Sifat so’z turkumidan test Qaysi qatorda fe’l asosli yasama sifat ishtirok etgan?


Download 19.37 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi19.37 Kb.
#1132526
Bog'liq
sifat so\'z turkumidan savol


Sifat so’z turkumidan test
1. Qaysi qatorda fe’l asosli yasama sifat ishtirok etgan?
A) Majlisda toshli hududlarni tozalash ishlari ko’rildi B) Bu yilgi toshqin xavfi bartaraf etildi C) Tanasidagi toshma yaralar sekin kamayib oyoqqa turdi D) Bunday toshqalb insonlar mehrning qadrini bilmaydi
2. Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan? A)Bir vaqtlar seni turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo’lib kelmoqda. B)Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o’xshatardi.C)U beg’ubor yaylov havosida ulg’aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan. D)Maqtanchoqliging tufayli sen do’stlaringning e’tiboridan qolding.
3. Qaysi gapda birinchi qo’shimshasi shakl yasovchi bilan, ikkinchi qo’shimchasi sifat yasovchi bilan omonim bo’la oladigan so’z ega vazifasida kelgan. A)Hasharga yig’ilganlar fidokorona ishladi. B)Bilimdon va tadbirkor yoshlar vatanimizning kelajagi hisoblanadi. C)Sizga jo’shqinlik yetishmayapti. D)Ishsizlik ildiziga bolta urdik.
4. Temur baland qadli, uzun bo’yli, tik qomatli, go’yo u qadimiy pahlovonlar avlodidan bo’lib, keng peshonali, katta boshli, g’oyatda kuchli va salobatli qo’l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo’g’on , poychalari semiz, sersoqol, yo’g’on ovozli edi. Ushbu gapda tub sifat necha o’rinda qatnashgan?
A) 10 B) 7 C) 9 D) 8
5. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan sifat turkumiga oid soz qatnashgan? A)Shuni bilingki , ilmlilarni butun dunyo olqishlaydi.B)Stol ustidagi guldonlarga pushti atirgullar solingan edi. C)Balki, oila baxtsizligidan shunday holat yuz bergandir. D)Boshqaruvchi , xonalarning kattarog’ini ularning jamoasiga bering.
6. Quyidagi qaysi gaplarda yotmoq fe’li ko’makchi fe’lli soz qo’shilmasida yetakchi fe’l bo’lib kelgan? 1)Yorug’,keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi; 2)Atrof ko’m-ko’k bo’lib yo’l chetida qoqigullar, lolalar , chuchmomolar qiyg’os ochilib yotar edi; 3)Bola chalqancha yota olmay qiynaldi. A) 1 B) 2,3 C) 3 D) T.J. Yo’q
7. Qo’yidagi gaplarning qaysi birida ham affiksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan sifatlar ishtirok etgan? A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan.
B) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir go’zallik o’ynaydi. C) Osmono’par koshonalar, yangi libos kiygan cho’l-u sahrolar tasviri qo’shiq parvoziga esh bo’ladi. D) Samig’ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumoloq, hazilkash, shirinso’z odam.
8. Qaysi qo’shimchalar yordamida yasalgan sifatlar nisbiy sifatlar bo’ladi?
1.-gi, -ki, -qi 2.-iy,-viy,3.-li 4.-simon 5.-aki 6.-ma A)1,2,4 B)1,4,5 C)1,2,4,6 D)2,4,5,6
9. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Ushbu gapdagi yasama so’zlar haqidagi to’g’ri hukmlarni toping.1)gapda 3 ta yasama so’z qatnashgan 2) gapda 2ta yasama so’z qatnashgan 3)gapda 1ta qo’shma ot, 1ta qo’shma sufat qatnashgan 4) gapda 1ta qo’shma sifat , 1ta sodda yasama sifat qatnashgan A)1,3,4 B)2,3,4 C)1,3 D)2,4
10. Qaysi gapda asosi omonim bo’lgan sifat berilgan? A) Xalqimiz bejiz jisman emas , qalban uyg’oq bo’lmog’I lozim. B)O’ymakor gullar bilinmaydigan darajada o’chgan eski eshikka kiramiz C)Jo’shadi buloqning kumush yoshlari, ham mungli , ham shirin jildirashlari D)Bilimdon o’z bilimi tufayli har qachon ofatlardan omon qoladi
11. Qaysi javobda ot+ot kompozitsiyasidan hosil qilingan, narsani boshqa narsaga qiyoslash ma’nosini anglatuvchi qo’shma sifatlar ko’rsatilgan?
1) ko’zoynak; 2) sheryurak; 3) oybolta; 4) qo’yko’z; 5) shirinso’z; 6) toshbag’ir.
A) 2,4,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,5,6 D) 2,4,6
12. Qaysi gapda kompozitsion usul bilan yasalgan sifat yasama so’zga tobelangan?
A) Shirinsuxan, oqko’ngil insonlar mevali daraxtga o’xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.
B) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko’nglidagi gina-adovatga barham beradi.
C) Majnuntolning barglari sarg’ayib to’kilmoqda D) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi.
13. Qaysi gapda asosi sifat turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z qatnashmagan? A)Jo’ra amakining ikkita sog’in sigiri bor edi. B)Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi C)Bu o’ychan yigit Karima xolaning o’g’li ekan D)Bolalar birin-ketin yotoqlariga kirib ketdilar.
14. Qo’yidagi gapdan hokim bo’lak vazifasini bajargan sifatlar sonini aniqlang.
Yigit oddiy kiyingan, o’rtabo’y va chiroyli ekan. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
15. Dimariq hali hech kim va hech narsa loyqalatib ulgurmagani uchun tip-tiniq, bilinar-bilinmas, mayin oqmoqda. Gapdagi atash ma’nosiga ega yasama so’zlarning nechtasi ismlarga tegishli?
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta

16. Qaysi javobda otdan fe’l yasovchi va fe’ldan sifat yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida ikkita


fonetik o’zgarish ro’y bergan barcha so’zlar to’g’ri ko’rsatilgan? 1)qiynoq 2)yig’loqi 3)o’ynoqi 4)sayroqi A)1,2,3,4 B)1,2,3 C)2,3 D)2.3.4
17. Yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, vatanparvar, keng mushohadali, buyuk davlatni barpo etish yo’lida ijodkor va faol qilib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Ana shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan ta’lim tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ushbu parchadagi yasama so’zlarni nechtasi ism hisoblanadi?
A) 12 ta B) 9 ta C) 11 ta D) 10 ta
18. Qaysi gapdagi barcha so’zlarning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Sen bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. B) Topgan gul keltirar, topmagan – bir bog’ piyoz. C)Tushgacha qoplangan unlarni ortib , uyga ketishdi. D) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
19.Tarkibida sifat, ot va fe’l turkumiga oid yasama so’zlar ishtirok etgan gapni toping? A) Shoirning qalbi samimiy va beg’ubor tuyg’ulardan oziqlansa , uning ijod daraxti gurkirab bo’y cho’zadi. B) Endi uni harbiy mashq va ta’limning mashaqqatli sinovlari, yangi kasb, yangi do’stlar kutmoqda edi. C) Tal’at shimining cho’ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag’in jilmaydi. D) Ertalabki choy ustida picha hangomalashgach hammamiz yo’lga chiqdik.
20. Shu sevinch ikkovlariga ham kuch- g’ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri emas? A)Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzulishiga ko’ra ikki turiga oiddir C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo’lagi vazifasida kelgan D)Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so’zdan yasalgan.
21. Gunohi ne erdi bu tilla boshning, Gunohi ne erdi porloq quyoshning. Ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi qo’llangan. A) metafora va metonimiya B) metafora , snekdoxa C) metafora D) metonimiya 22. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A) 3ta : 2ta qo’shma, 1ta sodda yasama B) 4ta :2ta qo’shma, 2ta sodda tub C) 4ta : 2ta qo’shma, 2ta sodda yasama D)3ta :2ta qo’shma, 1ta sodda tub
23. O’zingdan kattani hurmat qil. Ushbu gapdagi otlashgan sifatning sintaktik vazifasini aniqlang. A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) to’ldiruvchi
24. Qaysi gap tarkibida ikki o’rinda yasama sifat qo’llangan. A) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o’sgan archalar yo’g’on va bo’ydor bo’ladi, B) Keng, ulug’vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan. C) Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. D) Tiniq, ko’m-ko’k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi.
25. Ozaytirma daraja shaklidagi sifat egaga bog’langan qatorni toping. A) Yorug’lik uning oqish yuzlari , quyuq kipriklarini bir zumgina yoritdi. B) Qoramtir yuzi , siyrak soqolidan yoshini chamalash qiyin edi. C) Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. D) barcha javoblar to’g’ri
26. Ayo g’uncha qizil qonlar aro sen o’zni tark etding, Ayon etgil , nadir sevgi, nadir ul o’zni tark etmoq. Ushbu sheriy parchada nechta mustaqil so’z turkumlariga kiruvchi so’z bor.
A) 5 ta B) 6ta C) 3ta D) 4ta
27. Qaysi javobda qaratqich kelishigining belgisiz qo’llanishi kuzatilmaydi? A) Yoqimli non hidi butun saroyni tutib ketdi B) Qachongacha qorning o’ylab o’tadirsan, Qachongacha ko’kdan chalpak kutadirsan. C) Chappar urib gullagan bog’in, O’par edim vatan tuprog’in. D) Ming yildirki bulbul kalomi, O’zgarmaydi-yaxlit hamisha.
28. Bu falokatga yo’liqqan odamning jon achchig’idagi qichqirig’I edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. Ushbu gapda so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishi natijasida nechta so’z tarkibida fonetik o’zgarish ro’y bergan? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D)1ta
29. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi quyidagi nechta ko’makchi bilan ma’nodosh bo’ladi? Muvofiq, uchun, sari, tomon, oid. A) 3 ta B)2ta C) 4ta D) 5ta
30. Sifat va ravish yasovchi sifatida o’zaro omonimlik xususiyatini namoyon qila oladigan qo’shimchalarni aniqlang. 1) –siz; 2) –lab; 3)-in; 4)-chak; A)1,3 B)1.2.4 C)2.3.4 D)1.2.3.4
Download 19.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling