Is’temol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o’tishni ta’minlash
Ushbu maqsadda iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellaridan foydalanishga o‘tish bo‘yicha o‘n yillik harakatlar strategiyasini amalga oshirish nazarda tutilgan. 2030 yilgacha, kelishilgan xalqaro tamoyillarga muvofiq, kimyoviy moddalar va barcha chiqindilardan ularning butun hayotiy sikli davomida ekologik jihatdan oqilona foydalanishga erishish hamda ularning odamlarga va atrof-muhitga salbiy ta’sirini eng kam darajaga yetkazish uchun havoga, suvga va tuproqqa tushishini jiddiy ravishda qisqartirish hamda chiqindilarning hosil bo‘lishining oldini olish, qayta ishlash va takroriy foydalanish bo‘yicha choralarni qabul qilish orqali ularning hajmini jiddiy ravishda qisqartirish, korxonalarga, ayniqsa yirik korxonalarga, ishlab chiqarishning barqaror usullarini qo‘llash va o‘z hisobotlarida resurslardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirishni tavsiya qilish, davlat xaridlarini amalga oshirish davomida ekologik standartlarning qo‘llanishini kengaytirish, shuningdek aholini barqaror rivojlanish va tabiat bilan uyg‘un turmush tarzi haqida tegishli ma’lumot bilan ta’milash rejalashtirilgan. Ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalliy madaniyat va mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi barqaror turizm tomonidan barqaror rivojlanishga ko‘rsatiladigan ta’sir monitoringining vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda qazilma yoqilg‘ining behuda sarflanishiga olib keladigan samarasiz foydalanishga subsidiyalar ajratishni - milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bozor nomutanosibliklarini, jumladan soliqqa tortish tizimini isloh qilish orqali, bartaraf etish va ular mavjud bo‘lgan joylarda zararli subsidiyalardan asta-sekin voz kechish, bunda ularning ekologik oqibatlari hisobini yuritish, ayni paytda aholining muhtoj va ijtimoiy zaif qatlamlari manfaatlarini himoya qilish uchun ular rivojlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni eng kam darajaga keltirish orqali – oqilonalashtirish amalga oshirilishi ko’zda tutilgan28.
Do'stlaringiz bilan baham: |