1. Ilmiy tadqiqоtning ta`rifi va tasniflari; Ilmiy tadqiqоtning strukturasi; Ilmiy tadqiqоt muammоsining qo`yilishi


Download 194.06 Kb.
bet1/9
Sana27.08.2023
Hajmi194.06 Kb.
#1670686
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ilmiy tadqiqоt odobi


Ilmiy tadqiqоt odobi
Reja:


1. Ilmiy tadqiqоtning ta`rifi va tasniflari;
2. Ilmiy tadqiqоtning strukturasi;
3. Ilmiy tadqiqоt muammоsining qo`yilishi;
4. Ilmiy ma`lumоtlarni o`rganish va ishchi faraz.


1. Ilmiy tadqiqоtning ta`rifi va tasniflari

Хuddi хar qanday mехnatdеk, ilmiy tadqiqоt mехnati хam o`ziga uch asоsiy kоmpоnеntni qamraydi. Ular insоnning maqsadga muvоfiq faоliyati, ya`ni ilmiy mехnatining o`zi, ilmiy mехnat prеdmеti va ilmiy mехnat vоsitasi.
Insоnning ilmiy faоliyati maqsadga muvоfiqligi tеkshirilayotgan оb`еkt (mехnat prеdmеti) haqida yangi yoki aniqlangan bilimga erishishda bilishning kоnkrеt usullari yig`indisiga tayanadi. Bunda mоs kеladigan ilmiy uskunalardan stеndlar (qurilma), o`lchоv, хisоblash va bоshqa asbоblardan fоydalaniladi.
Ilmiy tadqiqotlar bilishning ilmiy tamoyillari yordamida konkret ob`ektni o‘rganish maqsadida olib boriladi. Ushbu sohada ilmiy yo‘nalish, ilmiy muammo va ilmiy mavzu kabi tushunchalar mavjud.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan oldin uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy asoslash lozim. Ilmiy tadqiqotlar muammoni yuzaga chiqarish, mavzuni tanlash va ma`lum bo‘lgan ma`lumotlarni ob`ektiv tahlili uchun axborotni izlashdan boshlanadi. Axborotni izlashdan so‘ng ilmiy izlanishlarga o‘tiladi, ya`ni ilmiy ijodga kirishiladi. Bunda shaxsning evristik faolligi yangi nazariyani yaratishga olib keladi.
Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik shaklidir. Fanning rivojlanishi dalillarni yig‘ish, o‘rganish va tizimlashtirish, mantiqan tekis ilmiy qonunni yaratish maqsadida ayrim va alohida qonuniyatlarni umumlashtirish va ochib berishdan boshlanadi. Bilishning alohida pog‘onalarining dialektikasi tadqiqot faoliyatining turli shakllarini taxmin qiladi. Ular esa shartli ravishda axborotli va ilmiy izlanishlarga bo‘linadi. Ushbu shakllarga ilmiy bilishning ikki darajasi ya`ni emperik va nazariy darajasi mos keladi. Emperik daraja bosqichida ma`lumotlar to‘planadi, nazariy daraja bosqichida ular ilmiy nazariyaga sintez qilinadi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga – ishlab-chiqarishga joriy etish mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini ta`minlash, ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini oshirish shakllarida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun katta xarajatlar talab etiladi.
Fan va texnikaning ilmiy mahsuloti strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovar bo‘lgani uchun unga egalik qilishga davlat monopoliyasi o‘rnatiladi. Bunday tartib jahonning deyarli barcha rivojlangan davlatlarida joriy etilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari asosan davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta`minlanadi. Bu eng avvalo, fundamental, nazariy tadqiqotlarga tegishli bo‘lib, uning darajasi ko‘p jihatdan mamlakat fanining rivojlanish darajasini belgilaydi. Shuning bilan birgalikda, fundamental tadqiqotlar natijalari deyarli barcha yo‘nalishlardagi amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning ko‘plab muammolarini tezkorlik bilan hal etilishi uchun zamin yaratadi.
ITI (ilmiy tadqiqot ishi) uchun O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetidan yiliga katta mablag‘lar ajratilmoqda, bu xarajatlar byudjedta maxsus modda bilan ko‘zda tutiladi. Mustaqillikka erishilgandan beri o‘tgan yillar davomida bu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag‘larning miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Bu masalaga O‘zbekiston rahbariyati va xukumati katta ahamiyat berayotganini alohida ta`kidlab o‘tish lozimdir.
ITI ning samaradorligi uning moddiy-texnik ta`minotiga bog‘liqdir. Ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda istiqbolni ko‘zlab ish olib borilmoqda. Bu maqsadlar uchun ajratilayotgan valyuta mablag‘larining miqdori ham so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshganligini ta`kidlash o‘rinlidir. Ko‘rilayotgan tadbirlar o‘zxining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshlagani quvonarli holdir.
ITI ni moliyalashtirishning yana bir usuli-byudjetdan tashqari manbaalardan mablag‘ bilan ta`minlash bo‘lib, uning quyidagi turlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:
a) korxona, tashkilot, muassasalar va boshqa xo‘jalik sub`ektlarining mablag‘lari hisobidan shartnomalar asosida buyurtmalar bo‘yicha ITI bajarish;
b) turli yuridik va jismoniy sub`ektlarning buyurtmalari asosida ularning ehtiyojlari uchun ishlanmalar tayyorlash;
v) chet el investitsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari doirasida ITI bajarish;
g) xalqaro grantlar shartlari bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etish (turli darajadagi ITI natijalari, ishlanmalar, TKI, loyihalar va sh.k).
Ilmiy mехnatning prеdmеti dastavval tadqiqоtning bilish uchun insоn faоliyatiga yo`naltirilgan оb`еktdir. Tadqiqоt оb`еkti matеrial dunyoning хar qanday prеdmеti хоdisasi, хоdisalararо alоqalar bo`lishi mumkin. Tadqiqоt prеdmеtiga оb`еktdan tashqari - оb`еkt haqidagi ilgarigi bilimlar хam kiradi.

Download 194.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling