Xotira -abadiy,xotira-mangu
Download 27,44 Kb.
|
,,,,,,,,
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quvchi
Qo`shiq
2-boshlovchi: Ta`kidlash joizki ,1999- yildan boshlab, O`zbekiston Respublikasi 1- Prezidentining maxsus farmoniga asosan,9- may “xotir va qadrlash kuni” umumxalq bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. O`quvchi: Inson xotirasi azizdir.Xalqimiz qadim-qadimdan o`tgan avlodlarni munosib xotirlab, qadrlab kelgan. Xotira millat tarixi, uning qadriyatlarini madaniya va ma`naviyatini,bir so`z bilan aytganda mujassam etadigan buyuk qadriyat. O`quvchi: Jim!Do’stim, bir lahza sukut saqlaylik, Baxtimiz qurboni bo’lganlar haqqi. Nomlarin yod etib, bir-bir yo’qlaylik, Xalqim, deb, yurtim, deb o’tganlar haqqi. Ular yosh edilar, hayotga tashna, To’yib ham totmagan sevgi otashin. Umid g’unchalari barg yozmay yashnab, Abadiy qo’yganlar tuproqqa boshin. Ota edi ular – oilaga bosh, Faxrlanib eslar o’g’il-qizlari. Nogohon ko’zlardan sizib chiqar yosh, Urush solgan dardning bitmas izlari. –Fidolar qabrida kezaman beun, Ma’yus bir kuy chalar qalbim torlari… Alvon chechaklarga burkanib bu kun, Bunda yotar baxtim ijodkorlari. – Kel, do’stim, bir lahza sukut saqlaylik, Shu qutlug’ dargohni qilaylik tavof. Vatan ishonchini dildan oqlaylik, Elu-yurt chekmasin sira iztirob. –Kel do’stim, bir lahza sukut qilaylik. O`quvchi: 41-yil iyun ayni sahar chog`ida Tun uyqusi kezardi, o`lkaning har yog`ida. Shunda fashist quzg`unlar hujum boshladi birdan, Olov bir-bir yog`ildi yurtga ko`kdan va yerdan Shunda bizning armiya turdi darhol oyoqqa, Vatan uchun olg`a deb tez yo`l oldi g`arb yoqa. O`quvchi: 1941-1945-yillarda bo`lib o`tgan ikkinchi jahon urushiga ketgan ko`plab yurtdoshlarimizga ona- Vataniga qaytib kelish nasib etmadi. O`quvchi: Minglab er yigitlar qonli janglarda Vatan ozodligi yo`lida mardlarcha halok bo`ldi. O`quvchi: Lekin ularning mardligi , Vataniga bo`lgan sadoqati sabab, mana shunday osuda hayotda yashash baxtiga egamiz. Download 27,44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling