Buxoro shahar
24- sonli ko’rish bo’yicha
imkoniyati cheklangan
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
davlat ta’lim muassasasida o`tkazilgan
“XOTIRA -ABADIY,XOTIRA-MANGU
deb nomlangan tadbir senariysi
Tarbiyachilar: Mavlonova M.
Xodjayeva M.
“XOTIRA -ABADIY,XOTIRA-MANGU
Slayd kuy
1-Boshlovchi:
Salomdan boshlanur hurmat ,ehtirom
Salomdir dunyoda eng shirin kalom
Ey, aziz mehmonlar,dono ustozlar
Avvalo sizlarga salom,assalom
2-Boshlovchi:
Assalom ey davramizning
Eng aziz mehmonlari
Assalom ey ilmu-fanning
Sohibi- davronlari.
1-Boshlovchi:
Assalom alaykum bizlarni ilm sarchashmalaridan barmand qilayotgan aziz ustozlar.
2- Boshlovchi:
Assalom alaykum aziz maktabdoshlar. Hammamiz 9-may –“Xotira va qadrlash kuni”da o`tganlarni yod etish, tiriklarni qadrlashni biz mustaqil yurt farzandlari uchun ham qarz,ham farz deb hisoblaymiz.
1-boshlovchi:
Bugun siz azizlarga “XOTIRA ABADIY_ XOTIRA MANGU” deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbir tayyorlab kelganmiz.Marhamat tinglab dam oling.
O`quvchi:
Xotira o`zlikni anlashga o`tmishni doimo yodda tutishga da`vat etib turadigan muqaddas tuyg`udir,u orqali inson o`ziga yaxshi xislatlarni qator toptirib boradi.
O`quvchi: Bularning barchasi xotira bilan tirik. Xotira o`tmishni unutmaslik’ bugungi kunni to`g`ri tassavur etish hamdir.
O`quvchi: Xotira insonni kelajakka ochiq ko`z bilan qarashga o`rgatadi.
O`quvchi: Qadrlashga esa xonadonimizga fayzu-barakka bag`ishlab, qilayotgan ezgu ishlariga oq fotiha tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo`yishdir.
2-boshlovchi: Ular o`lmaganlar mangu hayotlar,
Har jabhada bizga yo`ldosh –qanotlar,
Ruhi poylariga qilaylik ta`zim,
Xotirlab yurmoqlik savobi azim,
1-boshlovchi; Xotira- bu ko`hna kitobning,
To`zg`ib qolgan varag`i.
Tiklay olsang yo`qolgan bobbin,
Tiniqlashar fikring chirog`i.
Do'stlaringiz bilan baham: |