Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti amaliy psixologiya yo


Buxoro davlat unversiteti Tarix va yuridik fakulteti


Download 240.59 Kb.
bet12/14
Sana06.02.2023
Hajmi240.59 Kb.
#1171198
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi Intizora Akparovna

Buxoro davlat unversiteti Tarix va yuridik fakulteti
5-1PSI-20 Psixologiya (amaliy psixologiya) ta`lim yo'nalishi talabasi Abdunabiyeva Intizoraning “Inson ehtiyojlari” mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishida inson ehtiyojlari har doim yangilanib borishi bir ehtiyoj qondirilgandan keyin albatta yangi bir ehtiyoj kelib chiqishi isbotlangan. Tabiiy ehtiyojlar sirasiga kiradigan ovqatlanish, suv ichish kabi ehtiyojlar har doim insonda mavjud bo’lib kelgan. Fiziologik ehtiyoj bo’lgan uxlash vaqtida dam olish kabilar esa inson salomatligi uchun muhim ekani hech kimga sir emas. Bular inson tug’ilganidan boshlab to umrining oxirigacha shartsiz refleks kabi har doim insonda seziladi. Yaqinlikga bo’lgan ehtiyoj ham bola uchun ona qornidayoq shakllangan bo’ladi. Undan keyin bola oila a’zolari ichida katta bo’lgani ham yaqinlikga ehtiyojni oshirib boradi. Shu sababli har doim atrofida oilasi yaqin do’stlariga ehtiyoj sezadi va ularga ham o’z mehrini beradi. Xavfsizlikga bo’lgan ehtiyoj esa o’zimiz va atrofimizdagi yaqinlarimiz, do’stlarimiz umuman butun insoniyat uchun juda muhim. Inson hayoti davomida har doim ichki xotirjamlik, tichlik qidirib yashaydi. Bundan yaqqol ko’rinadiki xavfsizlikga bo’lgan ehtiyoj ham inson uchun juda muhim. Inson qayerga borsa xoh o’qish, xoh qandaydir kasb yoki hunar bo’lsin har doim uning orqasidan hurmatga, e’tiborga, qadrga erishmoqchi bo’ladi. Shu orqali o’ziga bo’lgan ishonchni, hurmatni oshgan hisoblaydi. Bu aslida noto’g’ri! Bu aslida insonni hurmatga bo’lgan ehtiyojini yaqqol ko’rinishi deyish mumkin. Lekin inson o’zini nimadir orqasidan emas o’zining insoniyligi, boshqalarga ko’rsatgan hurmati uchun hurmatga e’tiborga erishishi mumkin. Inson yuqoridagi ehtiyojlarning amalga oshirilishi bilan o’z-o’zini kamol toptirib boradi. O’z kasbiga ega bo’lgan, yaqinlari bag’rida yashagan, tabiiy (fiziologik) ehtiyojlarining vaqtida to’g’ri qondirilganining natijasida kamolotga erishib boradi. Bular orasida moddiy ehtiyoj ham bor albatta. Hozirgi vaqtda insonlar uchun bu ehtiyoj eng muhim hisoblanadi. Chunki yuqoridagi barcha ehtiyojlarni qondirilishi asosan moddiy ehtiyojga bog’liq.


_____________________________________________
Adabiyotlar:
1. F.I. Xaydarov N.I. Xalilova Umumiy psixologiya Darslik T. 2010 y
2. O.R.Avezov. Mutaxassislikka kirish. Darslik. B.2021 y. 243 bet
3. M.G. Davletshin Umumiy psixologiya Darslik T. 2002
4. E.G’. Gʻoziev Umumiy psixologiya T 2002
5. O.R.Avezov.Sog‘lom ona va bola jamiyat kelajagi Pedagogik mahorat 4 (No. 9), 142-143
6. S. To'ychiyeva. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya (o'quv-metodik qo'llanma). TDPU, - T.: - 2004.
7. E. G'oziyev. Psixologiya. Darslik. «O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. - 2008.
8. P.I. Ivanov, M.E. Zufarova. Umumiy psixologiya. Darslik. T - 2008.
9. Z. Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent - 1998.
10. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob.
11. http://aim.uz
12. https://arxiv.uz
13. http://psуchol.ras.ru
14. www.ziyonet.uz
15. www.psixologiya.uz


Download 240.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling