Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi


Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishni faollashtirish


Download 426.5 Kb.
bet16/24
Sana22.06.2023
Hajmi426.5 Kb.
#1646464
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
YANGI O’ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINING IMPLEMENTATSIYASI

17. Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishni faollashtirish
Ushbu maqsadda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning talab qilinadigan darajasini ta’minlash uchun ichki va tashqi manbalar resurslarining safarbar etilishini kuchaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish ko’zda tutilgan. Davlat qarzdorligi darajasini mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy holati barqarorligini ta’minlaydigan darajada ushlab turish, fan, texnika va innovasiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tuzilmalar islohotlarini kuchaytirish manfaati yo‘lida o‘zaro bilim almashinuvini rag‘batlantirish, 2019 yilgacha texnologiyalar banki va fan, texnologiyalar va innovasiyalarni rivojlantirish mexanizmining to‘liq ko‘lamda amal qilishini ta’minlash hamda yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish harakatini boshlash, global makroiqtisodiy barqarorlikni, jumladan, siyosatni muvofiqlashtirish va siyosatning izchilligini ta’minlash orqali, kuchaytirish. Qabul qilinayotgan qarorlar, ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan strategiyalar hamda dasturlarga barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiya qilishning uzoq muddatli mexanizmlarini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda davlat bilan xususiy sektor o‘rtasida, fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘rtasidagi samarali sheriklikni rag‘batlantirish, 2020 yilgacha daromadlar darajasi, jinsi, yoshi, irqi, millati, fuqaroligi, ijtimoiy maqomi, geografik joylashuvi va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda ahamiyatli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari bo‘yicha taqsimlangan yuqori sifatli, dolzarb va ishonchli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘paytirish orqali hozirgi tashabbuslarga asoslangan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha tarzda barqaror rivojlanish sohasida taraqqiyotni o‘lchash bo‘yicha boshqa o‘lchov ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, statistika sohasidagi salohiyatni o‘stirish maqsadi qo’yildi.
Xulosa qilsak, O’zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlari va vazifalari, 2030 yilgacha davrda O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik rivojlanishini ta’minlashga va tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qo’mita maqsadlaridir. Bu maqsadlar ijtimoiy integratsiya, ekologik muhofaza, keng qamrovli iqtisodiy o’sish, atrof-muhitni saqlash va tinchlikni ta’minlashga qaratilgan. Bu maqsadlarni o’z ichiga olgan “Yo’l xaritasi” tasdiqlangan va 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi hukumatining 2018 yil 20 oktyabrdagi qarori bilan, Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar qabul qilingan va ularga erishish yo’llari aniqlangan. Bugungi kunda Barqaror rivojlanish maqsadlari 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida keng ko’lamli islohotlarga asoslangan.



Download 426.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling