Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari tahlili Hoshimova Gulnoza
Download 3.9 Mb.
|
2027-guruh Hoshimova Gulnoza mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Asar kulminatsion nuqtasi
- Adib asarlari haqida
Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari tahliliHoshimova Gulnoza2027-guruhReja:1. Adib haqida qisqacha ma'lumot2. Adibning asarlari haqida qisqacha ma'lumot3. "Mungli ko'zlar" asari haqida4. Asar voqealari rivoji5. Asar kulminatsion nuqtasi6. Asarning klimaks nuqtasi7. Asarda keltirilgan iboralar8. Asar personajlari tahlili hamda Ven diagrammasiAdib haqida Xudoyberdi To'xtaboyev o'zbek bolalar adabiyotni jahon miqiyosiga olib chiqqan sevimli bolalar ijodkoridir. Xudoyberdi To'xtaboyev aynan bolalarga bag'ishlangan asarlari orqali jahonga tanildi va ko'plab mashhur shaxslarning tahsiniga sazovor bo'ldi. Adibga eng ko'p darajada shuhrat keltirgan asar " Sariq devni minib" romani bo'lib hisoblanadi. Shundan keyin uning "Sariq devning o'limi", "Besh bolali yigitcha" , "Qasoskorning oltin boshi" , "Yillar va yo'llar", "Shirin qovunlar mamlakati","Mungli ko'zlar"," Jannati odamlar" kabi romanlari chop etildi. Adib haqidaXudoyberdi To'xtaboyev bolalar olamini yaxshi ko'radi, ular bilan juda yaqin bo'lishga , o'zining e'tiroficha:" kichik og'aynilarmning tilidan so'z o'g'irlashga..." harakat qiladi. Bolaning kitobxon va ma'naviyatli bo'lishida uni yoshlik pallasidan boshlab tarbiyasiga alohida e'tibor berilishini juda ham istaydi. Shu vajdan va yana, bugungi kunda bolalar adabiyotiga kam e'tibor berilayotganligidan bo'lsa kerak bolalarga bag'ishlangan eng sara asarlarni yaratadi. Adibning barcha asarlari faqat bolalarda bo'ladigan o'zgacha samimiylik bilan sug'orilgan. Ba'zan quvlikni , ba'zan o'ta soddadillikni uning qabramonlarida kuzatamiz.Adib asarlari haqidaIjodkorning bolalarga bag'ishlangan asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o'ziga xos tabiati, xususiyatlari,ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, bolalarbop yo'sinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi.Xudoyberdi To'xtaboyev qalamiga mansub "Mungli ko'zlar" asari roman janrida yaratilgan. Asar ilk bora 1988- yilda e'lon qilindi hamda shu yilning o'zidayoq " Yosh gvardiya" nashriyotida chop etildi. Roman ikkinchi marotaba 1991- yilda "Kamalak" nashriyotida qayta chop etildi. Bu romanda mol-mulkka butunlay ixlosini qo'ygan ota-ona hamda ularning farzandlarining fojiali qismat egalariga aylanishi tasvirlangan. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling