiyatda sodir bo‘lgan iqtisodiy siljishlar Markaziy Osiyoda eramizdan avvalgi uchinchi-ikkinchi ming yilliklarga kelib shaharlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Umuman olganda, shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonini bilish muhimdir. Zero, ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, shaharlar va davlatlarning paydo bo‘lish jarayoni uzviy bog‘liq holda kechgan. 1
Ma’lumki, bu davrda dehqonchilik vohalarida aholining alohida-alohida joylashish tizimi shakllanadi. Aynan shu narsa shahar tipidagi aholi manzilgohlarini shakllanishiga shart-sharoitlarni yaratadi. SHuningdek, shaharlarni yuzaga keltirgan omillarni bilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Birinchi omil – aholining yuqori zichligi, uning bir erda to‘planishiga imkon yaratadigan oziq-ovqat olish yo‘li, ya’ni, o‘troq dehqonchilikning paydo bo‘lishi aholi zichligini o‘troq dehqonchilik jamiyatlarida oldingi terimchilik, ovchilik bilan shug‘ullangan davrga nisbatan 100 barobar oshadi. Masalan, Janubiy Turkmanistonda IV-III ming yillik boshlarida 1000-2000 kishilik aholi manzilgohlari yuzaga kelgan.1
Ikkinchi omil –hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi. Buning natijasida ayrim aholi manzilgohlarida asosan maxsus ishlab chiqarish ( hunarmandchilik) bilan shug‘ullanadigan aholi to‘plana boshlaydi. Umuman olganda, hunarmandchilikning ajralish jarayoni bilan shaharlarning paydo bo‘lish jarayoni bir vaqtda borgan. SHuni alohida ta’kidlash joizki, dastlab shahar tipidagi aholi manzilgohlarida aholi hunarmandchilikdan ko‘ra ko‘proq dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
SHaharlarning asta-sekin rivojlanib borishi bilan hunarmandchilik shahar hayotida tobora muhim mavqe o‘ynay boshlagan. Hunarmandchilikning yangi sohalari paydo bo‘lgan. Umuman, shahar va hunarmandchilik bir-birlarining yuksalishiga sharoit yaratgan. Ayniqsa, hunarmandchilikning metallurgiya va kulolchilik kabi tarmoqlarining yuksalishi shaharlar shakllanishi jarayonini tezlashtiradi.
SHuningdek, jamiyatda ijtimoiy tabaqalanish hamda boshqaruv tizimining tobora murakkablashib borishi ham shaharlarning shakllanishini yuzaga keltirgan omillardan hisoblanadi. Zero, aynan yirik aholi manzilgohlarida boshqaruv tizimlari joylashgan.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, shaharlarning shakllanishida aloqa munosabatlari va savlo-sotiq rivoji ham muhim omillardan hisoblanadi. Masalan, Janubiy Turkmanistonda eramizdan avvalgi to‘rt-uch ming yilliklardayoq dastlabki loydan yasalgan g‘ildiraklar paydo bo‘lgan. Eramizdan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida tuyaga, ba’zan ho‘kizga qo‘shilgan to‘rt g‘ildirakli aravalar paydo bo‘ladi.2 Transportning rivoji shaharlarga qishloq xo‘jaligi rayoni markazi, shuningdek, zaruriy hamda qo‘shimcha mahsulotning taqsimlovchi manzilgoh funksiyasini bajarish imkonini yaratadi.
SHaharlarning shakllanishida diniy tushunchalardagi o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi. “Iloh” ga yoki “ilohlar” ga sig‘inishning paydo bo‘lishi natijasida shaharlar nafaqat iqtisodiy, shu bilan birga diniy markaz rolini ham bajarganlar.
Va nihoyat, o‘sha davrdagi harbiy-siyosiy vaziyat ma’lum bir vohalarda shaharlar bo‘lishini taqozo etgan. Sababi, shaharlar o‘sha joy aholisini dushman hujumidan saqlaydigan joy vazifasini ham o‘ynagan. SHaharlarda shahar va yaqin atrofdagi qishloqlar aholisini bosqinchilardan himoya qilish maqsadida mudofaa inshootlari quriladi.
Xullas, yuqoridagi shart-sharoit va omillar Markaziy Omiyoda eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarda shahar tipidagi aholi manzilgohlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Aynan shaharlarda jamiyat tomonidan olingan qo‘shimcha mahsulot monumental ibodatxonalar va boshqa qurilishlar ko‘rinishida o‘zining moddiy aksini topadi. SHaharlardagi ko‘plab ustaxonalarda mohir hunarmand-professionallar ishlaganlar. SHaharlardagi bozor maydonlarida esa tobora ortib borayotgan hajmda oldi-sotdi munosabatlari olib borilgan. Ilk shaharlar aholi sonining bir muncha ko‘pligi bilan monumental inshootlar ( saroy, ibodatxona) , hunarmandchilik mahallalarining mavjudligi bilan qishloqlardan ajralib turgan. SHaharlarning devor bilan o‘rab olinishi ko‘proq keyingi, ilk podshohliklar va imperiyalar davriga xos bo‘lib, ilk shaharlarda doimo ham uchrayvermaydi.


Download 68.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling