Xotira -abadiy,xotira-mangu


Download 27.44 Kb.
bet5/6
Sana05.02.2023
Hajmi27.44 Kb.
#1167741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
,,,,,,,,

1-boshlovchi: ha, xotira bugungi tinch va baxtiyor kunlarimiz uchun jonini fido qilgan bobolarimiz nomini yodga olish, qadr esa yonimizdagi mo`ysafid otaxon-u onaxonlarimizni e`zozlab, qadriga yetish,desak mubolag`a bo`lmaydi.
O`quvchi: Xonadonimizning to`rida savlat to`kilib o`tirgan uyimiz farishtlari bobo-buvilarimiz ham urush yillari boshlaridanjuda og`ir kunlar o`tgani va bugungi tinchlikni qadrlash zarurligini tez-tez takrorlab turishadi. Vatan istiqboli uchun kurashadigan fidoyi va jasur farzand bo`lib voyaga yetishimizni so`rab, duo qilishadi.
O`quvchi:Keksalarimiz niyati, ota-namiz tilagi,el yurt istagi-TINCHLIk! “tinch elning bog` gullar” deydi xalqimiz. Shukurki, kunlarimiz tinch,osoyishta o`tmoda. Har bir tongi shukuronalik bilan qarshi olamiz. Vatanimiz gullab- yashnamoqda. Bizni butun dunyo tan olmoqda va bularning hammasi sabr-qanoatli xalqimiz mehnati,davlatimizda yuritilayotgan odilona siyosat mevasidir.
O`quvchi:
Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

Yurtim, ko’nglimdek keng osmonlaring bor,


Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydorlaringa zor,
Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,


Onamsan-ku og’ir olma so’zimni.
Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Qurboning bo’layin ey onajonim,


Sening faryodlaring – mening fig’onim.
O’tmishingni o’ylab o’rtanar jonim,
Aytsam ado bo’lmas armonlaring bor.

1-boshlovchi:Keling, azizlar,bizlar ham marhum ustozlarimiz, ishchi va xizmatchilarimiz va shu dargohda biz bilan birga ta`lim olgan o`quvchilarimizni xotirlab bir qur`on tilovatini tinglalik!
2-boshlovchi: Donodan yaxshi so`z qoldi
Olimdan ilm-u kashfiyot
Yaxshi ish qoladi birovdan
Ustozdan qoladi yaxshi ot.
1-boshlovchi:
Ustozlarimiz: A`zim Yaxyoyevich, Mirzaali Sodiqova,Umar Oripov,Majid Burhonov, Mo`min Komilov,Rohila Muhammadiyeva, Nasriddin Xoliqov,Ramzon Hamroyev,Roila Muhammadiyeva,Mahfirat Rahimova,Muhammadamin Nasriddinov,To`ra Jo`rayevich,Samiya Saidjonova,Marziya Aslonova,Muhabbat Asrlonova,Muzaffar Sharipov, To`xtasin Sattor,Lola Sharipova, Surayyo Shexova, Shohista Qurbonova ,Gulchehra Nosirova, Nafisa Aloyeva,Umid Hamidov
2-boshlovchi: Yakun yetsa umriga hamki,
Mangu qolar yaxshilar yodi.
Nishonadir qalbimizdadir,
Yaxshilkla eslanar nomi.

Shular jumlasidan o`zlarini beminat xizmatlarini ayamagan ishchi xizmatchilarimizdan:


Saida opa Musayeva, Latipova Zuhra opa, Oston Karomov, Shahriddin Rahmatov, Hanifa Hayitova,Xosiyat Axmedova, Zulayho Qurbonova, Fotima opa Barotovalardir.
1-boshlovchi:
Bz uchun qadrli bo`lgan aziz o`quvchilarimizni ham bir yodga olsak:
Narzullayev Ramazon,Hamidov Ravshan,Sayfullayev Vohidjon,Muhitdinova Mushtariybegim.
O`quvchi:
Mana bugun o'tmishga bir nazar solib,ajdodlarimiz qanchadan-qancha qiyinchiliklarni boshidan kechirganiga guvoh bo'ldik. Shunday ekan biz kelajak avlod Vatanimizning har bir qaruch tuprig'ini ko'z qorachig'imizdek asrab-avaylamog'imiz darkor. Mana shundagina bobolarimiz ruhlarini shod aylagan bo'lamiz.

Download 27.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling