Mavzu: tarixiy xotira darsning maqsadi


Download 364.57 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi364.57 Kb.
#155622
Bog'liq
Mavzu



Mavzu: TARIXIY XOTIRA

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O’quvchilarga o‘tganlarni xotirlash – ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish haqida tushuntirish.

Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.

DTS talablari: Bolalarga MIG` va MA fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Dars turi: Noan’anaviy

Dars jihozi: 1. 8-sinf “MIG` va MA” darsligi;

2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch;

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari;

4. Doska, bo’r, daftar, ruchka.

Dars jarayonining mazmuni :

1. Tarix darslaridan sho‘ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag‘onlar to‘g‘risidagi

2. Toshkentdagi Xotira maydoni

3. Shahidlar xotirasi xiyoboni

Dars jarayoni:

I.Tashkiliy qism

II.O’tilgan mavzuni takrorlash.

1) Milliy g’oyaning asosini nima tashkil etadi?

2) Huquqiy madaniyat nima?

3) Ma’naviy tahdid deganda nimani tushunasiz?

4) Vatan ravnaqi deganda nimani tushunasiz?

5) G’oyaning xususiyatlarini ta’riflang.

Yangi mavzuning bayoni

Odamzotni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri uning xotiraga ega ekanligi hamdir. Xotirasini yo‘qotgan kishi manqurtga aylanadi. Chunki insonni inson qilib turadigan, unga «men»lik ato etadigan narsa xotira sanaladi. O‘z ajdodlarini – yetti pushtini, oilasi, mahallasi, shahri yoki qishlog‘i o‘tmishini, Vatani tarixini bilmaydigan odamni ildizidan ajralgan daraxtga qiyoslash mumkin. Ildizsiz daraxt o‘sib-unmagani, albatta qurib bitishi tayin bo‘lgani singari, tarixiy xotiradan judo bo‘lgan odamning kelajagi samarasizdir. Xotira – millat tarixini, uning qadriyatlarini, madaniyati va ma’naviyatini, bir so‘z bilan aytganda, millat o‘zligini mujassam etadigan buyuk qadriyat. Afsuski, sobiq sho‘ro davlati o‘z tarkibiga qo‘shib olgan barcha xalqlar qatori Turkiston o‘lkasida yashaydigan millatlarni ham tarixiy xotiradan ayirish yo‘lida ne-ne kirdikorlarni amalga oshirmadi. Jumladan, o‘zbek xalqi ming yillardan beri e’tiqod qilib kelgan islom dini o‘rniga ateizm – xudosizlik g‘oyasi xalqning barcha qatlamlari orasida tinimsiz targ‘ib etildi. Yuzlab masjid-madrasalar buzib tashlandi, odamlarning emin-erkin diniy amallarni o‘tashlari taqiqlandi. Hatto o‘tganlarga janoza o‘qish, ularni qabristonga kuzatish ham mafkuraviy jihatdan xavfli ish sifatida baholanib, davlat idoralarida ishlaydigan mahalliy kadrlar quvg‘in ostiga olindi. Dunyo fani, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar merosi to‘g‘risida og‘iz ochmaslik, Amir Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek ma’rifatparvar, vatanparvar bobolarimizni o‘z avlodlariga yomonotliq qilib tanishtirish oddiy holga aylantirildi. O‘zbek xalqini butun tarixi davomida yorug‘ kun ko‘rmagan, faqat jaholatda yashagan xalq sifatida ko‘rsatish, shu orqali yangi hukumatga hurmat uyg‘otish bu mafkuraning bosh maqsadi sanalardi. XX asrning birinchi yarmida millat erkinligini kuylagan, o‘z xalqini ozod ko‘rmoqni orzu qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari fidoyi ziyolilar peshonasiga turli aybnomalar taqalib, aksariyatining umri xazon etildi. Bunday mafkuraviy yovuzliklar sho‘ro davlatining so‘nggi kunlarigacha davom etdi. Endilikda o‘tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo‘tabar zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo‘yishda «Xotira va qadrlash kuni»ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. «Xotira va qadrlash kuni» o‘z mohiyati bilan boshqa bayram va an’analarimizdan farq qiladi. U olamdan o‘tgan ajdodlarni eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo‘lgan, sobiq mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan kishilarning xotirasini hurmatlash hamdir.



«Ular haqidagi ma’lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma’naviy voqea bo‘ldi» . Bir so‘z bilan aytganda, inson bolasi izsiz yo‘q bo‘lib ketishi, «noma’lum soldat»ga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Natijada, Toshkent shahrida, barcha viloyatlar va tumanlar markazlarida Xotira maydonlari, poytaxtimizdagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida esa «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui bunyod etildi.

IV darsni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

1) Sobiq sho‘rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma’naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo‘yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?

2) O‘tganlarni xotirlash – ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish nima uchun kerak?

3) Toshkentdagi Xotira maydonida, Shahidlar xotirasi xiyobonida bo‘lganmisiz? Taassurotingiz bilan o‘rtoqlashing.

4) Inson avlodlar xotirasida abadiy qolishi nimalarga bog‘liq ekani to‘g‘risidagi fikringiz bilan o‘rtoqlashing.

Quyidagi rasmlarda xalqimizning qanday ezgu fazilatlari mujassam etilganini izohlang.



V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. “Inson xotira bilan tirik,qadr bilan ulug’” mavzusida insho yozish.
Download 364.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling