Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi


Download 68.23 Kb.
bet1/7
Sana29.01.2023
Hajmi68.23 Kb.
#1140355
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

TARIX KAFEDRASI
Bitiruv malakaviy ish

Mavzu: O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari

Tarix ta’lim yo‘nalishi


bitiruvchisi: Murodova Mahbuba Jalilovna

Ilmiy rahbar: tarix


fanlari nomzodi
katta o‘qit.N.A.Jumaeva
Buxoro – 2017 yil

Mundarija:

Kirish........................................................................................ 3
1-bob. O‘zbekistonda ilk davlatchilik asoslarining o‘rganilishi
1.1. O‘zbekistonda ilk davlatchilik va shaharsozlik vujudga kelishining tarixiy asoslari masalasiga oid yondashuvlar.......................................8
1.2. Xorazmda ilk davlatchilik asoslari paydo bo‘lishining asosiy shart –sharoitlari: tarixiylik va xolisonalik..........................................................18
2-bob. O‘zbekiston hududida shakllangan urbanizatsiya jarayoni - ilk davlatchilik asoslari uchun muhim bosqich
2.1. “Urbanizatsiya”, “shahar”, “qal’a” atamalari xususida....30
2.2. Ilk paydo bo‘lgan qal’a va shaharlarning davlatchiligimiz shakllanishi jarayonida tutgan o‘rni.............................................................................39
Xulosa va tavsiyalar.................................................................47
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..........................................50

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. XX asr so‘nggi o‘n yilligida jamiyatdagi o‘z tarixi va o‘tmish madaniyatiga bo‘lgan ulkan qiziqish, manaviy ehtiyoj mazkur sohada chuqur va har tomonlama ilmiy izlanishlarni taqozo etmoqda. Natijada fanimizda yangidan yangi yo‘nalishlar yuzaga kelmoqda. O‘tmishdagi taraqqiyot yo‘limizning bugungi avlodga nomalum tomonlari qaytadan kashf etilmoqda.
1991 yil 31avgustda O‘zbekistonning mustaqilligi elon qilindi. SHu kundan boshlab jamiyatimiz hayotida O‘zbekiston davlati va davlatchiligi masalalari bilan qiziqish paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, davlatchilik o‘zbek xalqi tarixi uchun yangilik emas. Ammo 130 yillik (XIX asrning 60-yillari-1991) mustamlaka davrida, ayniqsa, so‘nggi bir necha avlodga davlat va davlatchilik tushunchasi unut bo‘lgandi. CHunki mazkur davrda davlatning o‘zi yo‘qqa chiqarilgan edi.
Men tomonimdan tanlangan “O‘zbek davlatchiligi va urbanizatsiya jarayonining dastlabki tarixiy bosqichlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishim oldida turgan katta vazifalardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston davlati tarixining, o‘zbek davlatchilik tarixini dastlabki taraqqiyot bosqichlarini ilmiy asosda o‘rganishdan iboratdir. Ming afsuski ushbu ish to mustaqillik davrigacha to‘liq o‘rganilmadi. YAnada aniqroq aytsak, olimlarimiz bu borada tegishli tasavvurga, ilmiy maqsadga, uni hal etish dasturiga, uslubiyatiga ega emas edilar. SHu ma’noda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan muloqoti chog‘ida (1998 yil) hamda o‘zbek davlatchiligi masalasiga bag‘ishlangan asarida bildirgan fikrlari mazkur yo‘nalishning ilmiy asoslarini yaratish imkonini berdi1. Bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy fanlar oldida turgan vazifa aniq belgilab berildi. YA’ni endi olimlarimiz “O‘zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo‘lgan? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi?” kabi savollarga javob topish uchun juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borishlari va unga keng ilmiy jamoatchilikni xam jalb etishlari lozimdir. SHu ma’noda mening bitiruv malakaviy ishim ham o‘z dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatlarning paydo bo‘lishi insoniyat tarixida muhim o‘rin egallaydi. Zero, xalqlarning o‘z sivilizatsiyasi bosqichiga o‘tgan yoki o‘tmaganligi u yoki bu xalqning o‘z davlatchilik tizimiga ega yoki ega emasligi bilan belgilanadi. SHunday ekan, xalqimizning o‘z davlatchilik tizimiga ega bo‘lganligini tahlil qilish mening bitiruv malakaviy ishim oldida turgan asosiy maqsadimdir.

Download 68.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling