Ajdodlar jasorati mangu barhayot


Download 257.79 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi257.79 Kb.
#1602910
Bog'liq
Jasorat Mangu-Bar hayot

Ajdodlar jasorati - mangu barhayot




Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo`qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo`la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.
Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g`oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga etish targ`ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O`tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga etish kerak.
Mustaqil O`zbekiston xalqi va davlati avval-boshdan tinchlik-totuvlik tarafdori sifatida maydonga chiqdi.
Ana shu asoslarga ko`ra, mustaqillik yillarida ham bizda 9 may umumxalq bayrami sifatida, 1999 yildan boshlab esa Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlaymiz. 
Fashizm ustidan qozonilgan g`alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.
9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga etishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo`lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga davlatimiz tomonidan mukofotlar topshirish, moddiy va ma`naviy rag`batlantirish qutlug` an`anaga aylandi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, xizmat burchini bajarish chog`ida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a`zolariga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatilmoqda.
Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatan obro`-e`tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni e`zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida, davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 martdagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining 10 000 000 (o`n million) so`m miqdorida bir yo`la pul mukofoti bilan taqdirlanganlari ham ezgulik va insoniylikka yo`g`rilgan g`amxo`rlikning yaqqol tasdig`idir. 

Zero, bugun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida yoshi ulug` hamyurtlarimiz, urush va mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko`rsatish, e`zozlash, ijtimoiy himoyalash, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Ayni paytda ko`plab sihatgohlar, shifoxonalar barpo etilayapti, mavjudlari kapital rekonstruksiya qilinib, ta`mirlanayotir. Tibbiyot maskanlari, poliklinikalar, Saxovat va Muruvvat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar hamda uskunalar, tibbiy vositalar bilan ta`minlashga doir keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu singari ezgu yumushlar bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o`z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e`zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag`rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Yoshi ulug` hamyurtlarimiz jamiyatimizda tinchlik-totuvlik, hamjihatlik, bag`rikenglik, mehr-muruvvat muhitini mustahkamlash, mahallalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar ongi hamda qalbida vatanparvarlik, fidoyilik tuyg`ularini mustahkam qaror toptirishda faol ishtirok etmoqda. Nuroniy otaxon va onaxonlarimizning ibratli hayot yo`li, turli jabhalardagi fidokorona faoliyati yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat, umrboqiy an`ana hamda qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuyg`u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o`tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o`zgalarga samimiyatda bo`lib, hurmat-ehtirom ko`rsatsa, o`zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo`ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o`chmaydilar. Nomlari hamisha e`zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.
– Fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga o`z hissasini qo`shgan “Urush va mehnat faxriylari”ni, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatish biz avlodlar uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi deydi – 3-bosqich kursanti Jamshid Po`latov – Xalqimiz ichiga kirib borayotgan hamda amalda ko`rsatilayotgan sahovatga yo`g`rilgan muruvvatlar, biz yoshlarga dasturulamal bo`lib xizmat qiladi va albatta biz ham ajdodlarimizni jasoratlarini chuqur anglagan holda kelajakda ularga munosib avlodlar bo`lishga intilamiz.
Download 257.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling