Buxoro Davlat Universiteti “Tarix va madaniy meros ” fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Xolova Umidaning “Qadimgi va o’rta asrlarda dengizlararo
Download 11.58 Kb.
|
Tashqi taqriz Umida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi taqriz
Buxoro Davlat Universiteti “Tarix va madaniy meros ” fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi Xolova Umidaning “Qadimgi va o’rta asrlarda dengizlararo munosabatlarda o’rta osiyoliklar faoliyati” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishiga DAK oldida himoya qilishga Tashqi taqriz Dunyoda hech bir mamlakat boshqa mamlakatlar bilan munosabat o`rnatmay turib, rivojlanish bosqichlaridan o`ta olgan emas. Insoniyatning butun tarixi davomida savdo-sotiq qilish asosiy ahamiyat kasb etuvchi omil hisoblanib, bunda savdo yo`llari juda muhim rol o`ynagan. Darhaqiqat, turli suv yo`llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borish har tomonlama qulay bo`lib, muhim ahamiyat kasb etgan. Chunki suv yo`llar quruqlik yo`llardan ko`ra qulay va xavfsizroq bo`lgan Bitiruvchi Xolova Umida tomonidan yozilgan “Qadimgi va o’rta asrlarda dengizlararo munosabatlarda o’rta osiyoliklar faoliyati” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida, qadimgi davrda va o’rta asrlarda dengiz savdosi uchun nisbatan noqulay geografik hududda joylashganligiga qaramay zaminimizda mavjud bo`lgan davlatlar aholisi dengiz savdosida faol ishtirok etgani haqida bayon etiladi. Kirish qismida mazkur mavzuni tanlash sabablari, uning dolzarbligi asoslab berilib, foydalanilgan adabiyotlarga umumiy tasnif beriladi. Asosiy qismda qadimgi va o’rta asrlarda dengiz munosabatlarida o’rta osiyoliklar faoliyati va asosan, o’rta osiyoliklarning xalqaro diplomatik munosabatlarda, xususan, elchilar yuborish va qabul qilishda dengiz yo’llarining ahamiyati hamda o’rta osiyolik dengizchi sayyohlari haqida ma’lumotlar beriladi. Manbalardan keltirilgan ma’lumotlarga o’z munosabatini bildirish ishning ilmiy va amaliy qiymatini oshirgan. Umuman olganda bitiruvchi talaba Xolova Umida tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ish maqsad va vazifalarga erishgan deb hisoblayman. Taqrizchi: Download 11.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling